Reja: Amir Temur dvrida Movaraunnaxrda ilm-ma‘rifat rivoji, maktab, madrasa va pedagogik fikr. «Temur tuzuklari» ning tarbiyaviy ahamiyati


-masala. Mirzo ulug’bekning ilmiy-ma’rifatparvarlik faoliyati


Download 73.8 Kb.
bet3/8
Sana19.06.2023
Hajmi73.8 Kb.
#1621729
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3. XIV-XVII asrlarda movaraunnaxrda ta‘lim-tarbiya va pedagogik fikrlar - копия

3-masala. Mirzo ulug’bekning ilmiy-ma’rifatparvarlik faoliyati
Ilm-fan va ma’rifatning rivojlanishida Ulug’bekning roli katta bo’ldi. Ulug’bek nomi bilan shuhrat qozongan Muhammad Tarag’ay 1394 yil 22 martda tug’ildi. Yuqorida aytganimizdek, Temur vafotidan keyin 4 yil davom etgan toj-taxt uchun kurashlari natijasida hokimiyat Ulug’bekning otasi Shohruh Mirzo qo’liga o’tdi. Shohruh Mirzo o’zi Xurosonda podsholik qilib, poytaxti Samarqand bo’lgan Movaraunnahrni Ulug’bekga topshirdi. Biroq Ulug’bek boshqa temuriy hukmdorlardan ko’p farq qilar edi. U yangi viloyatlarni qo’lga qo’lga kiritishga, davlatni kengaytirishga emas, balki ko’proq obodonchilikka, ilm-fan va ma’rifatning rivojlanishiga e’tibor berdi. Jumladan, u Buxoro, Samarqand, G’ijduvon va boshqa shaharlarda madrasalar qurdirdi. U Buxoro madrasasining darvozasiga «Ilmga intilish xar–bir muslim va muslima uchun karzu-farzdir. Degan xadisni yezdirib kuygan.Demak. u musulmon erkaklаr bilan bir qatorda xotin-qizlarning ham ilm olish huquqini himoya qilgan. Ayniqsa, Samarqanddagi Ulugbek madrasasi mamlakatda diniy va dunyoviy ilmlarni tarqatishda tabiiy fanlarni rivojlanishda o’ziga xos markaz rolini o’ynadi. Madrasaning birinchi mashg’ulotini mashhur olimlar Muhammad Xavofiy va Qozizoda Rumiylar o’tkazgan edi.Madrasa yirik ilmiy markazga aylandi. Ulug’bek, G’iyosiddin Jamshid, Abuali Birjandiy, Mansur Koshiy, Ali Qushchi, Maryam Chalabiy va boshqa olimlar astronomiya, matematika, geometriya va boshqa fanlardan muntazam ilmiy ish olib bordilar. Ulug’bek bu olimlarning yordami bilan Samarqandda Obirahmat arig’i yonida Ko’xaq tepaligida 1424 yilda katta rasadxona-observatoriya qurdi. Bu observatoriyadagi asboblar, jumladan asosiy asbob bo’lgan sekstant o’z aniqligi bilan XV asrning barcha observatoriyalaridagi asboblardan ustun turadi. Ulug’bek bu observatoriyada ertayu-kech kuzatish olib boradi, sayyoralar olamining sirlarini aniqlaydi. 1018 yulduzning holati va harakatini o’rganib chiqadi.
Astronomiya fanini yangi taraqqiyot pog’onasiga ko’taradi. O’z kuzatishlarini yakunlab o’zining yirik asari «Ziji jadidi Ko’ragoniy (Yangi Ko’ragoniy yulduzlar jadvali)ni» yozadi. Bu asar nazariy kirish qism va 4 katta bobdan iborat. Kirish qismida «Din tumanday to’zg’ib ketadi. Podsholiklar emiriladi, ammo olimlarning xizmatlari mangu qoladi»-deb yozadi. Shuning bilan insoniyat uchun fanning ahamiyatini yuksak baholaydi. Bu asarida Ulug’bek hindlar, greklar, eronliklar va boshqa xalqlarning kalendarlarini tanqidiy tahlil qilib, o’zidan oldin o’tgan Erotosfen, Gipparx, Ptolomey, Al-Battoniy, Ibn Yunus, Nasriddin Tusiy va boshqa astronomlarning muvaffaqiyatlarini orqada qoldirgan edi. Sayyoralar olamini o’rganishda, yil, hafta, kecha-kunduzni belgilashda mislsiz katta yutuqlarga erishdi. Ulug’bek yilni takomillashmagan asboblar bilan o’lchab hisoblashda atigi 58 sekundda xato qilgan (hozirgi zamon hisobi bo’yicha 2 yil 365 kun 6 soat 9 minut 10 sekunddan iborat).
Ulug’bek tuzgan bu yulduzlar jadvali vaqt ustidan nazorat qilishda, kun, hafta, oy va yillarni to’g’ri belgilashda shahar va mamlakatlarning koordinatalarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
1 oy harakatiga hijriy kalendar asoslangan arab kalendari bo’yicha hisoblaganda har yuz yilda 3 yil tafovut chiqadi. (Hozirgi Grigoryan kalendarida ham har 4 yilda 1 kun ortib qoladi. U qobisa yiliga qo’shib hisoblanadi). Ulug’bek san’at ahillari va shoirlarga homiylik qilgan. Ma’lumotlarga ko’ra, u muzika kuylari ham yaratgan, she’rlar yozgan. Ulug’bekning ilm va ma’rifat bilan keng shug’ullanishi, san’at va adabiyotga ixlosi xotin-qizlar taqdiriga gumanistik munosabatda bo’lishi va boshqa ilg’or harakatlari reaktsion ruhoniylar boshchiligida barcha reaktsion qora kuchlarni o’rtadan olib tashlash uchun chora-tadbir ko’rdilar. Ulug’bek 1449 yil 27 oktyabrda yovuzlarcha o’ldirdi
Samarqand Ulug’bekdan keyin ham uzoq vaqtgacha O’rta Osiyoning katta ilmiy va madaniy markaz bo’lib qoldi. XV asrning ikkinchi yarmida maydonga chiqqan buyuk Alisher Navoiy ham, uning ustozi Jomiy ham Samarqandda o’qiganlar.
Hirot asta-sekin Xuroson va Movaraunnahrning yirik madaniy markaziga aylana boshladi. Bu shaharda XV asrning II yarmida adabiyot, san’at, maorif, muzika, xattotlik, minatyura san’ati taraqqiy eta bordi.



Download 73.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling