Reja 1000 V dan Yuqori kuchlanishni ko‘rsatuvchi gazorazryadli


Download 25.03 Kb.
bet4/5
Sana15.06.2023
Hajmi25.03 Kb.
#1477861
1   2   3   4   5
Bog'liq
2.m xafsizlik qoidalari

Qo‘lqoplar
2.2.3. Qo‘lqoplar qo‘lni uchqunlardan, erigan metall zarrachalarining sachrashidan, to‘ponidan, Yuqori haroratdan, neftdan, ishqordan, kislotadan, suvdan, mexanik ta’sirlanishdan saqlash uchun mo‘ljallangan.
2.2.4. Erigan metallar, kabel mastikalari bilan ishlaganda qiyin yonuvchi asbest, spilka va boshqa gazlamalardan tikilgan qo‘lqoplardan foydalanish shart.
2.2.5. Qo‘lqoplar GOST 12.4.010-75 talablari asosida tayyorlanishi zarur. Qo‘lqoplar 6 tipda ishlab chiqariladi: baxyalab tikilgan, barmog‘i choklab ulangan; barmoqli, qo‘lqopning pastki qismi to‘la Qo‘lqoplar kuchbichilgan; barmog‘i qo‘lqop bukilishining yon tomonida joylashgan; 2 ta barmoqli; elastik lenta bilan bilaklarga bog‘langan, qunjlari uzaytirilgan — 4 ta o‘lchamli.aytiruvchi va himoya qoplamalariga ega. Qunjlari uzaytirilgan qo‘lqoplar 420 mm dan kam bo‘lmasliga kerak. Erigan metall, mastika va boshqa moddalar oqib ketishining oldini olishda qo‘lqoplar kiyim englarini zich qoplab olgan bo‘lishi kerak.
 Ko‘chma yerga ulagichlar
2.1.81. Ko‘chma yerga ulagichlar odamlarni o‘chirilgan tok o‘tkazuvchi qismlarda ishlayotganda xatolik bilan berilgan yoki tashqi elektr kuchlanish ta’sirida paydo bo‘lgan kuchlanishdan himoya qilish uchun ishlatiladi.
2.1.82. Ko‘chma yerga ulagichlar yerga ulovchi simlarga ulash uchun xizmat qiluvchi qisqich (qisma)dan, yerga ulovchi va uskunaning barcha fazalari tok o‘tkazuvchi qismlarini o‘zaro tutashtiruvchi simdan hamda yerga ulashga yoki yerga ulangan konstruktsiyaga ulashga mo‘ljallangan uchlik yoki strubsinadan tashkil topgan. Har bir fazaga alohida ko‘chma yerga ulagichni qo‘llashga ruxsat beriladi.
2.1.83. Ko‘chma yerga ulagichlar quyidagi talablarni qondirishi shart:
1) Ular yalang‘och egiluvchan ko‘p tolali mis simdan tayyorlanishi va kesimi bir fazali yoki fazalararo qisqa tutashuv jarayonida termik bardoshlik talablarini qoniqtirishi kerak, lekin kuchlanishi 1000 V dan Yuqori bo‘lgan elektr uskunalari uchun 25 mm2 dan, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalari uchun esa 16 mm2 dan kam bo‘lmasligi zarur. Mis simlar kesimini termik bardoshligi bo‘yicha tanlab olishda boShlang‘ich haroratni 30° S, yakuniy haroratni 850° S qabul qilishga ijozat beriladi. Ko‘chma himoya yerga ulagachlarni qisqa tutashuv tokidan qizishini hisoblashda quyidagi sodda formuladan foydalanish tavsiya qilinadi:
2) Bir-biri bilan tutashtiruvchi simlarni shinalarga ulovchi qisqich (qisma)ning konstruktsiyasi shunday bo‘lishi kerakki, ko‘chma yerga ulagich qisqa tutashuv toki o‘tganda dinamik kuch ta’sirida o‘rnatilgan joyidan chiqib ketmasligi kerak. Qisqich (qisma)lar yerga ulagichlarni tok o‘tkazuvchi qismlarga shtanga yordamida o‘rnatish va olishga mo‘ljallangan moslama bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. Egiluvchan mis sim qisqich (qisma)ga bevosita yoki mustahkam presslangan mis uchlik yordamida ulangan bo‘lishi zarur. Sim ulangan joylaridan sinmasligi uchun uni egiluvchan po‘lat simli prujina shaklidagi qobiqqa joylashtirish tavsiya qilinadi. Egiluvchan mis sim tolalarini mexanik shikastlanishlardan saqlash maqsadida simni aniq ko‘rinadigan qobiqqa solib qo‘yish ham tavsiya qilinadi.
Xlosa


Asbobning xizmat ko'rsatishga yaroqliligi quyidagilardan iborat: tarmoqdan tez yoqish va o'chirish (lekin o'z-o'zidan emas), tasodifiy aloqa qilish uchun mavjud bo'lgan oqim o'tkazuvchi qismlar va simlarning yo'qligi, elektr asbobining tuproq simida uzilishning yo'qligi. Oyiga bir marta asbob korpusida qisqa tutashuvlar yo'qligiga ishonch hosil qilishingiz kerak, sim izolyatsiyasining yaxlitligini tekshiring. Elektr asbobini ishchiga berishdan oldin murvatlarni, mahkamlash agregatlarini, alohida qismlarni mahkamlash, elektr motori o'chirilgan holda milni qo'lda aylantirish orqali vites qutisining xizmat ko'rsatish qobiliyati, cho'tkalar va kollektorlarning holati, yaxlitligi. izolyatsiyasining, yalang'och simlarning yo'qligi va erning xizmatga yaroqliligi tekshiriladi. Ishchiga nuqsonlari bo'lgan asbobni berish qat'iyan man etiladi.

Download 25.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling