1-rasm. Agroturistik klasterlashtirish bosqichlari
Ikkinchi bosqich. Agroturistik klasterga kiradigan ob’ektlarini tanlash. Bu jarayonda shakllanadigan agroturistik klasterga kiritadigan diqqatga sazovor joylar, agroturistik maskanlar, sayohatgohlar va agroturistik infrastrukturasi tanlab olinadi. Agroturistik majmuaning ob`ektlatini tanlab bo`lgach, ularning qaysi sifat darajasi (diqqatga sazovor joy, agroturistik maskan,agroturistik hudud)da qaror topganini turli ko`rsatkichlar orqali bilib olinadi.
Uchinchi bosqich.Agroturistik klasterlarni shakllantiruvshi asosiy omillarini aniqlash va ularni tahlil qilish. Iqtisodiy nohiyalarning shakllantiruvshi ta’sirchan omillari kabi, agroturistik klasterlashtirishning ham o’ziga xos omillari mavjud. Ular, fikrimizsha, quyidagilardan iborat1:
1.Klasterning siyosiy nuqtai nazardan barqarorligi va odamlar hayotiga xavf-xatar yetkazmasligi. Turistlarni siyosiy nuqtai nazardan osoyishta klasterlar o’ziga jalb qiladi. Demak, kishilar hayotiga xavf tug`dirmaydigan klasterlargina sayyohlik oqimini vujudga keltirish imkonini yaratadi, aks holda agroturistik klasterlashtirish siyosati ijobiy natija bermasligi ham mumkin. Shuning ushun agroturistik klasterlarni shakllantirishda agroturistik klasterning siyosiy barqarorligi va xavfsizligi zarur bo’lib qoladi.
2.Klaster hududida diqqatga sazovor joylar va agroturistik jozibador maskanlarning mavjudligi. Tabiiy yoki sun’iy yaratilgan jozibador omillarga
ega hududlargina imkoni bor turistlarni aynan shu maskanlarni tanlab sayohat qilishlariga shorlaydi. Shunday ekan, nodir va jozibador omillarga ega bo’lmagan agroturistik klasterlarda agroturistik hududlarni tashkil qilishga zarurat qolmaydi.
3. Agroturistik hududlarda sayyohlik oqimni vujudga keltiruvchi bozor segmentlarining mavjudligi. Tanlangan agroturistik hududlar agroturistik oqimni vujudga keltirayotgan taqdirdagina, ularni agroturistik klaster darajasiga ko’tarish va alohida bozor taxmon va segmentlari bo’yisha o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |