Reja. Aqsh, Janubiy Koreya va Yaponiyada kichik biznes va tadbirkorlik


Download 30.77 Kb.
bet4/5
Sana09.03.2023
Hajmi30.77 Kb.
#1255703
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. Biznes asoslari

Buyuk Britaniyadagi firmalarning deyarli 96 foizi kichik biznes sohasiga 
taalluqli hisoblanadi. Ularga barcha ishchi kuchining 25 foizi hamda yalpi ijtimoiy 
mahsulotning tahminan 20 foizi to‘g‘ri keladi. 
Germaniyada 2 milliondan ortiq kichik biznes korxonalari faoliyat ko‘rsatib, 
ularda iqtisodiy jihatdan faol aholining qariyib 75 foizi mashg‘uldir. Bu korxonalar mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi milliy mahsulotning 50 foizini yetkazib bermoqda.
Umuman olganda, kichik sanoat korxonalari xalqaro federatsiyasining hisob-kitoblariga ko‘ra kichik korxonalar hissasiga ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tahminan 50 foizi, kapital qo‘yilmalarning esa 30 foizidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Kichik biznes hisobiga AQSH, Germaniya, Angliya, Italiya, Yaponiya kabi mamlakatlarda ish o‘rinlarining 2/3 qismi yaratiladi. 
Germaniya kichik va mayda korxonalarga nisbatan yurgizayotgan davlat 
siyosati ularning raqobatbardoshligini oshirish tadbirlariga, turli soliq-moliyaviy imtiyozlarga, shuningdek, ularni iqtisodiyotda bo‘lib o‘tayotgan tarkibiy o‘zgarishlarga moslashishga asoslanadi. Bunda davlat yirik korxonalar bilan raqobatlashish uchun teng sharoitlar yaratib berishga intiladi. 
Italiyada  so‘nggi yillarda yuqori havf-xatar bilan bog‘liq bo‘lgan kapitalga 
erishish imkoniyati bor korxonalarni moliyalashtirishga qiziqish ortdi. SHu 
maqsadda kichik korxonalarning yopiq turdagi investitsiya fondlari tashkil etildi. 
Bunday fondlar birjada ro‘yxatdan o‘tmagan korxonalarga mablag‘larni qo‘yadilar. Fondning kapitali davlat obligatsiyasi ko‘rinishida investitsiya qilinishi mumkin emas. SHuningdek, boshqa yopiq fondlar tomonidan chiqarilgan aktsiyalarga investitsiya qilish ham ta‘qiqlanadi. Fondda o‘z aktsiyalarining ulushiga ega bo‘lgan kompaniyalarning aktsiyalarini sotishdan foyda olish yopiq fondning 
maqsadi hisoblanadi.
Venchur kapitali Angliyada nisbatan faol rivojlanib bormoqda: uning hissasiga barcha Yevropa fondlari kapitalining yarmidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Venchur kapitali bozorida amal qiluvchi hamda sanoatga investitsiya kirituvchi, 
o‘zining maxsus bo‘linmalariga ega bo‘lgan ixtisoslashgan moliyaviy muassasalar 
(«Investors in Industry») tashkil etilgan. Kichik firmalarning muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus Britaniya texnologik guruhi («British Technology 
Group») tuzilgan, qonunchilik xujjatlari sifatida «Venchur kapital sxemasi» va «Biznesni rivojlantirish sxemasi»ni ta‘qidlash mumkin. Bu sxemalar jamoat 
jamg‘armasi va xususiy omonat mablag‘larini investitsiya jarayonlariga jalb etishni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Ma‘lumki, kichik biznes faoliyatida hal qiluvchi omil - ish kuchi, uning 
mahorat va bilim darajasi, ishga ijodiy yondashuvini tadbirkorlik hislatlarini o‘zida mujassamlashtira olish qobiliyatlari hisoblanadi. Mamlakatdagi aholining 
ishbilarmonlik darajasini o‘stirishni rag‘batlantirish davlatning kichik biznesni 
davlat tomonidan tartibga solish tizimidagi muhim yo‘nalishlardan biridir. Biroq, turli mamlakatlarda bu muammoni hal etishga turlicha yondashiladi. Masalan, 

Download 30.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling