Reja: Ajratgichlarni


Download 1.33 Mb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1428920
  1   2
Bog'liq
40. Himoyalarni sxemalarini bu qurilmalarda qo


Himoyalarni sxemalarini bu qurilmalarda qo’llanilishi.
Reja:

  1. Ajratgichlarni himoya sxemalarini ishlatish.

  2. Bo‘lgich va qisqa tutashtirgichlar himoyada ishlatish.

  3. Bo‘lgich va qisqa tutashtirgichlarni nazorat qilish.


Ajratgichlarni himoya sxemalarini ishlatish.
Elektr qurilmalarini ishlatilishida, texnika xavfsizligi ta’minlanishi asosiy talablardan biri hisobilanadi.
Ajratgich – bu kontaktli kommutatsion apparat, elektr zanjirlarini toksiz yoki kam tok bilan, uchirilgan holatda izolyasiyalangan masofa, kontaktlar oralig‘ida xavfsizlikni ta’minlash uchun ajratish va ulashga mo‘ljallangan.Ta’mirlash davrida ajratgichlar bilan bo‘limlar orasida ko‘rinishli oraliq hosil qilinadi. Bu kuchlanish ostida qolgan va ta’mirlashga chiqarilgan apparatlarni bir-biridan ajratib to‘radi. Ajratgichlar bilan tok ostida ajratish mumkin emas, ular yoyni uchirish moslamasiga ega emas, sho‘nga ko‘ra kontaktlar orasida elektr yoyi hosilbo‘ladi, shu sababli ajratgichlar, o‘chirgichlar oldindan uchirilgan qurilmalar bo‘limlarini ulash va ajratish uchun foydalaniladi. Ajratgichlarni yuklama ostida ajratish o‘z-o‘zidan katta nosozliklarga olib kelishiga sabab bo‘ladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra elektr tarmoqlarida sodir bo‘layotgan nosozlikliklarning 20-30% ajratgichlarni yuklama ostida qayta ulab-ajratishlar bilan bog‘liq.
Elektr qurilmalar ishlatilishi sxemasini oddiylashtirish uchun [1.13] quyidagi ulash va ajratish operatsiyalari bajarilishi uchun ajratgichlar qo‘llaniladi: transformatorlarning neytralini erga va erga ajratgich yoy o‘chirgich reaktorlarida tarmoqdan erga ulanish bo‘lmaganda; barcha kuchlanishdagi jihozlar va shina zaryad tokini (kondensator batareyalardan tashqari);10 kV va past kuchlanishda tashqarida ishlaydigan qurilmalarning 15 A gacha bo‘lgan yuklama toklarini uch qutbli ajratgichlar bilan; agar Ajratgichlar zanjirda parallel kichik (Omli) qarshilik bilan sho‘ntlangan bo‘lsa shina ajratgichli yoki aylanib o‘tuvchi o‘chirgich bilan operatsiyalar bajarishga ruxsat beriladi.
Ajratgichlarning tokni uchirish miqdoriga o‘ning konstruktiv tuzilishi (pichoqlarning gorizontal, vertikal joylashishi), qutblar orasidagi masofa, qurilma me’yorli kuchlanishi, shu sababli ruxsat etilish operatsiyasi qo‘llanma va direktiv ko‘rsatmalar orqali o‘rnatiladi. Misol uchun transformatorlar YUOKR (RPN) li bo‘lganida, ularni oldin uyg‘onmagan (yuklanishsiz) holatga keltirish kerak, cho‘nki magnitlanish tez kamayadi. Magnit o‘tkazgichda induksiya kamayganida, bu keltirilgan kuchlanishga bog‘liq.
Bo‘ndan tashqari, yuklanishsiz transformatorlarni uchirishda avvalo oldin neytralini ishonchli erlash kerak, agar transformator me’yorli ishlatilishiganholatida neytrali erlanmagan bo‘lsa. Agar transformator neytrali reaktor orqali erga ulangan bo‘lsa, oldin o‘ni ajratish zarur.
Agar zanjirda ajratgich va bo‘lgich birga bo‘lsa, u holda ajratish va ulash magnitlovchi tok va zaryadlovchi toklarni bo‘lgich bilan bajarish zarur, cho‘nki o‘ning prujinali dvigateli bor va bu operatsiyani tez bajaradi. Ajratgichlar elektr qurilmalar sxemasida asosiy o‘rinda to‘radi, shu sababli ularga quyidagi talablar qo‘yiladi: ochiq muhitda maksimal impul’sli kuchlanish elektr mustahkamligiga to‘g‘ri keladigan ko‘rinishli ochiq ajralishni tashkil qilish; QT toklarining oqimida termik va elektrdinamik chidamlilik; o‘zidan-o‘zi ajralishiga yo‘l qo‘ymaslik;ishlatilish o‘ta noqo‘lay ob-havolarda ham (muzlash, qor, shamol) aniq ulanish va ajralishi zarur.
Ajratgichlar qutblar soniga qarab – bir qutbli va uch qutbli, o‘rnatilishiga ko‘ra – bino ichki va tashqi qurilmalar uchun, konstruksiya tuzilishiga ko‘ra – qirquvchi, burilib aylanuvchi, platografli va osiluvchi to‘rli bo‘ladi. Montaj usuliga ko‘ra ajratgichlar vertikal va gorizontal pichoq joylashuvli bo‘ladi.
Qirkuvchi ajratgichlarto‘g‘ri pichog‘i birorta qo‘zg‘almas kontaktlar atrofida aylanadi, pichoq harakati o‘qning farforli tortqichi (tyaga) orqali yo‘naltiriladi. Kontaktlarga etarli bosim prujina orqali yaratiladi.



    1. – rasm. Chopuvchi rusumli ajratgichkontaktlar tizimi.

Chopuvchi to‘rdagi ajratgich kontakt tizimi keltirilgan,bu apparatning tshzilishini ko‘rib chiqamiz. Izolyatorlar 1 ustiga mis shina o‘rnatilgan, u to‘g‘ri burchak ostida bukilgan, u qo‘zgalmas kontakthisobilanadi 2. Kontaktning yon tomonlariga 2 silindr yuza kurinishida ishlov berilgan, shu sababli pichoq bilan plastina 6 liniyali kontakthosil qiladi. Prujinalar 4 o‘zak 5 ga kiydirilgan, po‘lat plastinkalarga 3 bosib to‘radi, ular o‘z cho‘qqisi bilan pichoqni qo‘zg‘almas kontaktga siqadi.Kontaktda bosim yuqori bo‘lgani sari, almashuv qarshiligi sho‘ncha kam, lekin kontaktlar emirilishi ko‘payadi, cho‘nki ulaganda va ajratganda ishqalanish hisobiga katta kuch sarflanadi ajratgichlar bilan operatsiya bajarilganida. Ajratgichdagi ikkinchi izolyatorda xuddi sho‘nday konstruksiyaga ega, lekin kontaktlari suruluvchi, sharnirli, ajraluvchi emas, cho‘nki pichoq o‘q7 atrofida aylanadi.


8.2 – rasm. RVRZ rusumli ajratgich 20 kV me’yorli toki 8000 A, chegaraviy QT sidirg‘a toki 300 kV va sidirg‘a termik chidamli toki 112 kA (qutblar oralig‘i 700 mm). Vertikal chopuvchi rusumdagi qutb kontakttizimli, dinamik bardoshligi har bir kontakt pichog‘i 1 magnitli qo‘lf bilan jihozlangan. Kontaktlar tizimi qutblari to‘rtta tayanch izolyatorlarga mahkamlanadi. Farforli izolyator 3 tortqichlar orqali pichoqlar harakatga keladi. Ulash va ajratishdagi kuch kamayishi kontakt bosimni olish mexan i
8.2 - rasm.Bino ichida o‘rnatiladigan ikki erga zaminlagich pichoqli RVRZ-2-20/800 rusumli chopqichli ajratgich(bitta qo‘tbi): 1 – asosiy kontaktlar holati; 2 –harakatsiz kontakt; 3 – farforli tortgich; 4 – tayanch izolyator; 5 – rama; 6 – erga zaminlagich pichoq; 7 – erga zaminlagich pichoq va asosiy pichoqlar oralig‘idagi blokirovka
zmi qabo‘l qiladi. Erlovchi pichoq 6 sharnirli yoki sug‘iriladigan kontakt tomonida joylashgan yoki ikki tomonlama. Uch qutbli o‘rnatilganida ular umumiy mis shinaga tutashtiriladi. Asosiy pichoklar ulanganida erga zaminlagich pichoklar ulanmasligi uchun mexanikblokirovkaga ega. Erga zaminlagich pichoqlarni boshqarish uchun qo‘lda yuritmali qo‘llaniladi, elkali tizimlardan iborat, dastakdan harakatni o‘qqa uzatadi (PR) yoki chervyakli yuritmaga (PI). Asosiy pichoqlarni ulash va ajratish elektr motorli yuritma orqali (PRV), shu operatsiyalar masofadan bajariladi.
.

Ajratgichning ulangan va ajratilgan holati dvigatel elkalari tizimida ushlab to‘riladi, mustaqil ulanish yoki ajralish chegaralanadi.


Ajratgichlarni tashqarida ishlatilishi. Ochiq taqsimlovchi jihozlarda o‘rnatiladiganajratgichlar, etarli izolyasiyaga ega bo‘lishi kerak va o‘z vazifasini atrof-muhit noqo‘lay sharoitlarida ishonchli bajarishi zarur.
Bir vaqtlar chopuvchi ajratgichlar keng qo‘llanilardi. Ularning asosiy kamchiligi ajratishpichog‘ining o‘zo‘nligi.
Ajratgich RON(Z)-500/2000 pichog‘i ko‘tarilganida 9,8 m ni tashkil qilar edi. Siqish kuchini kamaytirish uchun, pichoqni ko‘tarishga va pichoqning balandligini kamaytirish uchun, ajratgich ikki bo‘lakka bo‘linadi.
Ajratgich ikkita erga zaminlagich pichoqlar – qo‘lda ishlab dvigatelli.
Gorizontal – buriluvchi ajratgich rusumidagi ajratgichlar 10-750 kV kuchlanishlarga ishlab chiqariladi.
Ajratgichlar avtomatikasiz qo‘l yordamida ishlatiladigan yuritmalar bilan jihozlanadi. Agar avtomati dvigatel bilan jihozlansa, u holda bir qancha operatsiyalarniavtomatik bajarishda foydalanish mumkin, ya’ni so‘n’iy qisqa tutashuv sodir qilishda, u holda o‘ni qisqatutashtirgich deb ataladi.
Tarmoqni avtomatik ravishda toksiz oraliqda ajratilsa bo‘lgich deb ataladi. O‘chirgichsiz elektr qurilmalarida ajratgichlar sho‘nday ko‘llanilishni topdi. Elektr tizimida ishlatilishida ko‘p tarqalgan ajratgichto‘rlari quyidagilar: RV, RVF, RVZ, RND. To‘r belgilanish harflari: R – ajratgich, V – bino ichi qurilmalari, N – ochiq havodagi qurilmalarda, F – tayanch izolyatorli, 3 – erga ajratgich pichokli, D – ikki usto‘nli (kolonkali). Harflardan keyingi sonlar: birinchisi – me’yorli kuchlanish (kV), ikkinchisi – me’yoriy tok (A) ni belgilaydi.


Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling