Reja: Amir Temur dvrida Movaraunnaxrda ilm-ma‘rifat rivoji, maktab, madrasa va pedagogik fikr. «Temur tuzuklari» ning tarbiyaviy ahamiyati


-masala. Abu Lays as- Samarqandiyning «Bo’ston ul orifin» asarida ilm- ma‘rifat haqidagi fikrlari


Download 73.8 Kb.
bet2/8
Sana19.06.2023
Hajmi73.8 Kb.
#1621729
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3. XIV-XVII asrlarda movaraunnaxrda ta‘lim-tarbiya va pedagogik fikrlar - копия

2-masala. Abu Lays as- Samarqandiyning «Bo’ston ul orifin» asarida ilm- ma‘rifat haqidagi fikrlari.
Abu Lays Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim as-Samarqandiy 1003 yilda vafot etgan. Mashhur qonunshunos va ilohiyot olimi Samarqand shayxulislomi Abu Lays Samarqanday didaktik xarakterga ega bo’lgan «Fiqh xazinasi», «Oriflar bo’stoni», «Qur’on tafsiri» va shunga o’xshagan bir qancha asarlari mashhurdir.
Sun’iy sug’orishga asoslangan xo’jalikni rivojlantirish, kemasozlik, dengiz sayohati va boshqalar astronomiya, geometriya, matematika va boshqalar tabiiy fanlarning tarqqiy etishini taqazo qilsa, jamiyatning ma’naviy ehtiyoji gumanitar fanlarning o’sishini talab qilar edi. Tabiiy fanlardan ayniqsa astronomiya fani yuksaldi.
Astronomiya fanining yutuqlari, xususan XV asrning birinchi yarmida samarqandda yashab, tadqiqot ishlarini olib borgan Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid va Ali Qushchi kabi buyuk olimlarning faoliyati bilan bog’liqdir. Ulug’bekning astranomik jadvali va uning rahbarligida bino qilingan rasadxona o’sha davr astranomiya fani yutuqlarining cho’qqisi bo’lib, fanning keyingi taraqqiyotida chuqur iz qoldirdi. Meditsina sohasida Ibn Sino ta’limotini davom ettirgan va rivojlantirgan Chagminiy, Faxriddin Xo’jjandiy, Sultonali Xo’jjandiy, Yusuf tabib kabi etishdi.
Gumanitar fanlar tarix, adabiyotshunoslik, tilshunoslik va fanlar o’sdi. Tarix fani sohasida Temurning urush-yurishlarini tasvirlovchi «Zafarnoma» asarining avtori Sharofiddin Ali Yazdiy, «Zubdatut Tayorix» asarini yozgan Xufizu Abru, «Matlaus-Sa’dain» asarini yaratgan Abdurazzoq Samarqandiy, 7 jildlik «Ravzatus safo» asarini bitgan Mirxond, shuningdek Xondamir, ibn Arab shoh Zayniddin Vosifiy va boshqalar etishdi. Bu tarixchilarning boy faktik materiallar to’plagan.
Adabiyotshunoslik sohasida tazkiralar, aruz vazni nazariyasi, qofiya va boshqalarga doir misollar yaratildi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoul Husayniy, Koshiriy kabi adabiyotshunoslar etishdi. Tilshunoslik sohasida nazariy tadqiqotlar olib borildi. Arab tili grammatikasiga doir asarlar, lug’atlar paydo bo’ldi. «Muhokamatul-lug’atayn».



Download 73.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling