Reja: 1 Tizimlar tushunchasi


-rasm. Tirik materiya va uning muhit bilan o’zaro munosabatini anglatadigan ierarxik darajalar


Download 117.51 Kb.
bet2/4
Sana01.04.2023
Hajmi117.51 Kb.
#1318679
1   2   3   4
Bog'liq
SHerboeva O‘g‘iloy Biloljon qizi

1.1-rasm. Tirik materiya va uning muhit bilan o’zaro munosabatini anglatadigan ierarxik darajalar

Har xil darajadagi biotizimlar turli xil fanlarni: genetika - genetik tizimlarni, tsitologiya - xujayralarni, fiziologiya - organlarni o’rganish predmeti hisoblanadi. Birmuncha yuqori darajada tuzilgan biotizimlar bitta fan doirasida tadqiqot qilish imkoniyatiga ega emas. Shunday qilib, organizmlarni botanika, zoologiya, mikrobiologiya, mikologiya (zamburug’, qo’ziqorinlar to’g’risidagi fan), ixtiologiya (baliqchilik), ornitologiya (qushlar to’g’risidagi fan), antropologiya (insonlarni o’rganish) va boshqalarni o’rganadi.


Organizmlarni tur sifatida, muhit bilan o’zaro munosabatini autekologiya (alohida ekologiya) o’rganadi. Ekologiyaning predmeti muhim organizmlar tuzilishidan tashqari populyatsiya, ekotizim, butun biosferani o’zida mujassamlantiradi.
1.3 Muhim organizmli biotizimlar. Biotizimning quyi bosqichi (darajasi) populyatsiya hisoblanadi.

Populyatsiya - bu o’ziga o’xshashlardan ma‘lum belgilari bilan farqlanadigan, o’zidan keyin nasl qoldirish xususiyatiga ega, ma‘lum makonda tarqalgan bir turga mansub individlar yig’indisidir.


Ayrim hollardagina tur yagona panmikatsiyalardan tashkil topgan bo’ladi. Ko’p hollarda esa u yuzlab, hatto minglab mahalliy panmikatsiyalarni o’z ichiga oladi. Panmikatsiyalardagi individlar bir-biridan yoshi, jinsi bilan odatda, o’zaro chatishadigan har xil avlodlarga, hayot bosqichining turli davrlariga, beqaror guruhchalarga (poda, to’da, oila va boshqalar) mansubligi bilan farq qiladi.


Populyatsiyalar lokal ma‘lum bir joyga xos, mahalliy ekologik va geografik qismlarga bo’linadi. Lokal populyatsiyalar deganda, biogeotsenozlarning iqlim, tuproq va boshqa sharoitlari bo’yicha alohida yashayotgan bir qancha turlari tushuniladi (biogeotsenoz atamasining mazmuni 1.6 qismda berilgan). Ekologik populyatsiya - biron bir biogeotsenozda yashaydigan oddiy populyatsiyalar majmuidan iborat bo’lib, qo’shni populyatsiyalardan salgina ajralganligi bilan ham farq qiladi. Shuning uchun ham ular faqat muvaqqat o’ziga xos morfologik alomatlari bilangina farq qiladi. Jo’g’rofiy populyatsiya - jo’g’rofiy sharoiti bir xil bo’lgan kattaroq hududda yashaydigan populyatsiya tushuniladi. Ana shu hudud doirasida organizmlar urchiydi, hayot hodisalarining yagona maromi va boshqa vazifalariga ko’ra xususiyatlari namoyon bo’ladi. Bunday xususiyatlar boshqa jo’g’rofik sharoitda yashaydigan qo’shni hududdagi populyatsiyadan farq qiladigan morfofiziologik tur (tip) hosil qiladi.
Populyatsiya chidamliligi, tug’ilishi, o’lishi, o’sishi, yoshiga qarab tuzilishi, fazoda taqsimlanishi va boshqa qator xossalari bilan tavsiflanadi. Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri uning yoshiga qarab tuzilishi hisoblanib, o’z navbatida uning tug’ilish va o’lishiga bog’liqdir. Rivojlanadigan, tez o’sadigan populyatsiyalarning katta ulushini yosh tashqil etadi. Barqaror holatdagi populyatsiyalarda yoshiga qarab taqsimlanish nisbatan bir tekis (tug’ilishi va o’lishi ham taxminan teng). Populyatsiyalarda yosh, alohida yashaydigan organizmlar turining halok bo’lish ulushi kamayadi.
Populyatsiyalar ichida genetik ma‘lumotlar (panmiksiya) almashinishi u yoki bu darajada amalga oshiriladi.
Populyatsiya ta‘rifidan, shuningdek panmikatsiyaning mavjudligi uning ichida tirik organizmlar uzoq vaqt oralig’ida bir muncha yoki uzoq populyatsiya shaklida mavjud bo’lishi mumkin.
Populyatsiyaning barqaror holatga qaytish qobiliyati gomeostaz deb atalib, teskari aloqaning ijobiy va salbiy vositalari orqali boshqariladi. Demak, populyatsiya kibernetik tizim xossasiga – o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini tashkil etish va o’z-o’zidan ko’payishi qobiliyati ega bo’lishidir.

Gomeostaz – organizmning o’z ichki muhiti tarkibi va xossalarini doim bir me‘yorda, nisbiy dinamik turg’unlikda saqlay olish xususiyatidir. Gomeostaz asosida teskari aloqa printsipi yotadi.

Gomeostaz kontseptsiyasi F. Kliments tomonidan (1979) ishlab chiqilgan va keyinchalik u ekotizimda qo’llanilgan.


Hayvonlar populyatsiyasining gomeostaz mexanizmi 1.2 rasmda ko’rsatilgan.
Rasmdan ko’rinib turibdiki, ijobiy teskari aloqa tufayli alohida yashaydigan organizmlarning soni o’sadi. Keyinchalik esa oziqlanish resurslarining cheklanganligi va teskari, salbiy oqibatlar ta‘sirida bu o’sish to’xtaydi. Shundan so’ng, mayatnik teskari tomonga harakatlanadi. Demak, populyatsiya amaliy jihatdan statik muvozanatga erishmasdan dinamik muvozanat holatida bo’ladi. Tabiatda gomeostazni qo’llab-quvvatlash uchun tashqi aralashishlar (boshqarish) talab etilmaydi.
Gomeostatik mexanizm ma‘lum chegarada mavjud bo’ladi. Ularning chegaradan chiqib ketishi populyatsiyalar (ekosistemalar)ning halok bo’lishiga olib kelishi mumkin. Masalan, paxta hosildorligini quyidagicha izohlash mumkin: Markaziy Osiyo davlatlarining yuqori paxta hosildorligini ko’pincha g’o’zaga beriladigan ma‘danli o’g’itlarga bog’lashadi.
Agar unga beriladigan ma‘danli o’g’itlar va sug’orish me‘yoridan ortiqcha berilsa, ko’pgina paxta maydonlarining eroziyaga uchrashi, sho’rlanishi va foydalanish samaradorligi pasayishi mumkin. Biotizimning eng yuqori darajasi jamoa hisoblanadi.




Download 117.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling