Rеja Armatura buyumlari
Download 0.81 Mb.
|
ma\'ruza 5
Ma’ruza 5 ARMATURA BUYUMLARI. TЕMIRBЕTON KONSTRUKSIYALARNI ARMATURALASH Rеja Armatura buyumlari. Tеmirbеton konstruksiyalarni armaturalash. Armatura buyumlarini tayyorlash. Armaturalash buyumlari. Тemirbeton elementlari payvandlangan sim–to’r yoki karkaslar, alohida sterjenlardan to’qilgan armaturalar, bikir prokat profillar va boshqalar bilan armaturalanadi. Payvandlangan sim to’rlar (1–rasm). asosan plitali konstruksiyalarda ishlatiladi. Ishchi armaturalarni joylashishiga qarab, ular uch xil bo’ladi: 1) bo’ylama ishchi armaturali; 2) ko’ndalang ishchi armaturali; 3) ikki yo’nalishda ham ishchi armaturali. Standart sim to’rlar diametrik 4–5 mm bo’lgan Vr–I sinfli va diametri 6–8 mm bo’lgan A–III sinfli, hamda diametri 40 mm gacha bo’lgan A–I, A–II, A–III sinfli armaturalardan tayyorlanadi. Sim to’rlar yassi va o’ramli (rulonli) bo’ladi. O’ramli sim to’rlarning maksimal diametri 5 mm gacha bo’ladi, yassi sim to’rlarning uzunligi 9 m gacha bo’ladi. Payvandlangan karkaslar chiziqli elementlarni (to’sin, ustun va sh. o’.) armaturalash uchun ishlatiladi. Ular yassi va fazoviy bo’ladi (2 – rasm). Agar oldindan zo’riqtirilmagan ishchi armatura sifatida A–IV, A–V sinfli va termik puxtalangan armaturalar (payvandlanmaydigani) ishlatilsa, to’qilgan karkaslar qo’llaniladi. Тemirbetonning mohiyati. Тosh va yog’och ibtidoiy odamning dastlabki qurilish materiali hisoblangan. Keyinchaliq inson xom g’isht, pishiq g’isht va beton tayyorlashni o’rgandi. Beton siqilishga yaxshi, cho’zilishga sust qarshilik ko’rsatadigan sun’iy materialdir. Betonning cho’zilishga bo’lgan mustahkamligi siqilishga nisbatan 10 – 20 marotaba kam. Shuning uchun ham uni anizotrop material deyiladi. Anizotrop materiallar – turli xil yo’nalish bo’yicha xossalari har xil bo’lgan materiallardir. 1–rasm. Payvandlangan sim to’rlar 2–rasm. Yassi payvandlangan karkaslar Betonning anizotropligi beton va temirbeton konstruksiyalarni hisoblashda jiddiy qiyinchiliklarga olib keladi. Beton cho’zilishga sust qarshilik ko’rsatganligi sababli armaturasiz to’sin ko’p yuk ko’tara olmaydi. Agar to’sinning cho’zilish zonasiga armatura joylansa, to’sinning yuk ko’tarish qobiliyati ancha (taxminan 20 marotaba) ortadi. Siqilishga ishlaydigan temirbeton elementlari ham po’lat sterjenlar bilan armaturalanadi. Po’lat siqilishga ham, cho’zilishga ham yaxshi qarshilik ko’rsatganligi tufayli siqiluvchi elementning yuk ko’tarish qobiliyatini ancha oshiradi. Po’lat armatura joylashgan beton temirbeton deb ataladi. Тemirbetondan ishlangan qurilish konstruksiyasi temirbeton konstruksiyasi deb yuritiladi. Quyidagi sabablar beton bilan po’lat armaturaning birgalikda ishlashiga sharoit yaratadi: 1. Beton qotish jarayonida po’lat armaturaga mahkam yopishadi (tishlanadi); 2. Zich beton po’lat armaturani zanglashdan va yong’indan asraydi; 3. Po’lat bilan og’ir betonning harorat ta’sirida chiziqli kengayish koeffitsiyentlari bir–biriga juda yaqin (beton uchun b= (1 – 1,5)10–5 ; armatura uchun esa s= 1,2.10–5). Ana shu uchta muhim xossa tufayli temirbeton konstruksiyalarini yaratish imkoniyatiga ega bo’lindi. Ammo temirbetonning afzallik va nuqsonlari ham bor. Тemirbetonning quyidagi afzalliklari uning qurilishda keng tarqalishiga imkon yaratdi: o’ta mustahkamligi, ko’pga chidamliligi, olovbardoshligi, zilzilabardoshligi, mahalliy materiallardan foydalanish imkoniyati, konstruksiyaga istalgan shakl berish imkoniyati. Quyidagilar temirbetonning kamchiliklariga kiradi: vaznining og’irligi; issiqlik va tovushni oson o’tkazishi; mustahkamlash va tuzatishning qiyinligi; yorilishi mumkinligi; beton yotqazilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi va hokazo. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling