Reja 1000 V dan Yuqori kuchlanishni ko‘rsatuvchi gazorazryadli


V dan yuqori kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgachlari


Download 25.03 Kb.
bet2/5
Sana15.06.2023
Hajmi25.03 Kb.
#1477861
1   2   3   4   5
Bog'liq
2.m xafsizlik qoidalari

1000 V dan yuqori kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgachlari

2.1.38. Kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgichlarining ish prinsipi elektrostatik induksiya prinsipiga asoslangan. Asbobning cho‘g‘lanish lampasi uning signal elementi hisoblanadi. Ushbu asbob 6 — 35 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida, 6 — 35 kV kuchlanishli ochiq va yopiq taqsimlovchi elektr uskunalarida kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish uchun mo‘ljallangan.


2.1.39. Ushbu kuchlanish ko‘rsatgichi ishchi qism, zaryadlovchi uskuna va 110 kV kuchlanishli izolyatsiyalovchi teleskopik shtangadan tashkil topgan. Kuchlanish ko‘rsatgichi kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismi a yaqinlashtirilgan sari chastotasi ko‘payib boruvchi uzuq-uzuq yorug‘lik signali bera boshlaydi. Kuchlanish ko‘rsatgichi uning sozligini tekshiruvchi biriktirilgan qurilma va tok manbaiga ega hamda zaryadlovchi uskuna bilan jihozlangan bo‘ladi.
2.1.40. Kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgichi hamda gazorazryadli lampali kuchlanish ko‘rsatgichi bilan kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish tartibi bir xildir. Ushbu asbobni yerga ulash talab qilinmaydi.


Fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‘rsatgichlari

2.1.41. Ushbu asboblar havo va kabel elektr uzatish tarmoqlari hamda 3 — 110 kV kuchlanishli transformatorlarning ishchi kuchlanish ostida fazalarini sozlash uchun mo‘ljallangan.


2.1.42. Asbob konstruktiv jihatdan izolyatsiyasi kuchli egiluvchan sim bilan bir-biriga ulangan elektr izolyatsiyalovchi trubkada ikki korpusni tashkil qiladi. Uning elektr sxemasi gazorazryadli indikator lampa, kondensator va rezistrlardan iborat. Asbobning izolyatsiyalovchi qismi minimal uzunligi 2.4-jadvalga mos kelishi zarur.
2.1.43. Ushbu asboblarni ishlatish tartibi ishlatish yo‘riqnomasi asosida aniqlanadi.
1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichlari
2.1.44. 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish uchun nazorat lampasi (cho‘g‘lanuvchi lampali va ikki o‘tkazuvchi simli patron)dan foydalanish man etiladi. CHunki nazorat lampasidan foydalanilganda fazalararo kuchlanishga ulanish natijasida uning portlashi va buning natijasida ishchilarning elektr yoyi va shisha bo‘laklaridan jarohat olish xavfi bor.
2.1.45. 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish uchun 2 tipdagi asbobdan: o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokli elektr uskunalari uchun - aktiv tok ta’sirida ishlaydigan ikki qutbli kuchlanish ko‘rsatgichidan, o‘zgaruvchan tokli elektr uskunalari uchun sig‘im toki ta’sirida ishlaydigan bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichidan foydalaniladi.
2.1.46. Ikki qutbli kuchlanish ko‘rsatgichi elektr sxemasi elementlari joylashgan ikki korpusdan tashkil topgan. Korpuslar bir-biri bilan havo elektr uzatish tarmoqlarida ishlatish uchun uzunligi 1 m dan kam bo‘lmagan, qolgan elektr uskunalari uchun uzunligi 0.6 m dan kam bo‘lmagan mustahkam izolyatsiyali egiluvchan mis sim bilan ulangan. Bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichi bir korpusga joylashgan. Ikki qutbli kuchlanish ko‘rsatgichi esa strelkali asbob turida ham bajarilishi mumkin (masalan, chuntakda olib yuriladigan IN-92 turidagi voltmetr).
2.1.47. Ikki qutbli kuchlanish ko‘rsatgichining elektr sxemasi gazorazryadli indikator lampadan, lampaga parallel ulangan rezistor, qo‘shimcha rezistorlar va kontakt-uchliklardan tashkil topgan.
Bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichining elektr sxemasi qo‘shimcha rezistorli gazorazryadli indikator lampadan, kontakt-uchlikdan va operatorning qo‘li tegib turuvchi korpusning yon tomoniga joylashgan kontaktdan iborat.
2.1.48. 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichida indikator lampasining yonish vaqtidagi kuchlanishi 90 V dan oshmasligi lozim.
2.1.49. 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichining konstruktsiyasi kontakt-uchlikning o‘qi bo‘ylab harakatlanishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur. Kontakt-uchlikning izolyatsiya qilinmagan qismi uzunligi 20 mm dan oshmasligi lozim. Ikkilamchi zanjirlarda ish bajarish jarayonida uchlikning izolyatsiya qilinmagan qismidan 5 mm gacha qoldirib, qolgan qismiga elektr izolyatsiyalovchi materialdan qilingan trubka kiygizib qo‘yish tavsiya qilinadi. Rezinali dielektrik qo‘lqoplar
2.1.51. Elektr uskunalarida ishlash mobaynida texnik shartlar talabi bilan tayyorlangan maxsus dielektrik qo‘lqoplardan foydalanishga ruxsat etiladi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida dielektrik qo‘lqoplar asosiy himoya vositasi sifatida, 1000 V dan Yuqori bo‘lgan elektr uskunalarida esa qo‘shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi.
2.1.52. Qo‘lqopning uzunligi 350 mm dan kam bo‘lmasligi lozim. Ish jarayonida dielektrik qo‘lqopni shimarib qo‘yish man qilinadi. Qo‘lqopga eng ustidan kiyish zarur. Ishlatishda bo‘lgan qo‘lqoplar (mahalliy sharoit bo‘yicha) sovunli yoki sodali suyuqlik bilan davriy dizenfeksiyadan o‘tkazib turilishi lozim. Sovuq ob-havo sharoitlarida binodan tashqarida dielektrik qo‘lqoplar ishlatilganda yupqa jun yoki ip-gazlama qo‘lqop ustidan kiyishga ruxsat etiladi.



Download 25.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling