Reja: 1 Vaboning alomatlari va belgilari qanday?


Download 29.14 Kb.
bet4/7
Sana17.02.2023
Hajmi29.14 Kb.
#1209047
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
VABO

BOSHQA XAVF OMILLARI


Vabo vibrionlari dengiz suvi ichida omon qolishi va mollyuskalar ichida bo’lishi mumkinligiga oid ba’zi dalillar mavjud; xom ustritsalarni iste’mol qilish, ayniqsa, rivojlanmagan va ba’zan rivojlangan mamlakatlarda, vabo xavfi omilidir.
Ba’zi odamlar boshqalarga nisbatan ko’proq kasallanish xavfiga ega. Yetarlicha ovqatlanmaydigan yoki immuniteti zaiflashgan odamlar vabo kasalligini rivojlantirishi mumkin. Ba’zi tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, 2-4 yoshgacha bo’lgan bolalar kasallikga kattaroq yoshdagi bolalarga qaraganda ancha sezgir. Bundan tashqari, tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, birinchi qon guruhili bemorlar vaboga boshqalarga nisbatan ikki marta ko’proq chalinar ekan. Ushbu kasallikning qon guruhiga bog’liqligi hali to’liq tushunilmagan. Shuningdek axlorgidriyadan (me’da shirasida kislotaning kamayishi) aziyat chekuvchilar va kislota darajasini kamaytiruvchi dorilar qabul qiluvchilar ham vabo kasalligiga moyil bo’lishadi, chunki oshqozon kislotasi vabo vibrioni, shu jumladan, bakteriyalarning ko’p turlarini o’ldirishga qodir.

VABO KASALLIGI YUQUMLIMI?


Sog’lom katta kishilarni kasallantirish uchun taxminan 100 mln. gacha vabo bakteriyalari talab qilinadi. Bu katta miqdordan kelib chiqqan holda, kasallikning tarqalishi uchun oziq-ovqat yoki suvning jiddiy ifloslanishi yuz berishi kerak va odamdan odamga to’g’ridan-to’g’ri yuqishi ba’zi epidemik holatlardan tashqari, kamdan-kam kuzatiiladi. Vabo epidemiyasi kuzatilganda bakteriyalar bevosita va bilvosia juda yuqumli bo’lib qoladi, chunki oziq-ovqatlar va suv ifloslanishi keng tarqaladi.

VABONING INKUBATSION DAVRI


Inkubatsiya davri (bakteriyalar yuqganidan alomatlar namoyon bo’lishigacha vaqt oralig’i) bir necha soatdan (6 — 12 soat) besh kungacha cho’zilishi mumkin, o’rtacha u 2 — 3 kun davom etadi. Kasallik yuqganidan 6-12 soat o’tgach namoyon bo’lishi juda tez inkubatsion davr hisoblanadi va davolash uchun darhol tibbiy aralashuv talab etiladi.

Download 29.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling