Reja: Aqida hamda kalom ilmlari va ularni o’rganuvchi manbalar


Download 168.75 Kb.
bet15/23
Sana24.10.2023
Hajmi168.75 Kb.
#1718009
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
2-mavzu sirtqi

Imom Abu Hanifa. Hanafiy mazhabining asoschisi al-Imom al-A‘zam Abu Hanifa an-Nu‘mon ibn Sobit al-Kufiy (80-150G’699-767) – forslardan bo’lib, Umaviylar (661-750) va Abbosiylar (750-1258) davlati ayni avj olgan davrda yashagan taba‘a tobi‘inlardandir. Manbalarda uning otasi Sobit asli Xurosondan ekanligi qayd etiladi. «Abu Hanifaning o’zi esa, Anas ibn Molik bilan uchrashgan va undan «Ilm talab qilish har bir muslim uchun farzdir» hadisini rivoyat qilgan, shunga ko’ra, u tobi‘inlardan», degan ma’lumotni uchratish mumkin. Uni «ahli ra’y Imomi»,«ahli Iroq faqihi»,«hanafiy mazhabi sohibi» kabi nomlar bilan manbalarda keltiriladi. Kasbi gazlama savdosi bilan shug’ullanish edi. YOshlik chog’idayoq Qur’onni yod olgan. 18 yil ustozi Hammod ibn Abi Sulaymondan tahsil olgan. Fiqh ilmini Ibrohim an-Naxa‘iy va ash-Sha‘biydan olgan. Abu Hanifaning etuk shogirdlaridan Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy (132-189G’709-805), Abu Yusuf (113-182G’731-769)larni alohida aytib o’tish zarur.
Imom Molik. «Ashob al-hadis» oqimiga Hijozda Madina maktabi vakillari tomonidan asos solindi. Bunga ahli sunna imomlaridan Molik ibn Anas (93-179G’712-795) «o’z amaliyotida faqat Qur’on va hadisga suyanish ta’limoti»ning asoschisi bo’ldi. Manbalarga ko’ra, Molik ibn Anas butun umri davomida Madina (qadimgi nomi YAsrib) shahridan chiqmagan. Imom Molik nomi bilan mashhur bo’lgan mazkur faqih Molikiy mazhabining asoschisidir. Molik ibn Anasning mashhur «Kitob al-Muvatto’» nomli asari mavjud.
Imom Shofi‘iy. YUqorida nomlari va asoschilari zikr etilgan bu ikki oqimni ahl as-sunna imomlaridan bo’lmish Imom Shofi‘iy nomi bilan mashhur Muhammad ibn Idris ash-Shofi‘iy (151-179G’767-804) nazariy jihatdan birlashtirgan. U Shofi‘iy mazhabining asoschisi bo’lib, «al-Umm» nomli asar muallifidir.
Ahmad ibn Hanbal. Keyinchalik «as-Salafiyyun»lar oqimi tarafdori bo’lib ahl as-sunnaning to’rtinchi imomi deb e’tirof etiladigan Imom Ahmad ibn Hanbal (164-241G’781-855) o’z faoliyatini olib bordi. U Hanbaliy mazhabining asoschisidir. Imom Ahmad ibn Hanbal «al-Musnad» asarining muallifidir.
Buyuk mujtahidlar davrida yuqorida zikr etilgan mujtahidlar nomi bilan bog’liq asosiy sunniy huquqiy mazhablar paydo bo’ldi va o’z ta’limotini shakllantirdi.



Download 168.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling