Reja 1 Mis haqida 2 Olinishi


Download 251.69 Kb.
Sana04.06.2020
Hajmi251.69 Kb.
#114404
Bog'liq
mis


Mis va uning birikmalari

Reja

1) Mis haqida

2)Olinishi

3) Birikmalari

4) Ahamiyati

Mis, kumush, oltin 11-guruh elementlariga kiradi. Ularning tashqi

qavatida bittadan elektron bor. Tashqaridan ikkinchi qavatda to‘lgan d

elektron qavat bor. Bu elementlar ionlanish energiyasining qiymati I

guruh s-elementlaridan keskin farq qilib, anchagina yuqoriligi ko‘rinib

turibdi

Tabiatda uchrashi. Tabiatda oz miqdorda tug‘ma mis uchraydi. Birikma holdagi Cu2O kuprit ,Cu2S mis yaltirog‘i, CuFeS2 misli kolchedani yoki xalkopirit (, CuO-tenerit minerali, shuningdek malaxit (CuOH)2CO3 ma’lum. Kumush sulfidlar holatida qo‘rg‘oshin, rux, kadmiy bilan birga uchraydi. Mis, kumush va oltin tabiatda erkin metallar holatida ham uchraydi

Olinish usullari: Dastlab rudalarni yoqib oksidlar olinadi: 2CuS + 3O2 = 2 CuO + 2 SO2 Suyuqlantirish pechlarda olib borilib unga koks qo‘shiladi: C + 2CuO + FeS + SiO2 = Cu2S + FeSiO3 + CO Kuydirish: 2Cu2S + 3O2 = 2Cu2O + 2SO2 Qaytarish: 2 Cu2O + Cu2S = 6 Cu + SO2 Cu2S kristallarining tuzilishi 23.4-rasmda ko‘rsatilgan. Olingan misning tozaligi 95-98% ga yetadi. Toza mis olish uchun mis sulfati misli anod elektrodi ishtirokida elektroliz qilinadi

Texnikada ishlatilishi. Mis asosida ko‘pdan ko‘p asbob va uskunalar tayyorlanadi. Tunuka holdagi mis bilan kemalar o‘raladi. Misdan ko‘p qotishmalar tayyorlanadi. Masalan, bronza – mis 90%, qalay – 10% ; latun – mis 60 % , rux-40%; melxior - mis - 68%, Ni- 30%, Mn-1%, temir-1%; pul tayyorlaydigan chaqalar- Cu 95%, aluminiy-5%.

Cu +1 bo‘lgan birikmalari. Mis (1) oksidi Cu2O – qizil kristall

Mis (1) oksidi ammiakda ham oson eriydi. Bunda ammiakli komplekslar hosil bo‘ladi: Cu2O +4NH4OH = 2[Cu(NH3)2]OH+3H2O Mis (1) gidroksid (sariq rangli) beqaror, u parchalanib qizil rangli mis(I) oksid hosil qiladi: 2CuOH = Cu2O + H2O Galogenlar bilan CuCl, CuF hosil qiladi. Bu birikma yuqori konsentratsiyali kislotalarda eriydi. CuCl + HC1 = H[CuCl2] Mis (I) uchun [Cu(NH3)2] + turdagi ammiakatlar xos. Shu tufayli ko‘p mis (I) birikmalari ammiak eritmasida yaxshi eriydi.

Cu+2 birikmalari. Mis (II) oksid, qora rangli amorf modda. Gazlarni adsorbsiya qila oladi. Mis (II)oksidi misning kislorod bilan ta’siridan olinadi. 2Cu + O2=2CuO Yuqori haroratda u parchalanib mis (I) oksidini hosil qiladi: 4CuO = 2Cu2O + O2 Mis(II) oksidni vodorod bilan qaytarilsa misga aylanadi: H2 + CuO = Cu + H2O

Misning (II) birikmalari ko‘pdan ko‘p kompleks birikmalar hosil qiladi: CuCl2 + 4 NH3 = [Cu(NH3)4] Cl2 Agar yangi olingan Cu(OH)2 ga konsentrlangan ishqorlar qo‘shilsa, ko‘k rangli gidroksikupratlar hosil bo‘ladi: Cu(OH)2+2NaOH= Na2[Cu(OH)4] Hosil bo‘lgan gidroksikupratlar oson parchalanadi va beqarordir. Mis(II) galogenidlari kislotalar eritmalarida galogen kupratlar hosil qiladi: CuCl2 +HCl=H[CuCl3] CuCl2+2HCl=H2[CuCl4]

Misning oksidlanish darajasi +3 bo‘lgan birikmalari. Tarkibida ftor tutgan birikmalar olingan: K3[CuF6]. Mis (II) gidroksidini ishqoriy muhitda oksidlab NaCuO2 olish mumkin: 2Cu(OH)2+NaCIO+2NaOH=2NaCuO2+NaCl+3H2O Undan mis (III) oksidi - Cu2O3 olingan. Uning birikmalari beqaror. Bu birikma kuchli oksilovchi: 6 HCl + Cu2O3 = Cl2 + 2 CuCl2 + 3 H2O Reaksiya natijasida xlor va misning(II) tuzlari hosil bo‘ladi.

Tibbiyot amaliyotida CuSO4·5H2O ishlatilishi ma’lum. Bu modda antiseptik xossaga ega. Kumushning kollargol (70% gacha kumush bor) va protargol (8,3% gacha kumush) degan dorivor turlari ma’lum. Kumush nitrat juda zaharli bo‘lib tashqaridan eroziya, yara, traxoma va boshqa teri kasalliklarida buyuriladi. Odam organizmida kumushga


E'tiboringiz uchun

Rahmat.
Download 251.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling