Reja. Aqsh, Janubiy Koreya va Yaponiyada kichik biznes va tadbirkorlik


Download 30.77 Kb.
bet1/5
Sana09.03.2023
Hajmi30.77 Kb.
#1255703
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. Biznes asoslari


2-mavzu:Rivojlangan mamlakatlarda biznes va tadbirkorlikni rivojlanish tarixi.
REJA.

  1. AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiyada kichik biznes va tadbirkorlik.

  2. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida biznes va tadbirkorlikni rivojlanishi.( Bolgariya va Chehiya misolida).

  3. Bolonya xartiyasi.Rivojlangan Yevropa davlatlarida biznesning yuksalishi.(Fransiya, Gollandiya, Germaniya,Buyuk Britaniya,Italiya misolida ).

AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiyada kichik biznes va tadbirkorlik.
Bugungi kunda biznesning jahon mamlakatlari iqtisodiyotidagi ahamiyati tobora oshib bormoqda. Agar bizning respublikamizda bu sohaga bo‘lgan e‘tibor asosan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish vazifalariga bog‘liq holda keng avj olgan bo‘lsa, jahonning boshqa mamlakatlarida kichik biznesning ustuvor ahamiyatlarini tan olish hamda ularni rivojlantirish uchun chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish ancha ilgari boshlangan edi.
Kichik va xususiy tadbirkorlikning bunday ustuvor darajadagi mavqeni 
egallashi va ayni paytda davlatning tarkibiy iqtisodiy siyosatida ustivor bo‘g‘in sifatida baholanishi deyarli barcha mamlakatlar uchun xos bo‘lgan umumiyli belgilardan biridir.
Buni ko‘plab rivojlangan mamlakatlar amaliyotida kuzatish mumkin, 
chunonchi, AQSHda 1953 yildayoq Kongress tomonidan kichik biznes 
ma‘muriyati tuzilgan bo‘lsa, Yaponiyada kichik biznesni rivojlantirish 
umumdavlat dasturini amalga oshiruvchi davlat milliy markazlari tarmog‘i 
tashkillangan bo‘lib, bunday markazlar ilk bor o‘tgan asrning 40yillari oxirlarida 
vujudga kelgan edi. Bu markazlar faoliyati hukumat qoshidagi kichik va o‘rta korxonalar boshqarmasi tomonidan tartibga solinib turiladi. AQSHda 1953 yili «Kichik biznes to‘g‘risida» Qonun qabul qilinib, unda: «Mamlakatning xavfsizligi va farovonligi kichik biznesning mavjud va salohiyatli imkoniyatlarini 
rivojlantirish va rag‘batlantirishsiz taminlanishi mumkin emas» deb ta‘kidlangan edi. AQSHda keyingi yillarda kichik korxonalar (sotishdan tushgan mablag‘ 
miqdori 19 ming dollargacha bo‘lgan korxonalar) soni ikki baravar ko‘paydi va 10 
mln.ga yetdi, barcha korxonalarning 95 foizi kichik korxonalardir. Kichik biznes yalpi milliy mahsulot o‘sishining yarmini tashkil etadi. Agar 80yillarda 50 ta yirik korporatsiya 3,5 mln. ish o‘rnini qisqartirgan bo‘lsa, kichik biznes sohasida 20 mln. yangi ish o‘rni tashkil etilgan edi. 19881990 yillarda yangi ish joylarining o‘sishi to‘lasicha kichik korxonalar xissasiga to‘g‘ri keldi. Bir qator ekspertlarning fikricha, kichik firmalar ish faolligining pasayishi mamlakatda iqtisodiy inqirozni keltirib chiqarishi mumkin. AQSH hukumati siyosatida kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Hattoki, Amerika iqtisodiyotining rivojlanishida uning xizmatlarini e‘tirof etish sifatida maxsus umummilliy kichik biznes kunlari 
o‘tkaziladi. 
Kichik tadbirkorlikning rivojlanishiga davlat tomonidan yondashuvining asosi - soliqlarning past darajasi hamda tadbirkorlik faoliyatining yuqori darajadagi to‘la erkinligidir. Kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish maqsadida hukumat tomonidan har yili 7 mlrd. AQSH dollari atrofida mablag‘ ajratiladi. So‘nggi yillarda yirik korporatsiyalar tomonidan aynan kichik korxonalarda samarali bajariluvchi ish va xizmatlarning ba‘zi turlarini ularga topshirish bo‘yicha siyosatning qo‘llanishi mamlakat iqtisodiyotida kichik biznesning roli va ahamiyatining oshib borishiga olib keladi. 
Kichik biznesning samarali rivojlanishida davlat tomonidan tartibga solish 
siyosati ishlab chiqilishining o‘zi yetarli emas. Har bir mamlakatda tarkib topgan tarkibiyboshqarv tuzilmalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bu siyosatni samarali amalga oshiruvchi maxsus ijrochi va nazoratchi idoralar tizimi shakllantirilishi lozim. Jumladan, kichik korxonalar bo‘yicha siyosat uchun bevosita javobgarlikni Niderlandiya iqtisodiyot vazirligi tarkibidagi kichik biznesga xizmat ko‘rsatish va bozorni tartibga solish bo‘yicha Bosh direktor nazorat olib boradi.
Kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan milliy siyosatlar tizimida Janubiy 
Koreya amaliyoti alohida e‘tiborga molik. Bu mamlakatda bir tomondan kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha qator davlat institutlari shakllantirilgan, ikkinchi tomondan, kichik biznesni rag‘batlantirish tizimi shunday takomillikka egaki, bunda kichik biznes sub‘ektlari o‘zlarida bozor sharoiti, raqobat muhiti uchun moslashish,―immunitet‖ni shakllantira olmog‘i shart hisoblanadi. Yaponiyada 500 ta mahalliy savdo-sanoat palatasi hamda ularning filiallari 
kichik biznesga turli ko‘rinishdagi moliyaviy, maslahat berish kasbiy jihatdan 
tayyorlash yordamlarini ko‘rsatadilar. Davlat kichik biznes faoliyatini Kichik 
biznes moliyaviy korporatsiyasi, Milliy moliyaviy korporatsiya va «Soko-Chukin Banki» orqali byudjetda jamg‘ariluvchi kichik korxonalarni qo‘llab - 
quvvatlashning maxsus fondi hamda xalq fondi orqali moliyalashtiradi. 
Shuningdek, Yaponiyada kichik biznes uchun keng imtiyozli soliq tizimi 
qabul qilingan bo‘lib, u quyidagilarni ko‘zda tutadi: yakka tartibdagi 
kompaniyaning soliqa tortilishi lozim bo‘lgan daromadidan korxona egasi va uning oila a‘zolarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha shartli miqdorini (mazkur kasb uchun mamlakat bo‘yicha o‘rtacha stavka darajasida) chegirib tashlash; kichik korxonalar uchun soliqlarning quyi stavkalari; kichik korporatsiyalar foydasining bir qismini soliqqa tortishdan ximoya qilish. Agar kompaniya davlatning ustuvor dasturlaridan (ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, mahsulotni ilmiytexnikaviy jihatdan yangilash va b.) birida ishtirok etsa, qo‘shimcha soliq imtiyozlariga ega bo‘lishi mumkin.

Download 30.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling