Reja: 1 Marketing taktik rejasini shakllantirishning dastlabki
Download 55.93 Kb.
|
Marketingda taktik rejalashtirish va nazorat
33-rasm. Marketing va biznes rejalashtirishning xususiyatlari.
• har bir xo'jalik birlibi uchuc maqsadli bozor strategiyasini tanlash, marketing maqsadlarini belgilash, tovarning o’mini belgilashni joriy qilish va boshqarish. Strategik tahlil tovar va bozor amaliyotlarida firmaning joriy moliyaviy hamda bozordagi potensial imkoniyatlarni qidirish va baholashni ham o’z ichiga oladi. Olz navbatida, strategik rejalashtirish xo'jalik bo'limlari orasidagi munosabatlarni va ularning maqsadlarini aks ettiradi. Har bir bo'limlar uchun maqsadlar o'z ichiga marketing, moliya va tezkor tarkiblardan iborat bo'lgan strategik rejani ishlab chiqishjarayonidabelgilanadi. Tahlil jarayonida tashkilot yuzma-yuz to'qnashishi mumkin bo'lgan marketing imkoniyatlari va muammolarini aniqlaydi. Bu maqsadda o'rab turgan muhit o'rganiladi, uning qobiliyati baholanadi, kuchli va zaif tomonlari aniqlanadi (raqobatchilar bilan taqqoslangan holda) va kompaniyaning u yoki bu strategiyasiga raqiblarning munosabatlari baholanadi. Bunda muhim masalalardan biri bo'lib iste’molchilar va raqobatni hamda kelajakda ro'y berishi mumkin bo'ladigan an’analarni tahlil qilish uchun bozoming chegarasini to'g'ri aniqlash hisoblanadi. Bozor chegarasi real bo'lishi kerak, chunki bozor bir tomondan o'z nazorat ehtiyojiga ega xaridorlar bo'lsa, ikkinchi tomondan u ehtiyojlarni qondirishi mumkin bo'lgan ko'plab tovarlardir. Xaridorlar tovarlarni nafaqat xarid qilishni xohlashlari, balki ehtiyojlarini qondiradigan tovarlarni xarid qilish imkoniyatiga ham ega bo'lishlari kerak. Tahlilning muhim qismi bo'lib raqobatni baholash hisoblanadi. Marketing vaziyatini tahlil qilish natijasida maqsadli bozorning marketing strategiyasini ishlab chiqish uchun kerak bo'ladigan axborot aniqlanadi (kompaniya harakatlari yo'naltiriladigan iste’molchilar guruhi tanlanadi). Bunda barcha bozorga yo'naltiriladigan ommaviy strategiya qo'llanilishi mumkin, bir yoki bir necha tub guruhlarga yo'naltirilgan, mujassamlashtirilgan strategiya ishlab chiqilishi mumkin. Tovar strategiyasining kombinasiyasi bozorda o'z o'miga ega bo'lish va raqobatchilardan farqlanadigan vaziyatga ega bo'lishi keyinchalik marketing dasturida o'z aksini topishi kerak. Maqsadli bozorni tanlab bo’lgandan so'ng va marketing maqsadlarini shakllantirib bo'lgach, qanday qilib tovarlarni taqsimlash, baho strategiyasini va tovarni muvaffaqiyat sari yetaklash strategiyasini maqsadli bozor uchun integrallashgan marketing dasturiga aylantirish masalasini asosiy maqsadlaiga erishishga olib keladigan bunday birlashtirish, program-malashtirish deb ataladi. Barcha strategik marketing qarorlari strategik marketing rejasi shakliga olib kelinadi. Strategik rejalashtirish jarayonining har bir qismi bu rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi (34-rasm). Rejalashtirishning muhim qismi bo'lib kompaniyaning har xil darajadagi rejalarini birlashtirish hisoblanadi. Rejalashtirishning oxirgi bosqichi bo'lib, marketing faoliyatini strategik baholash hisoblanadi. Strategik marketing rejasini ishlab bo'lgach, uning alohida elementlarining ketma-ketligi, ustuvorliklari va alohida komponentlarini shakllantirish shartlarini hisobga olish kerak bo'ladi (35-rasm). Strategik marketing elementlarining ro'yxati va mezonlari 7-jadvalda keltirilgan. Bosh maqsadli funksiyalar doirasida marketing xizmatining asosiy vazifalar ro'yxati beshta yo'nalishga bo'linadi: strategik marketing (Fj); Download 55.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling