Reja 1000 V dan Yuqori kuchlanishni ko‘rsatuvchi gazorazryadli


Download 25.03 Kb.
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi25.03 Kb.
#1477861
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2.m xafsizlik qoidalari


1000 V dan Yuqori kuchlanishni ko‘rsatuvchi gazorazryadli indikator lampali asboblar
Reja


1. 1000 V dan Yuqori kuchlanishni ko‘rsatuvchi gazorazryadli indikator lampali asboblar


2. 1000 V dan yuqori kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgachlari
3. Fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‘rsatgichlari

1000 V dan Yuqori kuchlanishni ko‘rsatuvchi gazorazryadli indikator lampali asboblar

Elektr uskunalarda kuchlanish bor yoki yo‘qligini aniqlashga mo‘ljallangan ko‘rsatkichlar qo‘lda olib yuriladigan kuchlanish ko‘rsatgichlaridir. Kuchlanish ko‘rsatgichlarining ishlashi gazorazryadli indikator lampadan sig‘im toki o‘tganda yonish prinsipiga asoslangan.


2.1.31. Kuchlanish ko‘rsatgichi ishchi, izolyatsiyalovchi qismlar va dastakdan tashkil topgan. Ishchi qismga uchlik - kontakt, gazorazryadli lampa va kondensatorlar kiradi. Izolyatsiyalovchi qism ishchi qism bilan dastak oralig‘ida joylashgan bo‘lib, bir necha elementdan yasalgan bo‘lishi mumkin. Teleskopik konstruktsiyalarni ishlatishga ham ruxsat beriladi.
2.1.32. Kuchlanish ko‘rsatgichining o‘lchamlari 2.4-jadvalda keltirilgan o‘lchamlardan kam bo‘lishi mumkin emas.
2.1.33. Kuchlanishi 10 kV dan Yuqori bo‘lgan elektr uskunalarida 2.2-jadvaldan uzunlikka mos bo‘lgan izolyatsiyalovchi shtangalarga mahkamlangan. 2 — 10 kV kuchlanish uchun mo‘ljallangan kuchlanish ko‘rsatgichidan foydalanish mumkin.
2.1.34. Kuchlanish ko‘rsatgichining sezgirligi uning lampasi minimal kuchlanishida yonishi bilan, ya’ni signal lampasining barqaror nurlanishi bilan harakterlanadi.
1000 V dan Yuqori kuchlanishda qo‘llaniladigan ko‘rsatgichning yonish kuchlanishi ushbu elektr uskunalari nominal kuchlanishining 25 foizini tashkil qilishi zarur.
2.1.35. Kuchlanish ko‘rsatgichini ishlatishdan oldin uning ishga yaroqliligi maxsus asboblar bilan yoki yaqin yerda joylashgan va oldindan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqinlashtirish bilan tekshiriladi.



Download 25.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling