Reja Antibiotiklar haqida umumiy tushuncha. Antibiotik sintez qiluvchi aktinamitsitlar turlari
Download 139.57 Kb.
|
Aktinamitsitlar ajratish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-gurux. Anzamisinlar
- Str.spectabilis
- Str.collinus
- Rifampisin
- Streptomyces spheroides
Birinchi guruxga: Str.erythreus xosil qiladigan eritromisin, oleandomisin (Str.antibioticus sintezlaydigan), Str.halstedii kulüturasidan ajratilgan magnomisin va boshqalar;
Ikkinchi guruxga: Str.filipensis sintezlaydigan filipin, Str.notalensis dan olingan pimorisin va boshqalar. Antibiotik -makrolidlar penisilin, tetrasiklin va streptomisinga chidamli bakteriyalarning o‘sishini to‘xtatadi 5-gurux. Anzamisinlar - bunga kiruvchi antibiotiklarni aktinomisetlar, nokardiyalar, ayrim tur yuksak o‘simliklar sintezlaydi. Bu gurux antibiotiklar o‘zining nomini molekulasining xarakterli to‘zilishidan olgan. Guruxdagi birikmalar aromatic yadroga u bilan bog‘langan makrosiklik alifatik bog‘ga ega, uni anza-bog‘ deb aytiladi (anda-lotinchada qalam degani). SHuni aytib o‘tish kerakki, anzamisinlarning makrolid antibiotiklardan farqi ularni lakton bog‘iga ega emasligidir. Anzomisinlar, bakteriyalarga nisbatan ayrim viruslarga va birqancha eukariotlarga biologik ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lum tabiiy anzomisinlar ichida quyidagilarni aytish mumkin: streptovarisinlar (Str.spectabilis kulüturasi xosil qiladi); rafomisinlar (Nocardia mediterranea, Micromonospora ning ayrim turlari xosil qiladi); tolipomisinlar (Str.tolypophorus sintezlaydi); galamisinlar (Micromonospora halophytica sintezlaydi); maytanzinoidlar (Nocordia va ayrim o‘simliklar turlari sintezlaydi: Mautenis, Colubrina); naftomisin Str.collinus sintezlaydi; gelüdanamisin (Str.hygroscopicus xayot faoliyatidagi maxsulot) va boshqalar. Eng katta amaliy qiziqishga ega rafamisinlardir, bular juda katta guruxni tashkil qiladi (mingga yaqin), tabiiy va yarim sintetik preparatlardir. Bu anzamisinlar ichida rafamisin SV (rifosin); rifampisin va rifamid keng spektr ta’sirga ega antibiotiklardir, bular tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Rifampisin klinikada tuberkulyozga qarshi qimmatli preparat sifatida qo‘llaniladi. Bu antibiotik bakteriya DNK siga bog‘liq bo‘lgan RNK-polimerazani sintezini to‘xtatadi. Novobiosin. Aktinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklardan muxim amaliy axamiyatga ega bo‘lgan novobiosinni albatta aytib o‘tish lozim bo‘ladi. Bu antibiotikni Streptomyces spheroides kulüturasidan olingan. U grammusbat va ayrim grammanfiy baktriyalarni o‘sishini to‘xtatadi. Antibiotikni muxim xususiyati penisillinga, streptomisinga, eritromisinga, tetrasiklinga, neomisinga chidamli bakteriyalarni o‘ldiradi. Novobiosin pnevmoniyaning turli xil shakllarini davolashda, enterokokklarga, flegmon, anginalarga va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi ishlatiladi. Etiboringiz uchun rahmat!!! Download 139.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling