Reja: Aruzning asosiy birliklari


Download 84.24 Kb.
bet1/8
Sana28.02.2023
Hajmi84.24 Kb.
#1237146
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-10 aruz


Aruzning asosiy birliklari bo'g'in va hijo tushunchalari vasl va imola hodisalari
Reja:

  1. Aruzning asosiy birliklari

  2. Bo'g'in va hijo tushunchalari vasl va imola hodisalari


Aruz (arab.– arz qilmoq) – she’-riy oʻlchov, vazn. Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari she’r tizimi. A. nazariyasi tur-kiy xalqlarga, xususan oʻzbek she’riyatiga arablardan oʻtgan.Navoiyning "Mezon ul-avzon" asarida koʻrsatilishicha A. vodiy, rukn nomiga toʻgʻri keladi, koʻchma ma’noda "ustun" de-gani. A. nazariyasi birinchi marta Xalil ibn Ahmadning "Kitob al-aruz"i ("Aruz kitobi")da bayon qilingan, keyinchalik Rashididdin Vatvot, Tusiy, Shams Qays Roziy, Mavlono Yusuf Aruziy Nishobu-riylar tomonidan rivojlantirilgan. Turkiy xalqlarda A.ning ilk namunalari islom kirib kelgungacha boʻlgan dav-rlardagi qadimgi maqol va topishmoqlarda, "Devonu lugʻotit turk"da uchraydi. Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig"i shu vaznda bitilgan turkiy dostondir. A. avval arab alifbosi asosidagi eski oʻzbek yozuviga asoslanadi, unda 29 undosh va 3 unli harf, ya’ni choʻziq unli tovush boʻlgan.Harakatlar bilan koʻrsatiluvchi yana uchta unli – zabar –a, zer, – i, pish – u mav-jud. Harakatlarni undosh harflarning usti yo ostiga qoʻyib, ochiq boʻgʻinlar hosil etilgan, yopiq boʻgʻin undosh ustiga sokin (koʻpligi sukun) alomati (–)ni qoʻyish orqali hosil qilingan. Choʻziq unlilar ochiq boʻgʻinda sokinli deb tushu-nilgan va bunday boʻgʻinlar, asosan, choʻziq hisoblangan. Harf va harakatlardan juz-vlar tuzilgan. Juzvlar Zta boʻlib, ularning har biri 2 xil koʻrinishga ega. Ara-blar chodir uyni, Koʻchma ma’noda, ikki misra she’rni ham bayt (uy) deyishgan, shu sababli, juzvni tushuntirishda cho-dir jihozlari boʻlgan – arqon, qoziqcha, paloye atamalaridan foydalanilgan. Juzvlar sabab (arqon), vatad (qoziqcha), fosila (palos) deb nomlangan. Ular oʻz ichida sababi xafif (yengil sabab): (may): –; sababi saqil (ogʻir sabab): (koʻzi): W; vatadi majmu’ (yigʻiq vatad): (samar): V –; vatadi mafruq (yopiq vatad): (noma) – 655V; fosilai sugʻro (kichik fosila): (yura-gim): W –; fosilai kubro (katta fo-sila): (yashamagan): VW –kabi turlarga boʻlinadi.Juzvlardan 8 ta asl rukn hosil boʻlgan: failun, faulun, mutafailun, mafailun, mustaf’ilun, failatun, ma-failatun, maf’ulatu (choʻziq unli bosh harf bilan yoziladi). Bobur yana ikkita asl ruknni keltirgan: fai-la-tun bilan mus-taf’i-lun. Asl ruknlar juzvlardan tu-ziladi: "faulun"da vatadi majmudan soʻng sababi xafif keladi. A.da zihof degan qism bor.Unda asl ruknlardan tarmoq ruknlarning kelib chiqishi koʻrsatiladi. Bu, asl ruknlardagi biron harf yo harflarni orttirish yo tushurib qoldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunday oʻzgarishlar 44 ta. Mas, jazm zihofida oldingi harakatli harf olib tashlanadi: (ma-failun) dan (failun) qoladi, uning oʻrnida (maf’ulun) qabul qilingan va hokazo. Maf’ulun tarmoq rukn deyi-ladi. A.nazariyasida rukn va zihofdan soʻng bahr turadi, ular 21 ta. Bahrlar guruhlanadi:1) asl ruknlarning takroridan hosil boʻluvchi bahrlar (bunday baxrlar yet-tita): hazaj mafailunning, rajaz mu-staf’ilunning, ramal failatunning, vofir mufailatunning, komil mutafa-ilunning, mutaqorib faulunning, mu-tadorik Failunning takrorlanishidan hosil boʻladi;2) ikki xil asl ruknning al mashinib kelishidan tuziluvchi bahrlar (ular uch turlidir): a) ikkita asl rukn navbatla-shib (almashib) keladi. Xafif: failatun mustaf’ilun failatun mustaf’ilun. Munsarih: mustaf’ilun maf’ulatu mu-staf’ilun maf’ulatu. Muzori’: mafai-lun failatun mafailun failatun. Muj-tass: mustaf’ilun failatun mustaf’-ilun failatun. Muktazab: maf’ulatu mustaf’ilun maf’ulatu mustaf’ilun. Tavil: faulun mafailun, faulun mafa-ilun. Madid: failatun fAilun faila-tun failun. Basit: mustaf’ilun failun mustaf’ilun failun. Ariz: mafailun faulun mafailun faulun. Amiq: fai-lun failatun failun failatun; b) ikki xil asl rukndan biri avval takrorlana-di, ikkinchisi takrorlanmaydi. Sari’: mustaf’ilun mustaf’ilun maf’ulatu. Gʻarib (jadid) failatun failatun mu-staf’ilun. Qarib: mafailun mafailun failatun; v) ikki xil asl rukndan biri takrorlanmaydi, soʻng biri takrorlanadi. Mushokil: failatun mafailun mafa-ilun.Bahrlar ham asl va tarmoq bahrlarga boʻlinadi. Asl runklardan hosil boʻlgan bahrlar solim bahrlar, tarmoq ruknlardan yasalgan baxrlar tarmoq baxrlar dey-iladi. Solimlik va tarmoqlik xususiya-ti vaznlarga ham xos.A.ni tushuntirish vositalaridan biri – doira. Baxrlar tuzilishidagi oʻxshashliklariga koʻra doiralarga birik-tiriladi.


Download 84.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling