Reja: 1-sinf Tabiiy fan darsligidagi didaktik maqsad va vazifalar


Download 27.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana10.11.2023
Hajmi27.02 Kb.
#1762960
  1   2
Bog'liq
1 mavzu matni (1)



Mavzu: 1-sinf Tabiiy fan darsligi umumiy tahlili. 
Reja: 
1-sinf Tabiiy fan darsligidagi didaktik maqsad va vazifalar. 
Tabiiy fan darsligining umumiy tahlili. 
Atrof-borliq, jumladan, olamning tuzilishi, unda kechayotgan hodisa va 
jarayonlarni bilishnIng metodologik asosini bir-birini to‘ldiruvchi, ilmiy bilishning 
nazariy va empirik metodlar birligi tashkil etadi. Kichik maktab yoshidagi 
o‘quvchilarda tabiatda bo‘lgan qiziqishni, unda kechayotgan hodisa va jarayonlar 
to‘g‘risida bilimlarni anglashda hamda ularning empirik (kuzatish, tadqiqot) 
metodlarni o‘zlashtirishida “Tabiiy fanlar” o‘quv predmeti muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Inson dunyoqarashining tabiiy-ilmiy asosini tabiat haqidagi bilimlar tashkil 
qiladi. Yosh o‘quvchilar atrof-olam tog‘risidagi dastlabki bilimlarni anglayotganda 
hali yetarli darajada tizimlashtirilmagan bilimlar hajmini his qiladilar. Fanlarni 
birlashtirish bu muammoni hal qilishga imkon beradi. O‘qitishda integratsiyalashgan 
yondashuvnIi amalga oshirish natijasida olingan yaxlit bilimlar o‘quvchilar ularni 
o‘quv jarayonida, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, umum ta’lim maktab 
bitiruvchisi bo‘lganida hamda ijtimoiy hayoti davomida qo‘llashiga yordam beradi.
Tabiiy fanlar biologiya, geografiya, kimyo, fizika, astronomiya, ekologiya 
yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Bu fanlarning har biri o‘ziga xos tarkib, tuzilish va 
tadqiqot usullariga ega. Olamda sodir bo‘layotgan turli hodisa hamda jarayonlarni 
tushuntirishda tabiiy fanlarni o‘zaro bog‘lash asosida tabiatning turli jihatlarini 
tasvirlaydigan modellardan foydalaniladi. Fanlarni o‘zaro bog‘lab, olamda sodir 
bo‘layotgan turli hodisa hamda jarayonlar haqidagi tushunchalarni kichik maktab 
yoshidan anglashda “Tabiiy fanlar” darsligi o‘quvchiga katta yordam beradI. 
Endilikda umumta’lim maktablarida boshlang‘ich ta’limidanoq o‘quvchilarga 
integratsiyalashgan ta’lim berish amaliyotga joriy etilimoqda. Integratsiyaning o‘zi 
maqsad emas, balki o‘qituvchi faoliyatining ma’lum bir tizimi bo‘lgani uchun, u 
muayyan o‘quv muammolarini hal qiladi. Bular: 
– integratsiyalashgan ma’lumotlardan foydalanib fanga oid tushunchalar yordamida 
o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish; 
– o‘quv materialini yetakchi g‘oyalar nuqtayi nazaridan o‘rganish, o‘rganilayotgan 
muammolar o‘rtasida tabiiy aloqalarni o‘rnatsh orqali intellektual faollik darajasini 
o‘zgartirish; 


 – o‘quvchilarning kognitiv qiziqishini, ulаrning fikrlash faoliyatini rivojlantirish, 
darsda va darsdan keyin faol va mustaqil ishlash istagini oshirish;
– o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilish.
Tabiiy fanlarni o‘qitishning asosiy maqsadi – olamning ilmiy manzarasi 
haqidagi tasavvurni yaratish; bilimning ilmiy usulini o‘zlashtirish va uni zamonaviy 
inson qadriyatlari tizimiga kiritish.
Tabiiy fanlarni o‘qitishning maqsad va vazifalari:
– o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
– o‘quvchilarga materiya tuzilishining birligini, universalligini, tabiat 
qonunlarining tub mohiyatini anglatish;
– bilishning ilmiy (kuzatish, tajriba o‘tkazish) metodlarini o‘zlashtirish;
– o‘quvchilarda ilmiy madaniyatni tarbiyalash;
– olingan bilimlarni kundalik hayotda qo‘llash;
– o‘zi turgan olamda yo‘nalish olish ko‘nikmalarini egallash; 
– shaxsning kognitiv, axloqiy, hissiy fazilatlarini rivojlantirish;
– o‘quvchilarda tabiatni asrashda muhim bo‘lgan ijobiy fazilat (munosabat va 
qadriyat)larni hamda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish. 
“Tabiiy fanlar” darsligining yartilishi hamda uni o‘qitishda PISA xalqaro 
baholash dasturi modeli hisobga olingan. 
“Tabiiy fanlar” dasturida 1-sinf uchun kiritilgan mavzular quyidagi asosiy kontekstlarda 
ifodalangan:
– tizimlar;
– materiya va eneriya;
Kontekstlar: 
-shaxsiy; 
-mahalliy-milliy;
-global

Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik kompetensiyalari:
• hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish;
• ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash;
• ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish 
Bilimlar: 
•fanning mazmuniga oid;
• metodologik; 
• epistemik 
Munosabat:
• tabiiy fanlarga qiziqish; 
• tadqiq etilayotgan masalaga ilmiy yondashish;
• atrof-muhit bilan bog‘liq masalalardan xabardorlik 


– shakl, tartib va tuzilish
– masshtab va o‘lchash;
– barqarorlik va o‘zgarish; 
– shakl va funksiya. Masalan, boblarga oid mavzularni quyidagicha tasniflash mumkin. 
Tizimlar: o‘simlik, hayvon, odam organlari sistemasi, Quyosh sistemasiga oid bilimlar. Materiya 
va energiya: issiqlik, yorug‘lik, tovush. Shakl, tartib va tuzilish: jonli va jonsiz tabiat, tirik 
organizmlar. Masshtab va o‘lchash: ob-havo, issiqlik, Yer va koinot. Barqarorlik va o‘zgarish: tirik 
organizmlarning rivojlanishi, ob-havo, yil fasllari, yashash joyi. Shakl va funksiya: tirik 
organizmlar, o‘simlik va hayvonlarning xilma-xilligi, issiqlik, yorug‘lik va tovush manbalari. 
Mavzularni o‘rganishda mulohaza yuritishn talab etadgan savollardan borat og‘zak, yozma 
va amaliy topshriqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Darsga tayyor bilimlar to‘plami sifatida emas, 
balki shaxsning o‘ziga xos intellektual faoliyati sifatida qarash kerak. O‘rganish bilim miqdorini 
oddiy uzatish emas, balki uni qayta kashf etish shaklida tashki etitishi tavsiya qilinadi. Ushbu 
metodikada dars maqsadiga erishish uchun o‘quvchilar faoliyati natijasini ko‘rsatuvchi jadval (A, 
B, C, D) berilgan. Ushbu jadvalda keltirilgan kichik natijalar dars bosqichlarida aks ettඈrඈlgan. 
Bunda o‘quv chining imkoniyati va ehtiyojini hamda o‘qituvchi bilan hamkorlikdagi faoliyatni 
tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina ko‘zlangan natijaga erishish mumkin. Metodik 
qo‘llanmada dars bosqichlari uchun vaqt grafigi keltirilgan bo‘lib, uni o‘qituvchi ijodiy yondashgan 
holda taqsimlashi mumkin. Bu esa dars jarayonida muvaffaqiyatga erishishga imkon beradi. 



Download 27.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling