Reja: Arxiv kataloglari


Download 339.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana04.02.2023
Hajmi339.24 Kb.
#1161061
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7 MAVZU (1)

Kataloglarning turlari. Arxiv kataloglari tuzilish qoidalariga ko„ra ikkiga 
bo„linadi: mantiqiy va alfavit kataloglari. Birinchi tur kataloglarda arxiv hujjatlari 
haqidagi ma‟lumotlar mantiqiy, o„zaro bog„liq holda bo„ladi. Ikkinchi turida esa
hujjatlar haqidagi ma‟lumotlar o„zaro bog„lanmagan holda, ya‟ni alifbo bo„yicha 
joylashgan bo„ladi. Mantiqiy tuzilishdagi kataloglar tarkibiga tizimli, davriy va 
mavzu asoslarida tuzilgan kataloglar kiradi. 
Alifbo tuzilishli kataloglar tarkibiga ismlar, geografik nomlar va boshqa 
kataloglar kiradi. 
Mantiqiy tuzilishdagi kataloglar. Tizimli (sistematik) katalog. Bunda 
hujjatlar haqidagi ma‟lumotlar bilim sohalari yoki jamiyat amaliy faoliyati sohalari 
bo„yicha guruhlashtiriladi. Keyin mantiqiy bog„langan holda ketma-ket 
joylashtiriladi. Tizimli katalog umumiy va ayrim tugunchalarning o„zaro 
bog„liqligi va munosabati asosida tuziladi. Masalan, “Din” umumiy tushunchasiga 
quyidagi ayrim tushunchalar kiradi: “Islom”, “Xristianlik”, “Induizm”, “Iuadizm” 
(yahudiylik), “Budda”. O„z navbatida “Islom” ham umumiy tushuncha bo„lib, 
ayrim tushunchalarga bo„linadi. Bunday bo„linish “oliydan oddiyga”, “umumiydan 
ayrimga” tamoyili bo„yicha davom etadi. Barcha turkum tarxlari ichida tizimli 
kataloglar tarxlari eng murakkabidir. 
Hozir butun dunyo kutubxona va arxivlarida, shuningdek O„zbekiston 
Respublikasida “Universal o„nlik turkumi (klassifikatsiyasi)” tizimli kataloglar 


uchun keng foydalaniladi. Bu turkum asosida davlat arxivlari tizimli kataloglar 
uchun turkum tarxi ishlab chiqilgan. 
"„Universal o„nlik turkumi"ning mohiyati shundaki, bitta umumiy 
tushunchaga bo„ysungan, bog„langan bir guruh predmetlar bir deb qabul qilingan. 
Umumiy tushunchalar ayrim tushunchalarga bo„lingan. Bu tizimga binoan 
arxivdagi barcha ma‟lumotlar 10 sinfga (1dan 9 gacha, 0-umumiy) bo„lingan. Ular 
o„z navbatida yuzdan, mingdan bir qism va boshqa mayda bo„laklarga bo„linadi. 
“Universal o„nlik turkumi”ning asosiy bo„limlari quyidagilardan iborat: 
0. Umumiy bo„lim; 
1. Falsafa; 
2. Din; 
3. Ijtimoiy fanlar
4. Filologiya. Tilshunoslik; 
5. Matematika. Tabiiy fanlar; 
6. Amaliy bilimlar. Tibbiyot. Texnika; 
7. San‟at. Fotografiya. Tomoshalar; 
8. Adabiyot. Adabiyotshunoslik; 
9. O„lkashunoslik. Geografiya. Biografiyalar. Tarix. 
"Universal o„nlik turkumi" kutubxona kitoblari uchun ishlangan bo„lsada, 
undan ish yuritish va arxiv materiallarini turkumlash uchun ham foydalansa 
bo„ladi. 

Download 339.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling