Reja: Aruzning asosiy birliklari


Badiiy san'atlar tasnifi. Ma’naviy lafziy va qorishiq san’atlar


Download 84.24 Kb.
bet4/8
Sana28.02.2023
Hajmi84.24 Kb.
#1237146
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-10 aruz

Badiiy san'atlar tasnifi. Ma’naviy lafziy va qorishiq san’atlar
REJA:
1. Ilmi badi’ haqida ma’lumot. Badiiy san’atlar tasnifi.
2. Mumtoz va zamonaviy tasniflar. Lafziy san’atlar va ularning turlari.

Ming yillar davomida shakllanib, san’at nomini olgan badiiylik vositalari faqatgina she’r bezagi emas, balki shoir niyatini o’quvchiga yetkazuvchi vosita, muallifning rangin tuyg’ular olami haqida tasavvur beruvchi manba yoki shoir ko’nglini kitobxon didi va zavqi bilan bog’lovchi ma’naviy rishta hamdir. Ana shu ma’noda she’riy san’atlar mumtoz adabiyotshunoslikda ilmi bade’ unvoni bilan sharaflangan va unga ilmi adab tarkibiga kiruvchi mustaqil ilm turlaridan biri deb qaralgan. Badiiy san’atlar haqidagi dastlabki ilmiy risolalar johiliyya davrida yoki ilk islom xalifalari zamonida shakllanganiga qaramay, bu san’atlar xalq zakovati va badiiy balog’atining belgisi sifatida qadimdan mavjud bo’lgan. “Avesto” tarkibidagi miflardan tortib O’rxun-Enasoy obidalariga qadar kechgan hech bir badiiyat namunasi yo’qki, ularda keyinchalik san’at nomini olgan badiiy tafakkur mevalarini uchramagan bo’lsin. Yoki “Devonu lug’atit turk” tarkibiga kirgan mansur yoki manzum parchalarning ham badiiyligini tekshirganda, ular qaysidir ma’noda u yoki bu san’atga doxil bo’lib chiqishi shubhasiz. Insoniyat ma’naviyati tarixida yangi e’tiqodiy davrni boshlab bergan musulmonlikning vujudga kelishi va tarqalishi munosabati bilan saodat asridan XX asrning so’nggiga qadar kechgan islomiy manbalarni o’rganganda ham unda o’tkir did va chuqur san’atkorlik bilan aytilgan she’riyat va nasr namunalarini uchratamiz. Ular tarkibidagi ma’naviy yoki lafziy san’atlarning qaysidir ko’rinishlari mavjud bo’lganini ichki bir shuur bilan anglaymiz. SHuning uchun ham mumtoz adabiyotshunosligimizning shakllanishiga sabab bo’lgan risolalarda, zukko allomalarning poetikaga doir ishlarida badiiy san’atlarning yuksak namunalarini Qur’oni karim va Hadisi sharifda kuzatganligini dalillovchi fikrlar talaygina.



  • Arab mumtoz poetikasining poydevori sanalgan Abdulloh ibn Mu’tazzning “Kitobu-l-bade’” asarining muqaddimasida “mazkur kitobda biz keyingi davr (ulamolari) «bade’» deb atagan ilmning bob va fasllarida Qur’on tilida, Rasulullloh s. a. v. hadislarida, sahobalar va tobe’inlarning so’zlashuv tilida, mutaqaddim (qadimgi – H.B.) shoirlarning she’rlarida uchraydigan badiiy ifodalarni tasniflab chiqdik” deyish barobarida istiora san’atiga misol keltirilar ekan, avval “Alloh taolo kalomidagi bade’ so’zlaridan: Innahu ummul kitabi li-dina-l-aliu-l-hakim... (Bu albatta, Kitoblar onasi (ummu-l-kitob)dir va u oliy va donishmandona (a’liul-hakim)dir)» kabi iqtiboslar tilga olinadi. So’ngra «Hadislardagi badiiyat» rukni bilan «Sizni ham avvalgilarning kasalligi yengibdi buxl (baxllik) va hasad ustarasi bo’g’zingizga tegibdi» so’zlari keltiriladi1. Keyin «Ali r. a. aytdi: «Bilim qulfdir, savol kalitdir» hikmatidan so’nggina «Mutaaxxir (oxirgi – H. B.) shoirlarning so’zlaridagi badiiyat namunalaridan Molik ibn Dinor aytadi: «Fikrsiz ko’ngil vayronadir». Bu va bunga o’xshash misollar shuni dalillaydiki, she’riy san’atlardan istiora haqida fikr yuritilarkan, uning misoli sifatida avval «kitoblarning onasi» deb ta’riflangan Kalomulloh, ya’ni +ur’oni karimdan, so’ngra Hadisi sharifdan yoki Payg’ambar so’zlaridan, keyin esa xulafoi roshidin va sahobalar, tobe’inlar va ana undan so’nggina eski va yangi shoirlarning she’rlaridan namunalar berish ilmiy madaniyat sanalgan. Arab mumtoz poetikasi asoschilari Nasr binni Hasanning «Mahosinu-l-kalom» («Go’zal so’zlar»), Qudama ibn Ja’farning «Naqdu-sh-she’r» («She’r tanqidi»), Johiz va Ibn Xaldun asarlarida ham mana shu jihat ustivor hisoblangan. Xatto X asrda arab olimi Rummoniy (909-916) faqat Qur’oni karimdagi badiiy san’at namunalarini to’plab, sharhlashga maxsus kitob bag’ishlagan2. Bunday +ur’oniy asos bilan badiiy san’atlarga yondashish Abu Hilol Askariy (v. 1004)ning «Kitabu-s-sina’atayn» («San’atlar kitobi»), Ibn Rashiq (999-1064)ning «Al-Umda», Baqilloniy (v. 1013)ning «I’jazu-l-+ur’on» asarlarida ham aks etgan bo’lib, so’ngra adabiy-ilmiy an’anaga aylangan.



Download 84.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling