Reja: 1 Mehnatga oid munosabatlar


Download 67.04 Kb.
bet5/5
Sana31.01.2024
Hajmi67.04 Kb.
#1819023
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jamiyat va inson huquqlari

Mehnat muhofazasi - inson ning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobilyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida qoʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika chora tadbirlari belgilab qoʻyiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sogʻlom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yoʻl qoʻymaslik kabilar mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi.
OʻzRda xavfsiz va qulay mehnat sharoitida ishlash yuzasidan fuqarolarning huquqlari Konstitutsiyada (37-modda) mustahkamlanib qoʻyilgan. Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda roʻyobga chiqarilishiga qaratilgan aniq chora tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi ning Mehnat kodeksida, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun (1993-yil 6-may)da, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti normativ hujjatlarida belgilangan. Oʻzbekistonda Mehnat muhofazasi uchun katta moliyaviy mablagʻlar ajratiladi va oʻzlashtiriladi. Sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitida mehnat qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining eng asosiy mehnat huquqlaridan boʻlib hisoblanadi. Mehnat muhofazasiga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa kelishuvlari, korxonalarning boshqa ichki normativ huquqiy hujjatlarida, muayyan soha, kasb, ish joylariga oid boʻlgan Mehnat muhofazasi standartlarida belgilab qoʻyiladi. Mulkchilik shakli va xoʻjalik yuritish usulidan qatʼiy nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlar oʻz xodimlari uchun sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishi, xavfsizlik texnikasi choralarini koʻrishi, mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishi, boshqa tashkiliy texnik tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi maxsus davlat organlari va jamoatchilik tomonidan nazorat qilib boriladi. Qonunlarga, shu jumladan, Mehnat muhofazasiga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar umumiy nazorat olib boradi. Mehnat muhofazasi haqidagi qonun talablarini buzgan korxonalarga moliyaviy-iqtisodiy jazo choralari, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan esa institutizomiy?, maʼmuriy-huquqiy, jinoiy javobgarliklar qoʻllanishi, ular aybi bilan yetkazilgan moddiy zararlar qoplantirilishi mumkin.
8 Mehnat nizolari
Nizolarni hal qilishda mediatsiyani qo'llashning keng yoyilishi sudlar uchun ham foydadan xoli bo'lmaydi. Ish hajmining noreal darajada ko'pligi barcha davlatlar sudlari uchun umumiy muammo hisoblanadi. Jumladan, Hindistonda har bir sudyaga 2147ta ish to'g'ri keladi. Ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan ishlarning umumiy soni 31,280,000tani tashkil etadi. Bu ishlarning Hindiston sudlari tomonidan ko'rib chiqilishi 2330-yilga kelib tugallanishi mumkin. Xitoy xalq respublikasida 2012-yilda sudlar ish yurituvida 200 000dan ortiq ish mavjud edi. Janubiy Afrikada 2004-2005-yillar davomida sudlarga 128 000ta da'vo arizasi kelib tushgan va shulardan 62%i o'sha davr oralig'ida hal qilingan. Germaniyada esa, 4771 nafar quyi turuvchi sudyalar tomonidan ko'rilgan ishlar bor yo'g'i 1416 nafar yuqori turuvchi sudyalar tomonidan appelyatsiya tartibida ko'rib chiqiladi. Nizolarni mediatsiya vositasida hal qilish sudlar ish hajmining sezilarli darajada kamayishiga olib keladi. Buni xalqaro tajriba ham isbotlaydi. Xususan, Dehli va Bangalor mediatsiya markazlari tashkil etilgan paytda ikki oy davomida 39 969ta ishni, Dubay mediatsiya markazi esa, bir oy davomida sudlar ish yurituvida bo'lgan ishlarning 1/3 qismini mediatsiya tartib-taomillarini qo'llagan xolda ko'rib chiqdi. Bundan ko'rinib turibdiki, mediatsiyani qo'llash nafaqat nizolashayotgan taraflar, balki sudlar uchun ham ijobiy ta'sirga ega.
O'zbekiston Respublikasida mediatorning faoliyati professional va noprofessional asosda tashkil etiladi. "Mediatsiya to'g'risida"gi Qonunning 12-moddasida professional mediator sifatida birinchidan, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi bo'yicha maxsus o'quv kursidan o'tgan, ikkinchidan, Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan shaxs faoliyat ko'rsatishi mumkinligi belgilangan. Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini yigirma besh yoshga to'lgan va mediator vazifalarini bajarishga rozilik bergan shaxs amalga oshirishi mumkin. Qiyoslash uchun Rossiya Federatsiyasida ham mediatorlik faoliyati professional va noprofessional asosda amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasidan farqli o'laroq, Rossiya qonunchiligida har ikki asosda faoliyatni amalga oshiradigan mediatorlar uchun ham yoshga doir talablar belgilangan. Jumladan, Rossiya Federatsiyasida shaxs professional mediator bo'lishi uchun 25 yoshga, noprofessional mediatorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun 18 yoshga to'lgan hamda to'liq muomala layoqatiga ega bo'lishi lozim.











Download 67.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling