Reja 1000 V dan Yuqori kuchlanishni ko‘rsatuvchi gazorazryadli
Dielektrik etik va kalishlar
Download 25.03 Kb.
|
2.m xafsizlik qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dielektrik rezinali gilamlar va izolyatsiyalovchi tagliklar
- Shaxsiy himoya vositalari. Himoya ko‘zoynagi
Dielektrik etik va kalishlar
2.1.53. Dielektrik etik va kalishlar yopiq joylarda hamda yog‘ingarchilik bo‘lmaganda ochiqda joylashgan elektr uskunalarida qo‘shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi. Dielektrik etik va kalishlar ishlayotganlarni qadamlar orasidagi (odim) kuchlanishdan saqlaydi. 2.1.54. Elektr uskunalarida faqat GOST 13385-78 talablariga asosan tayyorlangan dielektrik etik va kalishlarni ishlatishga ruxsat etiladi. Dielektrik etik va kalishlar tashqi ko‘rinishiga (rangi, maxsus belgi yoki loklanmaganligiga) qarab boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan etik va kalishlardan farq qilishi zarur. Elektr uskunalari har xil razmerli dielektrik oyoq kiyimlari bilan jihozlanishi lozim. Dielektrik rezinali gilamlar va izolyatsiyalovchi tagliklar 2.1.55. Dielektrik rezinali gilamlar o‘ta zax xonalardan tashqari boshqa barcha yopiq joylarda joylashgan 1000 V gacha va undan Yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida qo‘shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi. Gilamlar vazifasi va ishlatish sharoitiga qarab, GOST 4997-75 talablariga asosan quyidagi 2 guruhda tayyorlanishi zarur: 1-guruh — oddiy tayyorlangani — - 15° S, + 40° S haroratda ishlatish uchun; 2-guruh — moy va benzinga chidamli — - 50° S, + 80° S haroratda ishlatish uchun. Gilamni ishlatishda uning markirovkasiga ahamiyat berish lozim. Ko‘zga tashlanadigan, mexanik ravishda yirtilgan joylari bo‘lsa, uni albatta, chiqitga chiqarish zarur. 11. Shaxsiy himoya vositalari. Himoya ko‘zoynagi 2.2.1. Himoya ko‘zoynagi metall va boshqa materiallarni qayta ishlash mobaynida mayda zarrachalar, eritilgan mastika tomchilari, kislotalar, ishqorlar, elektrolitlar va bo‘yoqlarning ko‘zga tushishidan, saqlagichlarning kuyishi natijasida sachrovchi metall zarrachalari hamda uchqunlari, kavsharlash vaqtidagi gaz gorelkalarining alangasi, yoyi va hokazolardan ko‘zni himoya qilish uchun ishlatiladi. 2.2.2. Himoya ko‘zoynaklari belgilangan vazifasiga qarab, standart va texnik shartlar (GOST 12.4.003-80, 12.4.013-85 va boshq.) talablariga javob berishi kerak. Uzoq muddatli ishlarda oynasi terlaydigan ko‘zoynaklarning ichki yuzasi terlashdan saqlovchi maxsus tarkib bilan moylanishi lozim. Download 25.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling