Reja: Aromatik birikmalar
Download 21.38 Kb.
|
1 2
Bog'liq6-mustaqil ish
Mavzu: Aromatik galogen birikmalar. Nomlanishi, olinish usullari,kimyoviy xossalari, ishlatilishi. Reja: Aromatik birikmalar Aromatik galogen birikmalarning nomlanishi Galogenlarning toksikligi Aromatik birikmalar (yun. aroma – xushboʻy, muattar) – moleku-lasi bir yoki bir necha benzol yadrolaridan tashkil topgan organik birikmalar va ularning hosilalari. Eng oddiy vakillari – benzol (S6N6) va uning hosilalaridir. Benzol yadrosidagi qoʻshbogʻlarning oddiy bogʻlar orqali bogʻlanishidan hosil boʻlgan benzol halqalari tizimi tufayli Aromatik birikmalar aromatik xususiyat kasb etgan va shuning uchun ular alifatik birikmalar hamda alitsiklik birikmalardan katta farq qiladi. Aromatik birikmalar elektrofil va nukleofil almashinish reaksiyalari (galogenlash, nitrolash, sulfolash, alkillash, arillash va boshqalar)ga oson kirishadi. Mac, nitrat kislota ta’sirida benzol nitrobenzolga aylanadi. Bir paytlar Aromatik birikmalar deyilganda faqat muat-tar tabiiy birikmalar (oʻsimliklardan olinadigan efir moylari, balzamlar, smolalar va boshqalar) tushunilardi. Bu birik-malarga "aromatik", ya’ni xushboʻy degan nom ham oʻsha vaqtda berilgan. Hozir esa Aromatik birikmalar soʻzi oʻz ma’nosini yoʻqotgan, chunki xushboʻy birikmalar har xil sinfga ki-ruvchi organik birikmalar orasida ham mavjud. Koʻpchilik Aromatik birikmalar qoʻlansa yoki de-yarli hidi yoʻq. 19-asr oʻrtalaridan Aromatik birikmalar kimyosi juda tez rivojlana borib, ular texnika va laboratoriya ishlarida qoʻllana bosh-ladi. Aromatik birikmalar barqaror moddalardir. Ularni boshqa sinf birikmalaridan qat’iy sharoitlardagina hosil qilish mumkin. Mas, benzolni 650°da atsetilendan faol koʻmir ishtirokida yoki siklogeksanni degidridlab olish mumkin. Aromatik birikmalar alifa-tik birikmalarni degidrotsikllash, po-limerlash yoki kondensatlash yoʻli bilan olinadi. Bu reaksiyalar aromatlash reak-siyasi deyilib, ular oʻsimlik, hayvon or-ganizmlari va mikroorganizmlarda ham roʻy beradi. Benzin ham sanoatda aromat-lash reaksiyasidan oʻtkaziladi, natijada benzinning xususiyatlari yaxshilanadi. Toshkoʻmirni kokslab yoki neftni termik va katalitik krekingga uchratib ham Aromatik birikmalar hosil qilish mumkin. Galogenlar (yunoncha ἁλός – “tuz” va γένóς – “tug’ilish”), D. I. Mendeleyevning kimyoviy elementlarining davriy jadvalining 17 – guruh kimyoviy elementlari (eskir tasnifga ko’ra-VII guruhning asosiy kichik guruhining elementlari). Ba’zi bir metallardan tashqari deyarli barcha oddiy moddalar bilan reaksiyaga kirishadi. Barcha halogenlar kuchli oksidlovchi moddalardir, shuning uchun tabiatda faqat birikmalar shaklida topiladi. Davir sonining ko’payishi bilan galogenlarning kimyoviy faolligi pasayadi, F – , Cl – , Br – , I – , At – galogenid ionlarining kimyoviy faolligi pasayadi. Galogenlarga ftor F, xlor Cl, brom Br, yod I, astatin At va shuningdek (rasmiy ravishda) sun’iy element Tennessin Ts kiradi. Barcha galogenlar metallmas va kuchli oksidlovchi moddalardir. Tashqi energiya qavatida 7 ta elektron mavjud. Metall bilan o’zaro ta’sirlashganda ionli birikma hosil qiladi yoki tuzlar hosil bo’ladi. Galogenlar (ftordan tashqari) birikmalarda +7 oksidlanishgacha bo’lgan birikmalarni hosil qilishi mumkin. Galogen nomining kelib chiqishi “Galogen” atamasini 1811-yilda olmon kimyogari I.Shveyger tomonidan, ishqoriy metallar bilan birikib, tuz hosil qiladigan xlor elementini atash uchun taklif qilgan edi. “Galogen” so‘zi yunon tilidagi “tuz tug‘diruvchi” ma’nosini bildiradi. Lekin Shveygerning taklifi umume’tirof etilmadi va taklifligicha qolib ketdi. Keyinroq esa bu atama yana kun tartibiga chiqdi va xlor va unga yondosh elementlarga qo‘yilgan umumiy guruh nomi sifatida fanga kirib keldi. Galogenlarning fizik xossalari
Download 21.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling