Reja: Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari. Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi ahamiyati. О‘zbekitson Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini


Halqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning ishtiroki


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/39
Sana18.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1579650
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
Bog'liq
Hayot faoliyati havfsizligi amaliy

Halqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning ishtiroki 


Halqaro terrorizm nafaqat tashqi, balki ichki havfsizlikka ham dahldor 
masaladir. Chunki terrorchilik tashkilotlari jangari usullari bilan hokimiyat uchun 
kurashuvchi guruhlarni shakllantirish, ularni har tomonlama rag`batlantirish va 
qo`llab quvvatlashga intiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari uchun halqaro terrorizmning havfli 1990 yilda 
Namangan va Andijonda, 1990 - 1996 yillarda tojikistondagi fuqarolik urushi va 
mojarolar davomida, 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida, 1999 - 2001 yillarda 
Qirg`izistonning Botken, O`zbekistonning Surhandaryo va Toshkent viloyatlarida, 
2004 yilning mart - aprel oylarida Toshkent shahri va Buhoro viloyatlarida, 2004 
yilning 11 - 13 may kuni Andijon viloyatida amalga oshirilgan terrorchilik 
harakatlari misolida o`zini namoyon etdi.
Mustaqillikka erishgan O`zbekiston Respublikasi halqaro terrorizmning 
umumbashariy miqyosdagi havfli ekanligidan jahon hamjamiyati bilan birgalikda 
unga qarshi kurashish lozimligini jahonning nufuzli minbarlarida e’lon qildi. 
Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1993 yil 28 
sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambelyasining 48 
sessiyasida qilgan ma’ruzasida jahon hamjamiyatining Afg`oniston muammosini 
izchil o`rganish va yechishga chaqirdi. Keyinchalik 1998 yilda Prezidentimiz 
tashabbusi bilan tashkil topgan "6+2" guruhini BMT rahbarligi ostida 1998 - 1999 
yillarda olib borilgan faoliyat Afg`oniston terrorchilikka qarshi kurashda katta 
ahamiyatga ega bo`ldi. Bu guruh Afg`oniston bilan chegaradosh 6 davlat: Hitoy, 
O`zbekiston, Pokiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston va mintaqa tashqarisidan 
ta’sir ko`rsatib turgan ikki davlat AQSH va Rossiya vakillaridan tashkil topgan edi.
Yurtboshimizning 1999 yilda Evropa Havfsizlik va hamkorlik Tashkilotining 
(EHHT) Istanbul (Turkiya) da bo`lib o`tgan sammitda 2000 yilning 7 - 8 sentyabr 
kunlari Nyu-Yo`rkda bo`lib o`tgan BMT bosh assambleyasining "Mingyillik 
Sammiti"da BMT tuzilmalarida terrorizmga qarshi kurash halqaro markazini tuzish 
taklifiga hamohang tarzda 2001 yilning 28 sentyabrda BMT doirasida terrorizmga 
qarshi kurash qo`mitasi tuzildi.
O`zbekistonning AQSH chegaraligida tashkil etilgan halqaro terrorizmga 
qarshi kurash borasida AQSH harbiy havo kuchlarining trasport va vertalyotlariga 
Afg`onistonda qidiruv - qutqaruv va insonparvarlik yordamini amalga oshirish 
uchun havo hududi (Honabod tumani)ni ochib terrorizmga vaqtinchalik 
foydalanishga topshirdi.
O`zbekistonning halqaro terrorizmga qarshi olib borayotgan siyosatining 
maqsadi mintaqada global miqyosda tinchlik, barqarorlikni saqlash, mamlakat 
mustaqilligi va ravnaqi, halqning erkin farovon hayotini ta’minlashdir. 
Respublikamiz terrorizmga qarshi qaratilgan ko`plab halqaro shartnomalardan 


hozirgacha BMTning 12ta, Yevropa Kengashi doirasida esa 7ta halqaro 
shartnomalarini imzoladi.
Bulardan tashqari O`zbekiston halqaro terrorizmga qarshi kurashdagi ishtiroki 
mintaqaviy tashkilotlardagi faoliyatida ham namoyon bo`lmoqda. Jumladan, 
O`zbekiston Yevropa Havfsizlik va hamkorlik Tashkiloti (YeHHT), Markaziy 
Osiyo hamkorligi Tashkiloti (MOHT) va boshqalar. O`zbekistonning bunday 
tashkilotlardagi ishtiroki, tashabbusi, global havfsizlik va barqarorlikni 
ta’minlashda davlatimizning tutgan o`rni muhim ekanligini tasdiqlaydi.
Terrorizmga qarshi kurashda 2000 yilda "Terrorizmga qarshi kurash 
to`g`risida"gi qonunning 4 - moddasida terrorizmga qarshi kurashning asosiy 
printsiplari aniq ko`rsatib berilgan. Ular quyidagilardan iborat:
• qonuniylik;
• shahs qonunlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
• terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi;
• jazoning muqarrarligi;
• terrorizmga qarshi kurashning oshkora va nooshkora usullarining
ustuvorligi;
• jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi 
o`tkaziladigan operatsiiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik.
Terrorizmni oldini olishda davlat organlari, fuqarolarning o`z – o`zini 
boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bilan birgalikda profilaktik chora 
- tadbirlar o`tkazish orqali amalga oshiriladi. Bu harakatlarda quyidagilar 
ta’qiqlanadi:
• terrorizmni ta’qib qilish;
• terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tuzish hamda ularni faoliyat
• ko`rsatishi;
• terrorchilik faoliyatiga dahldor bo`lgan yuridik shahslarni, ularning 
bo`linmalari va vakolatlarini akkreditatsiya qilish, ro`yhatdan o`tkazish va ularning 
faoliyat ko`rsatishi;
terrorchilik faoliyatiga dahldor chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo`lmagan 
shahslarning O`zbekiston Respublikasiga kirishi;
tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlariga oid ma’lumotlar 
va fikrlarni yashirish;
Ushbu qonunga binoan O`zbekiston Respublikasida quyidagi davlat organlari 
terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi: jumladan, O`zbekiston Respublikasi 
Milliy Havfsizlik Hizmati, O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi, Davlat 
Bojhona qo`mitasi, Mudofaa va Favqulotda Faviyatlar Fazirliklari kiradi.
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan davlat organlarining 
faoliyatini muvofiqlashtirish hamda terrorchilik faoliyatini olidini olish, uni 


aniqlash, unga chek qo`yish va uning oqibatlarini minimallashtirish borasida 
hamkorlikda harakat qilishlarini ta’minlash O`zbekiston Respublikasi Milliy 
Havfsizlik Hizmati tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ishtirok etadigan har bir 
davlat organlarining vakillari ham ko`rsatib o`tilgan.
Terrorchilik harakatlarini bartaraf etishda birinchi navbatda aholi hayoti havf 
ostida qolsa hamda moddiy va ma’naviy boyliklarni saqlab qolish maqsadida kuch 
ishlatmaslik uchun muzokaralar olib borish mumkin. Bunda ruhsat etilgan 
shahslargina muzokarani olib boradilar. Biroq muzokaralarning olib borilishi 
terrorchilarning sodir etgan jinoyatidagi javobgarlik olib tashlanadi.
Muzokaralar terrorchilar harakatining ishtirokchilari tomonidan ijobiy hal 
bo`lmasa, ya’ni ular o`z harakatlarini to`htatishga rozi bo`lsalar, shuningdek 
fuqarolar hayotiga havf mavjud bo`lsa hamda moddiy va ma’naviy boyliklarning 
yo` bo`lishi aniq saqlanib turgan paytda, ularni qurolsizlantirish, va yo`q qilish 
uchun zarur choralar ko`riladi.
Har qanday terrorchilik harakati muayyan hududda yuz beradi. Terrochilikka 
qarshi operatsiya o`tkaziladigan zonaning chegaralari terrorchilikka qarshi 
operatsiya o`tkazish rahbarlari tomonidan belgilnadai. Bunda hududning 
chegaralarini belgilashda hududning sharoiti, geografik tuzilishi, inshootlar o`ta 
muhim ob’ektlarning mavjud va mavjud emasligi, terrorchilik harakatlarining 
ko`lami va havfsizlik darajalari e’tiborga olinadi.
Terrorchilik harakatiga qarshi kurash olib borilayotgan paytda kurashayotgan 
shahslarga qonunga binoan quyidagi huquqlar beriladi:
• zaruriyat tug`ilganda ko`chada harakatlanuvchi transport vositalarini hamda 
yo`lovchilarni cheklash va ta’qiqlash;
• transport vositalarini ayrim hududlarga va ob’ektlarga kiritmaslik, hatto chet 
el diplomatik vakolatlarining konsultik transportlari ham;
• aholini havfli deb topilgan hududlardan, korhona, uy, bino, va boshqa 
ob’ektlardan chiqarib yuborish;
• jismoniy shahslarning shahsini aniqlash uchun ushlab turish;
• terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazayotgan shahslarning qonuniy talabini 
bajarmagan, terrorchilik harakati sodir bo`layotgan hududga suqilib kirishga 
uringan yoki shunday harakatlar sodir etayotgan shahslarni ushlash va tegishli 
organlarga olib borish;
• kechiktirish kishilar hayotiga havf solayotgan bo`lsa, terrorchilik harakati 
ishtirokchilarini ta’qib qilib istamagan paytda bino, korhona, ish joyi, uy va boshqa 
joylarga mone’liksiz kirish;
• terrorchilar harakatiga qarshi kurash olib borayotgan hududdan chiqayotgan 
yoki kirayotgan transport vositalarini, jismoniy shahslarni tekshirish;


• zaruriyat tug`ilganda, jismoniy shahslarning aloqa va transport vositalaridan 
foydalanish (bunga chet el diplomatik vakolathonalari hodimlarining aloqa va 
transport vositalari kirmaydi); Terrorchilikka qarshi kurashda mavjud bo`lgan 
qurol va tehnikalardan foydalanish mumkin.
Terrorizmga qarshi kurash jarayonida ommaviy ahborot vositalari bilan 
hamkorlikka ish olib boriladi. Shu bilan birga quyidagi ma’lumotlarning 
tarqalishiga yo`l qo`yilmaydi. Jumladan:
1. terrorchilik harakatini bartaraf etish va yo`q qilish uchun mahsus tehnika 
usullari va taktik yondashish jarayoni;
2. o`tkazilayotgan operatsiyani qiyinlashtirib qo`yadigan, jismoniy shahslar 
hayoti va sog`lig`iga havf tug`diradigan ma’lumotlar;
3. terrorchilik harakatlariga hayrihohlik bildiradigan;
4. terrorchilik harakatini bartaraf etish faoliyat ko`rsatayotgan va ularga 
yordamlashayotgan shahslar haqidagi ma’lumotlardir;
Mamlakat barqarorligi aholining tinch va farovon hayotini buzilishiga qarshi 
ko`rsatuvchi shahslar ququqiy va ijtimoiy himoya qilinadi. Bu haqda "Terrorizmga 
qarshi kurash haqidagi" qonunning 25, 26, 28 bandlarida ko`rsatib o`tilgan.
Demak, terroristik harakatlar va ular olib kelishi mumkin bo`lgan 
oqibatlarning olidini olish uchun sergak bo`lishi, atrof - muhitga e’tibor bilan 
qarash muhim ahamiyat kasb etadi. Mobodo shubhali buyumlar aniqlanganda 
ularga tegmaslik, joyidan qo`zg`atmaslik, ko`tarmaslik, ichini ochmaslik lozim. 
Zudlik bilan tegishli organlarga habar berish kerak.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling