Reja Antibiotiklar haqida umumiy tushuncha. Antibiotik sintez qiluvchi aktinamitsitlar turlari


Download 139.57 Kb.
bet2/3
Sana10.02.2023
Hajmi139.57 Kb.
#1185113
1   2   3
Bog'liq
Aktinamitsitlar ajratish

2-gurux. Tetrasiklinlar- ushbu antibiotiklariga: xlortetrasiklin-Streptomyces aureofaciens xosil qiladi; Str.rimosus kulüturasi sintez qiladigan oksitetrasiklin; Str.aureofaciens ning ma’lum shtammlari ishlab chiqaradigan tetrasiklin olingan. Tabiy xolda tetrasiklinlar xosil qiladiganlarni kimyoviy modifikasiya qilish orqali antimikrob xususiyati o‘zgargan antibiotik preparatlar olish imkoniyati aniqlandi.
Masalan, oksitetrasiklin molekulalarini modifikasiyalab yangi antibiotiklar metasiklin (rondomisin) va doksisiklin, 6-metiltetrasiklinning molekulasi o‘zgartirilish natijasida esa- minosiklin olingan. Biologik va kimyoviy sintez birlashmasi natijasida olingan bu yangi antibiotiklar odatdagi tetrasiklinga chidamli bir qancha mikroorganizmlarni o‘sishini to‘xtatish qobiliyatiga ega
3-gurux. Aktinomisinlar - antibiotik aktinomisinlar katta (yuzdan ortiq preparatlar) gurux bo‘lib, kimyoviy tuzilishi jaxatidan bir biriga yaqin 20 dan ortiq tur 79 aktinomisetlar, jumladan Streptomyces antibioticus, Str. chrysomallus, Str.flavus xosil qiladigan moddalardir. Aktinomisinlar kimyoviy tuzilishi bo‘yicha xromopeptidlarga kiradi, bu antibiotiklar uchun umumiy bo‘lgan fenoksazin xromofor guruxli va ikkita polipeptiddan iborat. Xar bitta polipeptid tarkibiga lakton sikli kiradi, buning uzilishi preparatni biologik faolligini yo‘qotishga olib keladi.
Aktinomisinlarning xilma-xilligi polipeptidlar molekulasi tarkibiga kiradigan aminokislotalarni xilma-xilligiga bog‘liq. Bu guruxga kiradigan antibiotiklarning muxim xususiyati ayrim aktinomisinlar rak xosil qiluvchi xujayralar rivojini to‘xtatish qobiliyatiga egaligidir.
4-gurux. Makrolidlar - bir qancha sonli birikmalarni birlashtiradi, shular ichida eng muximlari eritromisin, magnamisin, oleandomisin va boshqalar. Biologik ta’siri bo‘yicha makrolidlarni ikki guruxga bo‘lish mumkin: grammusbat bakteriyalarning taraqqiyotini to‘xtatuvchi antibiotiklar va zamburug‘larga qarshi faollikka ega, bakteriyalarga kam ta’sir qiladigan antibiotiklar.

Download 139.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling