Reja: 1 Marketing taktik rejasini shakllantirishning dastlabki
Bozor kartasini tuzish ya strategik rivojlanish yo’
Download 55.93 Kb.
|
Marketingda taktik rejalashtirish va nazorat
3. Bozor kartasini tuzish ya strategik rivojlanish yo’Iini tanlash
Korxonada marketingni strategik rivojlantirishning bir qator masalalarini yechish Marketing Expert» tizimi yordamida avtomatlashtirilishi mumkin. Bular: •tashqi muhitni tahlU qilish masalasi, tashkilot faoliyatini baholash va kelajakdagi imkoniyatlar va xavf-xatarni baholash; • korporativ vazifalami, maqsadlarni va strategiyalarni aniqlash masalasi; •tashkilot tarkibiga kiruvchi har bir bo’limning maqsadlarini belgilash va ulaming strategiyasini ishlab chiqish masalalari. Keltirilgan masalalarning hammasi ham to’la avtomatlashtirish imkoniyatiga ega emas. Birinchi masalani yechish uchun kompaniya infratuzilmasini mukammal ifoda etish, asosiy raqobatchilarni hanida korxona moliyaviy maqsadlarini foyda va sotish hajmi bo’yicha belgilash kabi tub masalalarni avtomatlashtirsa bo'ladi. Uchinchi masala hisoblangan marketingning strategik rejasini tuzish masalasi Marketing Expert» dasturida kompaniyaning Ansoff matritsasiga binoan strategik rivojlanish yo'nalishlarini ko’rib chiqish imkoniyati ko’zda tutilgan. Keltirilgan masalalami yechish uchun kerak bo'ladigan axborotlar harakatdagi korxona sharoitida birlamchi yoki hosila bo'lishi mumkin. Marketing Expert» dasturi yordamida situatsion tahlilning natijalarini shakllantirish uchun birlamchi axborot sifatida 47-rasmda keltirilgan ma’lumotlar xizmat qilishi mumkin. Marketing Expert» dasturida situatsion tahlil natijalarini shakllantirishni bajarish jarayoni namunaviy sxema bo'yicha amalga oshiriladi (48-rasm). Quyida keltirilgan masalalami Marketing Expert» dasturini qo'llab yechishning mazmuni va tartibi ko'riladi. 1.Vaqtintervallarinianiqlash Vaqt chegaralari strategiya va rejaning dinamikasini tashkil etadi. Marketing Expert» dasturining «Gorizont» jarayonida model menyusida bo'lgan vaqt intervallarini belgilash uchun quyidagilar bajariladi: loyiha boshlanish muddatini belgilash; loyiha qadamini aniqlash; loyihaning bajarilish muddatini belgilash; hisobot davrini aniqlash. Loyihaning boshlanish muddati KK.00.4444 formatida beriladi. Bu muddatdan boshlab (kun, oy, chorak, yarim yil, yil) loyihaning umumiy bajarilishi vaqtini hisobga olib, vaqt intervallari shakllantiriladi va avtomatik ravishda rejaning oxirgi kuni aniqlanadi. Hisobot davri komandasi orqali xohlagan vaqt intervalini hisobot davri deb e’lon qilish mumkin. Hisobot davrida barcha operation ma’lumotlar bo'yicha oldingi davr ma’lumotlari qo'shib, tegishli chisloga hisobot ko'rsatgichlarini olish mumkin. 2.Kompaniya infratarkibini aniqlash Tashqi muhit tahliliga tegishli masalani yechish uchun Marketing Expert» dasturida bozor kartasining sxemasini chizadigan dastur mavjud. Bu dastur yordamida mikro muhit elementlarini va firmaning ichki tashkiliy tuzilmasini ifoda etish mumkin. Bozor kartasining sxemasi 49-rasmda keltirilgan. Bozor kartasining har bir dementi ma’lumotlar bazasini tashkil etib, unga operation ma’lumotlar va marketing strategiyasi bo'yicha taxminiy baholar kiritib qo’yilishi mumkin. Ma’lumotlar bazasining tuzilishi cheksiz tovarlar to’g’risidagi axborotlarni unga kiritish imkoniyatini beradi. Marketing Expert» dasturida bozor kartasini shakllantirishning instrumental vositalari har qanday miqyosdagi xohlagan tarmoqqa tegishli korxonani modellashtirish imkonini beradi. Bozomi segmentlashtirish uchun marketolog bozor, uning tarkibi, barcha aloqalari va kompaniya ishlashni mo’ljallagan segmentlar to’g’risida ma’lumotlarga ega bo'lishi lozim. Bozor kartasini tuzish jarayoni esa bozorni oldindan segmentlarga bo’lib qo’yishni talab etadi. Karta tarkibiga «kompaniya» (kartada bunday obyektlarning faqat bitta toifasi joylashtirilishi mumkin) «bo’limlar» (tarmoqlar), «sotuv kanali» kabi firmaning ichki muhitining elementlari bo'lgan obyektlar kiritiladi. Bozorni segmentlashtirish natijalari firmaning mikromuhiti hisoblangan «hudud», «tovar» (tovar guruhlari) «iste’molchi» (iste’molchilarning maqsadli guruhlari) yordamida ham ifodalanishi mumkin. Bozor kartasiga firma raqobatchilariga tegishli bo'lgan «raqobatchi» toifasidagi obyektlar ham kiritilishi mumkin. Dasturda bozor kartasiga bevosita aloqasi bo'lmagan obyektlarni, lekin marketing yoki investitsion tadbirlarni aniqlashtiruvchi obyektlarni tashkil etuvchi imkoniyatlar ham mavjud. Bu ikki toifadagi obyektlar: «Marketing mix» (ma'lum strategiya uchun kompleks marketing tadbirlari) va «investitsion loyiha» (strategik tadbir). Bu obyektlar alohida ajratilgan marketing yoki investitsion yo’nalishlar bo'yicha natijalarni kuzatib borishga yordam beradi. Strategik rejalashtirish jarayoni kompaniya tayanch bozorini segmentlashtirishdan boshlanadi, ya’ni umumiy xarak-teristikaga ega bo'lgan iste’molchilarning maqsadli guruhini ajratishdan boshlanadi. Odatda, bunday guruhlami aniqlash uchun yo marketing tadqiqotlari natijasidan yoki analitik-ekspertlar bahosidan foydalanadilar. Tahlilning boshida bunday segmentlar ko'plab bo'lishi mumkin. Ularni ko'pincha ma'lum holatdagi omillar va belgilar deb ham atashadi. Ko'pincha segmentlashtirishning ko'rsatkichlari bir-biriga ustma-ust joylashgan, murakkab, maqsadli iste’molchilar guruhining tasvirini ifodalaydigan ko'p qavatli tarkib shakliga ega bo'ladi. Bozor kartasini tuzishda segmentlashtirish masalasini yechishda infratarkib toifasidagi obyektlar «bo'limlan> va «sotuv kanallari»dan, agar bu «ishlab chiqaruvchi, iste’molchi» segmentlashtirish zanjirini tuzish imkonini bersa yoki o'rganish obyekti bo'lib korxonaning tarkibiy bo'laklari bo'lsa, foydalanish mumkin. Bozor kartasi qat’iy ierarxik «daraxtsimon» tarkibga ega bo'lib, uning cho'qqisiga kompaniya chiqishi kerak. Uni shakllantirish uchun obyektlar orasidagi aloqalarni aniqlash kerak bo'ladi. Kartaning har bir obyekti uchun operatsion faoliyat natijalarini hisoblash jarayonida sotuvdan tushadigan daromadlar (har bir mahsulot sotuv hajmi chegirmalarni hisobga olib baholarga ko'paytiriladi), bu summadan sotilgan tovarlarning ishlab chiqarish xarajatlari olib tashlanadi, keyin marketing va doimiy xarajatlar ham olib tashlanadi. Marketing Expert» dasturlari yordamida yaratilgan bozor kartasi nafaqat segmentlashtirish natijalarini aks ettiruvchi, balki har qanday bozor segmenting daromad-ligini va foydaliligini yengil hisoblay oladigan kuchini hisoblash modelidir. Marketolog amaliyotchining yalcuniy masalasi bo'lib kompaniya resurslari va harakatlari yo'naltiriladigan maqsadli segmentlarni tanlab olish va ularni yiriklashtirish hisoblanadi, chunki marketingni strategik rejalashtirish jarayoni marketingning maqsadli tadbirlar dasturini har bir maqsadli segment uchun ishlab chiqish bilan yakunlanishi lozim. Download 55.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling