Reja: Alisher Navoiy ona tili uchun ko`rash bayroqdorlari


Download 22.49 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi22.49 Kb.
#1379570
Bog'liq
Документ

MAVZU: NAVOIY DAVRI O`ZBEK ADABIY TILI.


REJA:

Alisher Navoiy ona tili uchun ko`rash bayroqdorlari.

Alisher Navoiyning adabiy tili haqida


O`zbek adabiy tili tarixida XY asrning ikkinchi yarmi bevosita buyuk o`zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning ijodiy-ilmiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyati bilan bog`liqdir.

Navoiy ijodida uning barcha asarlarida adabiy tilning yagona umumxalq me`yorlar, umumiy qoidalari to`la shakllanadi va qat`iy tarzda belgilanadi. Tildagi barcha mantiqiy, uslubiy va ijtimoiy tarixiy qatlamlar umumxalq xususiyatlariga ega bo`lib bordi, yagona bir butunlikka birlashdi.

Shuni qayd qilish kerakki, bu davr adabiy tili faqat Navoiyning adabiy-ilmiy va ijtimoiy faoliyati bilangina emas, balki Navoiyning o`tmishdoshlari, zamondoshlari va izdoshlari faoliyat bilan ham uzviy ravishda bog`langan. O`zbek adabiy tilining tashkil topishi va rivojlanishida ular ham o`zlarining muayyan hissalarini qo`shdilar.

O`zbek badiiy adabiyot tilining tashkil topishida, so`zlashuv adabiiy tili me`yorlarini ishlab chiqish va tartibga solish hamda adabiiy tilni jonli so`zlashuv tiliga yaqinlashtirish jarayonida Xorazmiy, Durbek, Amiriy kabi adiblarning asarlari orqali zamin tayyorlagan bo`lsa, Atoiy,Sakkokiy va Lutfiy she`riyatida bu jarayon yana ham taraqqiy ettirildi. So`zlashuv tiliga xos til vositalari adabiiy til unsurlari bilan qo`shilib ketadi, uning tarkibiy qismiga aylanadi. Navoiy ijodida, uning asarlarida hamma adabiy janrlarga xos badiiy matnlarda o`z davri adabiy tilining taraqqiyoti, takomillashib borishi uchun zarur bo`lgan barcha vositalar xalq tili boyliklari bilan uyg`unlashib qo`shilib ketadi.

Alisher Navoiy tili o`z tarixiy-tadrijiy rivojlanishi ham, uslubiy boyligi va rang- baraogligi tomonidan ham juda murakkab hodisadir. Uning asarlarida faqat Navoiyning o`ziga xos xususiy til hodisalari, individual ijodiy xususiyatlarigina aks etib qolgan emas. Balki, shu bilan birga u o`zbek tilining boy imkoniyatlaridan keng foydalangan holda o`z davri adabiy tili va adabiyotning xilma-xil uslublarini ishlab chiqdi.

O`rta asrlarda, XIII-XV asrlar davomida Yaqin va O`rta harq mamlakatlarida ikki il-din va ilm- fan sohasida arab tilini qo`llash hamda badiiy ijodda fors-tojik tilida asarlar yaratish an`anaga aylanib qolgan edi. Xalqimiz orasida etishib chiqqan buyuk allomalar Al-Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Maxmud Qoshg`ariy kabilar o`z asarlarini ona tilida emas, balki ana shu an`anaga ko`ra arab tilida yozdilar. Badiiy adabiyotda esa fors-tojik adabiy tili an`analarining ta`siri ancha kuchli edi. Bu an`ana Navoiy yashagan davrlarda ham katta mavqega ega edi.

Uning ta`siri ostida hatto o`zbek xalqi orasidan etishib chiqqan shoir- yozuvchilar ham ona tiliga nisbatan noto`g`ri munosabatda bo`ldilar. Ular turk-o`zbek tilini dag`al til, unda nozik his-tuyg`ularni nafiya tarzda ifodalab bo`lmaydi degan g`ayri ilmiy, noto`g`ri fikrlarni ilgari surar edilar. Mana sShunday sharoitda Alisher Navoiy ona tilini himoya qilish uchun kurash bayroqdori, ona tilining boyligi va sofligi uchun tolmas kurashchi sifatida maydonga chiqdi. Ona tilining qimmatli va ahamiyatini kamsituvchilarga qarshi kurashdi. O`z ona tili- turk- o`zbek tilining boyligini, qudrat va salahiyatini, uning cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligini katta kuch va g`ayrat bilan himoya qildi, uni she`riyat osmoniga ko`tardi. Hu bilan birga, u fors-tojik va adabiyotining taraqqiyotiga ham munosib hissa qo`shdi.

Navoiy o`zining ona tili uchun olib borgan kurashini uch yo`nalishga, ya`ni buyuk shoir va yozuvchi sifatida, oliy martabali yirik davlat arbobi hamda ulug` mutafakkur, tilshunos olim sifatida davom ettirdi.

U o`zining ajoyib nazm durdonalarini, yuksak badiiy qimmatga ega bo`lgan «Xazoyin- ul maoniy», «Xamsa» kabi asarlarini ona tilida yozish orqali turk-o`zbek tilining qudratini, uning boy tavsiriy vosita va imkoniyatlarga ega ekanligini, to`liq ma`noda badiiy adabiyot tili ekanligini amaliy tarzda isbotlab berdi. Navoiy o`z adabiy- badiiy asarlarini yaratish jarayonida juda muhim va murakkab ikki vazifani- o`zbek adabiy tilini yuksak darajada rivojantirish va takomillashtirish, uning hozirgi o`zbek adabiy tiliga xos adabiy uslubiy me`yorlarini ishlab chiqish hamda tom ma`nodagi o`zbek adabiyotini yaratish, undan xalq ommasini bahramand qilish vazifalarini amalga oshirdi.

Turk- o`zbek adabiy tilini ijtimoiy-siyosiy jihatdan himoya qilish- Navoiyning ona tili uchun, uning davlat tili bo`lishi uchun olib borgan kurashning ikkinchi yo`nalishini tashkil qilardi. Navoiy ko`p yillar davomida Xusayn Boyqaro saroyida muhrdor, vaziri a`zam, amiri kabir singari mas`uliyatli lavozimlarda ishlagan, saroyda, devon va mahkamalarda rasmiy ish yuritilishi sohalariga rahbarlik qilgan. Podshohlikning amiri kabiri sifatida davlat devonxonalarida rasmiy ish yuoiishda, noma, farmon va buyruqlar yozib tayyorlanda fors- tojik tili bilan birga o`zbek tilini ham keng qo`llagan, uni davlat tili darajasiga ko`tarish uchun juda ko`p kuch- g`ayrat sarfladi. «Xalq bilan xalq tilida so`zlashish kerak», degan aqidaga amal qilgan Navoiy, ayniqsa Xusayn Boyqaro va shaxzodalarga yozgan maktublariga, hokimlar, doruga va devonbegilariga, tuoli amaldorlar va do`stlariga yo`llagan noma va xatlarida ona tilini yo`qlaydi, targ`ib qiladi. Turlicha farmon va buyruqlarni, har xil rasmiy ish hujjatlarini keng xalq ommasiga tushunadigan ana shu tilda olib borish lozimligini qat`iy turib talab qiladi va bu borada ancha samarali natijalarga erishdi.

Ulug` mutafakkir olim Alisher Navoiyning ona tilining boyligi va mustaqilligi uchun olib borgan kurashining yana bir muhim tomoni uning til haqidagi ilmiy-nazariy qarashlari hisoblanadi. U etuk tilshunos olim sifatida, o`zining mashhur asari «Muhokamat-ul lug`atayn» asarini yozdi. Bu kitobda o`zining o`zbek adabiy tilini asoslash, o`zbek adabiyotini yaratish, uni rivojlantirish sohalarida olib borgan kurashini, ko`p yillik mehnatlari va boy tajribalarini umumlashtirdi, chuqur ilmiy-nazariy xulosalar chiqardi. U o`ziga xos g`oyaviy teranlik bilan aniq va mukammal til vositalari asosida o`z davridagi adabiy til va badiiy adabiyotning, shuni ngdek keyingi davrlar adabiyotining ham xilma-xil uslublarini ishlab chiqdi. O`ziga qadar maydonga kelgan o`zbek xalq badiiy san`atining eng yaxshi uslubiy yutuqlarini o`z tiliga singdirib oldi, o`zbek xalq va mumtoz she`riyatning turlicha uslub va janrlarida ijod qildi, asarlar yozdi, uni yangi uslublar, vositalar bilan boyitdi va shu asosda o`zbek adabiy tili uslubiyatini ishlab chiqdi.

Navoiyning ona tili uchun olib borgan kurashlari osonlikcha kechmadi. Bu yo`lda u katta qiyinchiliklarga, zodagonlar, bek-amaldorlarning qarashligiga o`z xalqi orasidan chiqqan forsiyparast shoir-yozuvchilarning ta`na-malomatlariga duch keldi. Ammo Navoiy o`zining haqligiga, o`zi olib borgan ishning muqaddas va murakkab ekanligiga to`la ishonar edi. Bu ish o`z xalqining tarixi va taqdiri bilan bog`liq bo`lgan katta davlat, umumxalq ahamiyatiga ega ish ekanligini yaxshi bilar edi. Uning orzusi o`z xalqining tilini yuksak daraja rivojlantirish, uning istiqbolini, kelgusi taraqqiyot yo`lini belgilash, o`z xalqi uchun hamma sohalarda fors-tojik tilidagidek rivojlangan adabiyot yaratish, uni badiiy ijodning yaxshi durdonalaridan bahramand qilishdan iborat edi. Bu orzu unga katta kuch bag`ishlar edi. Darhaqiqat, Navoiy o`z orzu, o`z kurashi yo`lidagi barcha ziddiyatlar va mone`liklarni engib o`tdi va ajoyib natijalarga erishdi. U o`z ona tilini har xil ta`na- malomatlardan batamom xalos qildi, uning salohiyatini, go`zalligini rad etib bo`lmas dalillar asosida isbotladi, uni badiiy ijodning eng yaxshi durdonalaridan bahramand qilishdan iborat edi. Bu orzu unga katta kuch bag`ishlar edi. Darhaqiqat, Navoiy o`z orzu, o`z kurashi yo`lidagi barcha ziddiyatlar va moneliklarni engib o`tdi va ajoyib natijalarga erishdi. U o`z ona tilini har xil ta`na-malomatlardan batamom xalos qildi, uning salohiyatini, go`zalligini rad etib bo`lmas dalillar asosida isbotladi, uni taraqqiy ettirdi. O`zbek adabiyotini fors-tojik tilidan yozilgan asarlar bilan musobaqa qila oladian bebaho asarlar bilan boyitdi.

O`zbek adabiy tili, o`zbek adabiyotini rivojlantirish sohasida qo`ygan vazifalarni yuksak darajada ado etgan Alisher Navoiy o`z xalqi uchun, uning madaniyati uchun va umuman kelgusi ajdodlar uchun katta sharafli ishlarni amalga oshirdi, bu bilan farqlanib:

Turk nazmida chu tortib men alam,

Ayladim ul mamlakatni yakkalam.

Yoki:

Men ul menki, to turk bedodidur,



Bu til birla to nazm bunyodidur.

Falak kurmadi men kabi nodire,

Nizomi kabi nazm aro kodire.

Deb ajoyib faxrlanib yozadi.

Ona tili uchun tolmas kurashchi Alisher Navoiyning bu sohadagi buyuk xizmatlarini ulug` olim va yozuvchilar – fransiyalik Dyu Belli (XYI), italiyalik Dante (XYIII-XIX) hamda buyuk rus olimi M.Lomonosov xizmatlari bilan tenglashtirish mumkin. Bu yozuvchi va olimlar ham o`rta asrlarda adabiy til sifatida lotin va eski cherkov-slavyan tillari qo`llagan davrlarda o`z ona tillarining ravnaqi uchun, ularning adabiy tillar sifatida qo`llanishi uchun kurashgan ajoyib vatanparvarlar edilar.

Alisher Navoiy adabiy tili, uning jonli so`zlashuv tili va o`zbek adabiy tiliga munosabati masalasi ancha murakkab bo`lib, bu haqda olimlar tomonidan turlicha fikrlar bayon etilgan. Bu haqdagi dastlabki ma`lumotlar Boburning mashhur asari «Boburnoma»da keltirilgan. Bobur Andijon shahri aholisi va uning tili haqida ma`lumot berib, u Navoiyning asarlari tiliga juda yaqin ekanligini qayd qiladi: eli turkdur shaxr va bozorisida turkiy bilmas kishi yo`qtur. Elining lafzi qalam bila rosttur. Ani uchunkim, Mir Alisher Navoiyning musannafoti bovujudkim Xirida nash`u namo topibtur, bu tilbiladur («Boburnoma» 60-b). Boburning bu fikri ma`lum tarixiy asosga ega. Chunki ikki madaniy markaz – sharqiy qarluq-chigil-uyg`ur hamda g`arbiy o`g`iz-qipchoq dialekt birliklari negizida shakllangan eski turkiy til asosida rivojlanib, XIII-XIY asrlarda to`la tashkil topgan umumxalq o`zbek adabiy tili juda katta hududda-Movarounnahr va Xurosonda keng qo`llangan. Bu adabiy tilning lug`at tarkibi, fonetik va morfologik qurilishi me`yorlari tarkib topan edi. Uning rivojlanishida, jonli so`o`zlashuv tiliga yoqinlashuvida Navoiyga qadar yashab ijod etgan shoir-yozuvchilarning xizmati ham katta bo`ldi. Mana shu adabiy til va uning ma`lum shevalarida so`zlashgan xalq, turk-o`zbek aholisi va XIY-XY asrlarda Farg`ona vodiysida, Toshkent vohasi, Samarqand viloyati va hozirgi Afg`onistonning shimoliy qismida yashaganlar. Demak, Navoiy asarlari ham xuddi mana shu tilda – turk-o`zbek tilida yozilgan edi.

X.Vamberi, I.Berezin, I.Ilminskiy kabi kator sharqshunos olimlar Boburning bu fikrini quvvatlaydilar. Lekin I.Ilminskiy Navoiy adabiy tili Andijon aholisining tiliga yaqin bo`lsa ham, aynan bir xil bo`lgan emas, deb ta`kidlaydi. Chunki, xalq jonli tilida arab va fors-tojik tilga xos so`zlar va iboralar Navoiy asarlarida bo`lganidek ko`p darajada bo`lgan emas.

Darhaqiqat, yirik rus olimi R.Melioranskiy ta`kidlagandek XIV-XV asrlarda Movarounnahrda, Xuroson va Xorazm vohasida iste`molda bo`lgan o`zbek adabiy tili o`z tarkibi, til bilan mahalliy shevalarning o`zaro munosabati jihatdan murakkab xususiyatga ega edi. Hu jihatdan Navoiyning adabiy tilini aniqlashda o`sha davrda adabiy tilining fonetik tizimini, tovush tarkibini aniqlash, uni sheva xususiyatlari bilan qiyoslash muhim ahamiyatga egadir. K. Yudaxin XIV-XIX asrlar o`zbek adabiy tilining tovush tarkibini aniqlashda o`ziga xos usulini qo`llaydi. Lutfiy va Amiriy tuyuqlaridagi qofiyalarning bir xil talaffuz qilinishi ko`rsatadi. Uning fikricha, Amiriyning bir tuyug`ida qo`llangan (o`t- olov, o`t- o`simlik, o`t-o`tib ket) so`zi qofiyaning talabiga ko`ra o`t tarzida bir xil aytiladi. Shuningdek, Lutfiyning bir tuyg`uda qo`llangan toshilin so`zida ham ( toshiddin – toshdan (kamin) tishidig tashqarisida va toshiddin – dindan tashqari) oxirgi bo`g`inida qisqa unli bio xil talaffuz qilinadi, ya`ni bu tuyuqlar singarmonizmga rioya qilib o`qilsa, qofiya hosil qilinmaydi. K. Yudaxin XIV-XIX asrlar o`zbek adabiy tilining tovush tarkibini aniqlashga o`ziga xos usulini qo`llaydi. Lutfiy va Amiriy tuyuqlaridagi qofiyalarning bir xil talaffuz qilinishini ko`rsatadi. Uning fikricha, Amiriyning bir tuyug`ida qo`llangan.

Ammo tarix va geografik jihatdan juda uzoq bo`lgan ikki shoirning ya`ni XIV-XV asrlarda Balx va Hirotda yashagan Lutfiy bilan XIX asrda Qo`qonda yashagan Amiriyning tili bir- biridan farq qilganligi, shu davrlar tilida tovush ohangdoshligi bu fikrni tasdiqlamaydi. Shuni aytish kerakki, o`zbek mumtoz she`riyatida qofiyalar hamda hamma vaqt ham qofiyalanuvchi so`zlarning to`la fonologik o`xshashligi darajasiga erishilmaydi. Shuni ng uchun bir so`z yo bo`g`inning fonema tarkibini bilish va u orqali boshqa so`z va bo`g`inlarning fonema tarkibini aniqlash etarli emas. Qofiyada eshitilishi jihatidan o`xshash, talaffuzi boshqa-boshqa bo`lgan so`zlarni qo`llash mumkinligi haqida Navoiyning o`zi aniq ma`lumot beradi. Navoiy «Muhokamat-ul lug`atayn» asarida unli tovushlarning turlicha talaffuz qilinishi haqida gapirib, , yoyi ma`rif – yoyi majhul orqali yozilishi bir xil aytilishi har xil so`zlardan bir qanchasini keltiradi, ularga izoh berad. Turkiy tilda bu harflarning har biri uch-to`rttadan muqobilga ega ekanligini ko`rsatadi «… turki domdur, yana turni andin dakikdokdurki, uyning turidur va turki barchadin arikdur». Ko`rinadiki, Navoiy tovushlarning qattiq yumshoqligiga e`tibor bergan, qattiq va yumshoq u, u (o) o, u (u), shuni ngdek e, i tovushlarini bir-biridan farqlay olgan. Yuqoridagi so`zlar va tovushlarning xususiyatini aniqlashda Navoiy o`zi uchun tayanch til negizi bo`lib xizmat qilgan o`zbek adabiy tiliga asoslanadi.

Shuningdek, -dagi (dagi-tag`in, yana va dagi ma`nosida), nari, nariroq va o`z ma`nolarida so`zlarning so`z o`yini lyxom san`atida qo`llanishi va aytilishi ham ochiq o unlisi xali alohida fonema darajasida ko`tarilmaganligini ko`rsatadi. Shuni ng uchun a fonemasining varianti, bir ko`rinishi deb qarash maqsadga muvofiq ko`rinadi.

XIV-XV asrlar o`zbek adabiy tilida, demak Alisher Navoiyda ham unlilar ohangdoshligining qattiq yumshoqlik va lab ohangdoshligi hodisasi saqlanganligini ko`rish mumkin: Barduk (borduk) – kelduk (kelduk) yoga (uyga)-kezga (kuzga) tilim-kozum (ko`zum) baim (borip)- korup (ko`rup) kabi. Hu bilan birga singarmonizm xodisasinig ba`zi xollarda buzila boshlaganligi ham ko`zga tashlanadi. Odamlig-odamlig kabi. Navoiy tili uchun xos undoshlarning qo`llanishida mustaqil lab-tish tovushi f ajralib turadi. Bu undosh aslida turkiy tillar jumlasidan, o`zbek tili uchun xos tovush emas. U o`zbek tiliga fors-tojik tili orqali arab tilidan kirib kelgan. Navoiy asarlarida f fonemasining qo`llanashi, uning p tovushiga o`tmasligi va p tovushi f undoshining kelishi kabilar o`zbek tilining Samarqand-Buxoro tipidagi shevalarga yaqinlashib kelishini ko`rsatadi: tuproq (tufroq, yaproq) yafroq).

Dedi: el ganju kuy ishkin nixoni?

Dedi: tufroqqa berman kimeni.

Zaif tanda g`amingdin yuz eski bulg`on dog`,



Har eski dog` bu shox uzra bir kuyuk yafroq.


Shunday qilib, Alisher Navoiy adabiy tili XIV-XV asrlardagi o`zbek adabiy tilining barcha leksik, fonetik va grammatik xususiyatlarini to`la ettiradi. U o`zbek shevalariga munosabati jihatidan bevosita karluk-chigil-uyg`ur til birligi bilan uzviy ravishda bog`langandir.
Download 22.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling