Reja: Adyabotik jarayon. Karno sikli

Download 3.49 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi3.49 Kb.
#1204845
Bog'liq
Reja Adyabotik jarayon. Karno sikli-fayllar.org

Reja: Adyabotik jarayon. Karno sikli

REJA:

1.Adyabotik jarayon.

2. Karno sikli.

3.Issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti.

Mavzu: Adyobatik jarayonlar . Issiqlik mashinalarining FIK. Karno sikli.

Adiabatik jarayon.

Adiabatik jarayon.

Atrof-muhit bilan issiqlik miqdori almashmasdan ro‘y beradigan jarayonga adiabatik jarayon deyiladi.Adiabatik jarayonga tez ro‘y beradigan jarayon misol bo‘ladi. Misol uchun gaz tez siqilganda bajarilgan ish uning temperaturasining, ya’ni ichki energiyasining ortishiga olib keladi. Temperatura ortishi natijasida atrofga issiqlik miqdori tarqalishi uchun esa ma’lum vaqt kerak. Shuning uchun ham Q = 0. Ichki yonish dvigatelida yonilg‘i aralashmasining yonishi adiabatik jarayonga misol bo‘ladi.Adiabatik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

ΔU + A= 0 yoki A= –ΔU, (6.3)

ya’ni adiabatik jarayonda ish ichki energiyaning o‘zgarishi hisobiga bajariladi.Issiqlik mashinasi deb, yoqilg‘ining ichki energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan mashinalarga aytiladi.

Aylanma jarayon yoki sikl deb sistema bir qancha holatlardan o‘tib, dastlabki holatiga qaytadigan jarayonga aytiladi(6.3-rasm). Soat strelkasi aylanishi bo‘ylab ro‘y beradigan jarayon (gaz oldin kengayib, keyin siqiladi) to‘g‘ri sikl, soat strelkasi aylanishiga teskari yo‘nalishda (gaz oldin siqilib, keyin kengayadi) ro‘y beradigan jarayon esa teskari sikl deyiladi. Issiqlik mashinalari to‘g‘ri sikl, sovitkichlar esa teskari sikl asosida ishlaydi. Sikl tugaganda ishchi modda o‘zining dastlabki holatiga qaytadi, ya’ni uning ichki energiyasi boshlang‘ich qiymatiga ega bo‘ladi.

Karno sikli– navbatma-navbat oʻzaro

alma shinib turuvchi ikki izotermik va ikki

adiabatik jarayondan iborat qaytar aylanma

issiqlik jarayonidir.(6.4-rasm).

Issiqlik mashinasining yoki Karno siklining foydali ish koeffitsiyenti (FIK) deb quyidagi kattalikka

Issiqlik mashinasining yoki Karno siklining foydali ish koeffitsiyenti (FIK) deb quyidagi kattalikka

aytiladi:

(6.4)

Agar issiqlik mashinasining bajargan ishi hisobga olinsa, ya’ni

bo‘lsa, unda

(6.5)

Shuningdek, Karno siklining FIK ni isitkichning

va sovitkichning temperaturalari orqali ham ifodalash mumkin:

( 6.6)

Demak, ideal issiqlik mashinasining FIK ishchi moddaning turiga

bog‘liq bo‘lmay, balki isitkichning va sovitkichning temperaturalari bilangina aniqlanadi.

http://fayllar.org
Download 3.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling