Reja: 1 Vaboning alomatlari va belgilari qanday?
VABOGA QARSHI ANTIBIOTIKLAR
Download 29.14 Kb.
|
VABO
- Bu sahifa navigatsiya:
- VABONI OLDINI OLISH MUMKINMI
- VABO YAKUNI QANDAY
VABOGA QARSHI ANTIBIOTIKLARUmuman, antibiotiklar vaboning jiddiy shakllari uchun ishlatiladi; ular suvsizlanishni kamaytirish uchun mo’ljallangan va tiklanishni tezlashtiradi. Vabo og’ir holatlarda Tetrasiklinlar (sumitsinom), Doksisiklin (vibramitsin, orasesa, adoksa, atridoks va boshqalar), Furazolidon (furoksonom), Eritromisin (Pediazol, Ilozon) yoki siprofloksatsin bilan samarali davolangan. Vena orqali suyuqlik darajasi va elektrolitlar ta’minlash bilan quyidagi antibiotiklar qo’llaniladi: Tetrasiklin (Sumitsin); Doksisiklin (Vibramitsin, Orasia, Adoksa, Atridoks va boshqalar); Furazolidon (Furokson); Eritromisin (Pediazol, Ilozon); Azitromitsin (Azitroks); Sulfametoksazol / Trimetoprimdir (Baktrim, Septra); Ampitsillin; Siprofloksatsin; Norfloksatsin (Noroksin). Ko’pchilik keltirib o’tilgan antibiotiklar samarali, biroq ularni to’g’ri tanlash uchun antibiotiklarga sezuvchanlik tahlili o’tkazilishi maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki ko’plab bakteriyalar, shu jumladan vabo vibrionlari ham turli darajada antibiotiklarga qarshilik shakllantirishgan. Bundan tashqari, boshqa samarali antibiotiklar bo’lsa, xinolonlardan (masalan, siprofloksasin, norfloxacin) foydalanilmaslik kerak, chunki ular tayanch-harakat tizimiga nojo’ya ta’sir ko’rsatishi mumkin. VABONI OLDINI OLISH MUMKINMI?Ha, vaboni bir necha usul bilan oldini olish mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda vabo kasalligi deyarli kuzatilmaydi, chunki ularda sanitariyta protokollariga to’liq amal qilinadi, suvni tozalash va oziq-ovqat tayyorlash inshootlari doimiy faoliyat olib boradi, odamlarda qo’l yuvish imkoni mavjud. Bu mamlakatlarda vaqti-vaqti bilan bu inshootlar yoki usullarda muammolar yuzaga kelishiga qaramay, ular vabo kabi ko’plab kasalliklarni cheklay olishadi. Odamlar vaboni oldini olish uchun ehtiyot choralariga amal qilish, muntazam qo’l yuvish, vabo mavjud joylarda bo’lmaslik va odamlar bilan aloqa qilmaslik, suv yoki boshqa ichimliklarni ichishda ehtiyot bo’lish, oziq-ovqatlarni yaxshilab tayyorlash kerak. Bundan tashqari, vabo kasalligini oldini olishga qodir vaktsina bor va ularning samaradorligi 50 -90% gacha yetadi. Vaboga qarshi vaktsina og’zaki bo’lib, inyektsiyalar unchalik ham samarador emas. Ikki vaktsina (Shanchol va Dyukoral) maxsus o’ldirilgan vabo bakteriyalaridan iborat bo’lib, o’zlarida enterotoksin saqlamaydi. Afsuski, har ikki vaktsina o’rtacha 2 yil ta’sir ko’rsatadi, biroq ba’zi xabarlarga ko’ra Shanchol 65% hollarda 5 yilgacha ta’sir qilishi mumkin. Har ikki vaktsina odatda 1-6 hafta oralig’i bian ikki dozada beriladi. Afsuski, vaktsinalar cheklangan. Ular vaboga duchor bo’lishi ehtimoli mavjud bo’lgan kishilar uchun mo’ljallangan, masalan sayohatchilar uchun. Bugungi kunda butun dunyo bo’ylab ushbu kasallikni o’rganish bilan shug’ullanayotgan 30 dan ortiq universitet mavjud va ular vabo epidemiyologiyasi, patologiya, immunologiya, vaktsina ishlab chiqarish va boshqa muammolarni tadqiq qilishmoqda. VABO YAKUNI QANDAY?Vabo yakuni (prognozi) suvsizlanish jiddiyligiga va bemorga qanchalik tez yordam ko’rsatilishiga qarab, yaxshidan yomongacha farq qilishi mumkin. Vabo davolanmasa, o’lim ko’rsatkichi 50-60% ni tashkil etishi mumkin, biroq davolash protokollariga amal qilinsa va o’z vaqtida boshlansa, ushbu ko’rsatkich 1% gacha kamayishi mumkin. Umuman olganda, alomatlar qanchalik yengil bo’lsa va suvsizlanish qanchalik yengil bo’lsa, kasallik shunchalik ijobiy yakun topadi. Download 29.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling