Alkanlar asosan tabiiy manba’lardan va sintez usuli bilan olinadi.
1.Alkanlarning asosiy manba’’i neft va tabiiy gazdir. Tabiiy gaz 95-98 % metan, 2-5% etan, propan, butandan iborat bo‘ladi. Neftni qayta ishlab alkanlarni aralashmasi olinadi.
2.Tosh yoki qo‘ng‘ir ko‘mirni vodorod bilan molibden, volfram va nikel metallarining oksidlari va sulfidlari ishtirokida 450-470oS, 300 atm bosimda gidrogenlanadi. Buning natijasida alkanlar va sikloalkanlar hosil bo‘ladi.
3.Fisher-Tropsh usuli. Uglerod(II)- yoki (IV)-oksidi kobalt va temir katalizatorlari ishtirokida qaytarilsa alkanlarning aralashmasi hosil bo‘ladi:
4.Karbidlardan olish. Ayrim karbidlarga suv ta’sir ettirib metan olinadi:
Al4C3 + 12H2O 3CH4 + 4Al(OH)3
5.Vyurs (1855 y.) reaksiyasi bo‘yicha galogenalkanlardan olish:
2CH3CH2CH2CH2Vr + 2Na C8N18 + 2NaBr.
Bu usul bilan juft uglerod atomi tutgan alkanlarni olish yaxshi unum bilan boradi. Toq sonli uglerod atomi tutgan alkanlarni har xil galogenalkanlardan olinganligi sababli alkanlarning aralashmasi hosil bo‘ladi:
CH3CH2CH2Vr + CH3CH2Vr + 2Na C5N12 + C6N14 Q C4N10 + 2NaBr
Bunday reaksiyani litiy metali va mis tuzlari ishtirokida efir eritmasida olib borilsa yuqori unum bilan alkan hosil bo‘ladi (Kori-Xaus reaksiyasi):
CH3X + 2Li CH3Li + LiX 2CH3Li + CuI (CH3)2LiCu + LiI
(CH3)2LiCu + C5H11I C6H14 + CuI + LiI
Galogenalkanlarning reaksiyaga kirishish qobiliyati va reaksiya unumi quyidagi qatorda o‘zgaradi: RX (100%) R2CHX (50%) R3X (30%)
6.Kislota tuzlaridan olish RCOONa + NaOH RH + NaCO3.
7.Organik birikmalarni qaytarib olish:
Do'stlaringiz bilan baham: |