Reja: 3 marketing tadqiqotlarining maqsadi, vazifalari va strategiyasi 4
Download 24.69 Kb.
|
Reja 3 marketing tadqiqotlarining maqsadi, vazifalari va strate
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demarketing
- Qarshi (aks) tasir ko’rsatuvchi marketing
QO’LLAB-QUVVATLOVCHI MARKETINGQo’llab-quvvatlovchi marketing to’liq talabning mavjudligini harakterlaydi, ya'ni bunda tovar va xizmatlarga talabning darajasi va tarkibi taklifning darajasi va tarkibi to’la mos keladi. Bunday marketing turining vazifasi bo’lib, odatda, to’laqonli talab sharoitida uning darajasini iste'molchilarning istaklari tizimi va raqobatning kuchayishini hisobga olgan holda saqlab turish hisoblanadi. Bu erda marketolog birinchi navbatda savodli narx siyosatini o’tkazishi, sotishning zaruriy hajmini saqlab turishi, sotish faoliyatini rag’batlantirish va o’zgaruvchan xarajatlar ustidan nazoratni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan bir qator taktik tadbirlarga e'tibor berishi kerak. To’laqonli marketingga eng yaxshi misol "Djeneral motors" kompaniyasining faoliyati bilan bog’liq. 20-yillar o’rtalarida kompaniya "Ford" kompaniyasini orqada qoldirishga muvaffaq bo’ldi. Ushbu kompaniya o’rta amerikalik uchun narxlari past bo’lgan, bir xil qora rangga bo’yalgan "T" ford modeliga o’zining zamonaviy, keng rang gammasida ishlab chiqilgan avtomobil modelini qarama-qarshi qo’ydi. Demarketing haddan tashqari katta talab sharoitida, ya'ni tovar yoki xizmatga bo’lgan talab taklifdan ancha katta bo’lgan holda qo’llanadi. Uning vazifasi bo’lib salbiy bozor hodisalari, masalan, chayqovchilikni yo’qotish maqsadida talabni vaqtinchalik yoki doimiy pasaytirish usullarini topish hisoblanadi. Haddan tashqari talabni pasaytirish tovar yoki xizmatlar narxlarini oshirish, reklama kompaniyasini va sotilishlarni rag’batlantirishni to’xtatish orqali hal qilinishi mumkin. Qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing sog’liq uchun zararli bo’lgan yoki jamoatchilik nuqtai nazaridan noratsional bo’lgan u yoki bu mahsulotlar (sigaretalar, narkotik moddalar, pornografiya)ga irratsional (akldan tashqari) talab mavjud bo’lganda amal qiladi. Agar demarketing yaxshi sifatli tovarga talabni qisqartirish bilan bog’liq bo’lsa, qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing tovarni zararli, yomon qilib ko’rsatadi. Mazkur holda insonlarni zararli mahsulotlarni iste'mol qilishdan voz kechishlariga undash eng maqsadga muvofiq bo’lib hisoblanadi. Bunda marketingning narx qurollari bo’lib narxlarni keskin ko’tarish, bu tovarlarga hammaga yo’l ochiqligini cheklash bo’lishi mumkin. Download 24.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling