Umumiy uslub – barcha tahlil turlari va turli fanlar doirasida qo‘llaniladigan, fan obyektlarini o‘rganishda bir xilda foydalanadigan usullar va tartiblar tizimidir.
Umumiy uslub – barcha tahlil turlari va turli fanlar doirasida qo‘llaniladigan, fan obyektlarini o‘rganishda bir xilda foydalanadigan usullar va tartiblar tizimidir.
Xususiy uslub – faqat shu fanning o‘ziga tegishli bo‘lgan, tadqiqot obyektiga qarab tanlanadigan usullar va tartiblar tizimidir.
Iqtisodiy tahlilni o‘tkazish, albatta uning tartibini aniqlab olishni taqozo qiladi. Mazkur tartiblarni quyidagi bosqichlarda tasniflash mumkin.
Iqtisodiy tahlil bosqichlari
1-bosqich
|
Tahlilning obyekti, maqsadi va vazifalari belgilab olinadi, tahlil rejasi tuziladi
|
2-bosqich
|
Tahlil obyektini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar tanlanadi, tartiblanadi va tizimlashtiriladi
|
3-bosqich
|
Tahlil uchun zarur bo‘lgan axborotlar yig‘iladi va tayyorlanadi (ishonchliligi tekshiriladi, taqqoslanma ko‘rinishga keltiriladi)
|
4-bosqich
|
Xo‘jalik faoliyatining natijalari reja, o‘tgan yil, ilg‘or korxonalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi
|
5-bosqich
|
Omilli tahlil o‘tkaziladi va natijaviy ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi birliklar hisob-kitob qilinadi
|
6-bosqich
|
Faoliyat samaradorligini oshirishda foydalanilmayotgan va istiqboldagi imkoniyatlar aniqlanadi
|
7-bosqich
|
Turli omillar ta’sirini, aniqlangan va ishlatilmayotgan imkoniyatlarni hisobga olib, xo‘jalik faoliyatini baholash amalga oshiriladi va aniq chora-tadbirlar belgilanadi
|
http://azkurs.org
Do'stlaringiz bilan baham: |