Reja: 1 Silindr haqida tushuncha


Silindrga ichki va tashqi chizilgan prizmalar


Download 25.31 Kb.
bet2/2
Sana01.05.2023
Hajmi25.31 Kb.
#1418560
1   2
Bog'liq
Silindr

Silindrga ichki va tashqi chizilgan prizmalar
Silindrga ichki chizilgan prizma deb shunday prizmaga aytiladiki, unda silindr asoslarining tekisliklari prizma asoslarining tekisliklari, silindrning yasovchilari prizmaning yon qirralari bo`ladi (n-rasm).

n-rasm m-rasm


M a s a l a (7). Silindrga oltiburchakli muntazam prizma ichki chizilgan.Silindr asosining radiusi balandligiga teng bo`lsa, prizma yon yog`i diagonali bilan silindr o`qi orasidagi burchakni toping.
Y e c h i l i s h i. Prizmaning yon yoqlari - kvadratlar, chunki aylanaga ichki chizilgan muntazam oltiburchakning tomoni radiusga teng (m-rasm). Prizmaning qirralari silindrning o`qiga parallel, shuning uchun yon yog`i diagonali bilan silindr burchak esa 45° ga teng, chunki yoqlar kvadratlardir.

a-rasm b-rasm




Silindrga urinma tekislik deb silindrning yasovchisi orqali o`tuvchi va bu yasovchini o`z ichiga olgan o`q kesim tekisligiga perpendikulyar tekislikka aytiladi (a- rasm).
Silindrga tashqi chizilgan prizma deb asos tekisliklari silindrning asos tekisliklari bo`lgan, yon yoqlari esa silindrga urinadigan prizmaga aytiladi (b-rasm).
Nazorat savollari:
1. Doiraviy silindr (silindrning yasovchisi, silindrning asoslari va yon sirti) nima ekanini tushuntiring ?
2. Qanday silindr to`g`ri silindr deyiladi?
3. Silindrning radiusi, silindrning balandligi, silindrning o`qi, silindrning o`q kesimi nima?
4. Silindrning asos tekisligiga parallel tekislik uning yon sirtini asosining aylanasiga teng aylana buyicha kesishini isbotlang.
5. Silindrga ichki chizilgan (silindrga tashqi chizilgan) prizma nima? Silindrga urinma tekislik nima?
MASALALAR

1. Silindr asosining radiusi 2 m, balandligi 3 m. O`q kesimining diagonalini toping.


2. Silindrning o`q kesimi - yuzi Q ga teng kvadrat. Silindr asosining yuzini toping.
3. Silindrning balandligi 6 sm, asosining radiusi 5 sm. Silindrning o`qiga parallel ravishda undan 4 sm masofada o`tkazilgan kesimning yuzini toping.
4. Silindrning balandligi 8 dm, asosining radiusi 5 dm. Silindr tekislik bilan shunday kesilganki, kesimda kvadrat hosil qilingan. Bu kesimdan o`qqacha bo`lgan masofani toping (464-rasm).


Tayanch so’zlar:
Silindr, parallel tekislik, asos, o’q kesim, balandlik, tekislik....


Adabiyotlar:
1. ”Geometriya” II-qism, I.Isroilov. L.Z.Pashayev.
Toshkent-2005
2.A.B.Pogorelov “Geometriya”. O’rta maktabning 7-11 sinflari uchun darslik. Toshkent -1991
3.A.P.Kiseyov “Geometriya”, o’rta maktabning 9-10 sinflari uchun darslik II-qism. Toshkent -1975
4.1996-2007 Axborotnomalar.
5.N.Ribkin “Geometriyadan masalalar tuplami” II-qism, stereometriya.O’qituvchi nashri1.



Aim.uz



Download 25.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling