Rossiya — Gruziya munosabatlari keskin yomonlashdi. 2014-yil fevral oyida Ukrainada hokimiyat almashdi. Qrimda hokimiyatga kelgan rossiyaparastlar Kiyevdagi yangi hukumatni tan olmadi. 2014-yil 16-martda ular referendum o‘tkazib, uning natijasiga binoan Qrimning mustaqilligini e’lon qildi va Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Rossiyaning Ukrainaga nisbatan siyosatidagi yana bir muammoli jihat Ukrainaning sharqida, xususan, Donetsk va Lugansk viloyatlarida bolayotgan voqealar bilan bog‘liq. Bu yerda ham Ukrainadagi hokimiyat almashinuvini tan olmagan bir guruh rusiyzabon yetakchilar tomonidan Donetsk va Lugansk Xalq respublikalari e’lon qilinib, o‘z armiyalarini shakllantirdi. Tashqi siyosatda Rossiya hal qilishi lozim bo‘lgan masalalardan biri Suriya muammosi bo4ldi. Rossiyaning harbiy-kosmik kuchlari 2015-yil sentabrdan boshlab Suriyadagi janglarda ishtirok etmoqda. Suriyada ISHID (Iroq va Shorn islom davlati) va boshqa xalqaro terrorchi tashkilotlarga qarshi kurashda Rossiya bir qator yutuqlarga crishdi. Bu unga o‘zining geosiyosiy mavqeyini mustahkamlash imkonini berdi. Nazarboyevning «ko‘p yo‘nalishli tashqi siyosati» MDH doirasidan ham tashqariga chiqdi. Qozog‘iston Germaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari hamda Turkiya, Eron, Yaponiya va Malayziyaga o‘z xomashyo- sini berish, ulardan kreditlar, investitsiya va yuksak texnologiyalami keltirish yo‘li bilan hamkorlik qiladi. U 10 ta Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorligi (MOH) da ishtirok etadi. Qozog‘iston EXHT a'zosi, NATO bilan hamkorlik qiladi, Shanxay Hamkorlik Toshkiloti (ShHT)ning a’zosidir. Keng va ko‘p tomonlama aloqalar islohotlar va iqtisodiyotni rivojlantirish hamda xavf-sizlikni ta’minlash, jumladan, islom fundamentalizmining tahdidini bartaraf etishga imkon beradi. 0 ‘zbekiston bilan abadiy do‘stlik to‘g‘risida shartnoma imzolagan. Qo‘shnichilik aloqalari kuchaymoqda. Ukraina bilan Rossiya o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi keng
Do'stlaringiz bilan baham: |