Reja asosida quyidagilar o’zlashtiriladi


-Savol ► Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining bandlik va ishsizlikka ta’siri


Download 1.16 Mb.
bet3/5
Sana31.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1145175
1   2   3   4   5
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

2-Savol ►


Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining bandlik va ishsizlikka ta’siri.




Neoklassik maktabi vakili William Stanley
Jevons
Neoklassik maktab konsepsiyasi A.Smitning klassik nazariyasi qoidalari asosida shakllantirilib, D.Gilder, A.Laffer, M.Feldstayn, R.Xoll kabi bir qator olimlarning fikr-mulohazalari orqali namoѐn bo‘ladi. Bu maktab namoyandalari ishchi kuchi bozorini maxsus qonunlarga bo‘ysunuvchi aloqalar tizimi sifatida ko‘rib chiqib, ular bozor mexanizmi orqali boshqarilishini ta’kidlaydilar. Ish haqi darajasi ishchi kuchining narxi sifatida ko‘rsatiladi. U ishchi kuchi talab va taklifiga ta’sir ko‘rsatib, ular o‘rtasidagi nisbat va zarur muvozanatni ta’minlaydi. Ishchi kuchining narxi bozor kon’yunkturasiga tezlik bilan javob qaytaradi, ya’ni bozordagi talab va taklifning o‘sishi ѐki kamayishiga qarab o‘zgaradi. SHunga ko‘ra, ishchi kuchi bozoridagi taqchillik ѐki takli ortiqchaligi ish haqi darajasini o‘zgartirish orqali bartaraf etiladi. Ishchi kuchi bozorining klassik modeli uning o‘zini-o‘zi tartibga solish tamoyiliga asoslanadi. Keynscha maktab vakillari ishchi kuchi bozorini harakatsiz, o‘zgarmas tizim sifatida baholab, unda ishchi kuchining narxi qat’iy belgilangan bo‘lishini ta’kidlaydilar
Bandlik va ishsizlik darajasi, ishchi kuchiga bo‘lgan talab, real ish haqi darajasi kabi asosiy ko‘rsatkichlar ishchi kuchi bozori orqali emas, balki tovar va xizmatlar bozoridagi samarali talab miqdori orqali belgilanadi. Ishchi kuchi bozorida esa faqat ish haqi darajasi va unga bog‘liq bo‘lgan ishchi kuchi taklifi miqdori shakllanadi. Biroq ishchi kuchi taklifi amaldagi
bandlikning shakllanishida etakchi rol o‘ynamay, balki faqat uning ish haqining muayyan hajmidagi eng yuqori mumkin bo‘lgan darajasini tavsiflaydi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talab yalpi talab, investitsiya va ishlab chiqarish hajmi orqali tartibga solinadi.3

Ishchi kuchi ham bozor iqtisodiyotida oldi-sotdi ob’ekti bo‘lganligi sababli mehnat bozorida unga talab va taklif vujudga keladi.
Ishchi kuchining bozor narxi ish xaqi bo‘lib, bu yollanib ishlovchilarga ma’lum vaqtda bajarilgan ishning miqdori va sifatiga qarab to‘lanadi.
Ishchi kuchiga talab mehnat unumdorligiga bog‘liq bo‘lib, u doimo o‘zgarib turadi. Ishchi kuchiga talab boshqa sharoitlar o‘zgarmasa, ish haqi darajasiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni ish xaqi yuqori bo‘lsa, unga talab qisqaradi, agar u pas bo‘lsa, aksincha, talab ortadi. Ish beruvchilar ish xaqini kamaytirishga, yollanib ishlovchilar uni oshirishga harakat qiladi, chunki har qanday tovar egasi uni yaxshi narxda pullashga xarakat qiladi. Ammo ish haqi ortgan sharoitda ham ishchi kuchiga talab ko‘payishi mumkin, chunki bunda ish haqiga nisbatan mehnat unumdorligi tezroq ortib borishi yuz beradi. Natijada ish haqiga ketgan qo‘shimcha sarfni mexnat unumdorligining ortishi qoplaydi va hatto uning tejalishiga ham olib keladi.
Ish haqi xarajatlar tarzda foydaga ta’sir etishi orqali ishchi kuchiga talabni o‘zgartiradi.
Ish haqi bilan ishchi kuchiga talabning o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni quyidagi chizmada ko‘rish mumkin




30 –rasm. Ishchi kuchiga talab va uning o‘zgarishi.




Soatlik ish haqi 5000 so‘m bo‘lganda ishlash uchun 500 kishi talab qilinadi, 2000 so‘mga tushganda, ishchi kuchiga talab ortib, jami 700 kishiga etadi. Bunda ish haqining qisqarishi ishchi kuchiga talabni oshiradi.
Mehnat bozorida taklif ham narxga nisbatan egiluvchan bo‘ladi, ya’ni ish haqi oshsa, ishchi kuchi taklifi ko‘payadi, kamaysa, uning taklifi qisqaradi. Quyidagi chizmada ishchi kuchining taklifi bilan ish haqining bog‘liqligi tasvirlangan. (grafik)


31 –rasm.Ishchi kuchi taklifi va uning o‘zgarishi.


Ish haqi 3000, 5000, 7000 so‘m bo‘lishiga qarab, ishchi kuchi taklifi 300, 500, 700 kishidan iborat bo‘ladi. Bu ishchi kuchi taklifining ish haqiga nisbatan egiluvchanligini ko‘rsatadi.


Ishchi kuchi bozorida unga bo‘lgan talab va taklif mos kelganda muvozanatlash hosil bo‘ladi. Mazkur muvozonat ish haqining ma’lum darajasida vujudga keladi.
32-rasm. Mehnat bozorida muvozanatlik

CHizmada ishchi kuchiga talab chizig‘i AV taklif chizig‘i DS bilan M nuqtasida kesishadi. Bu nuqta muvozanat nuqtasi bo‘lib, ishchi kuchiga talab va taklif miqdoran tenglashganligini bildiradi. Ish haqi 5000 so‘m bo‘lganda 500 kishi mehnatiga talab qondiriladi, ish qidirgan 500 kishi ishga joylashadi, demak, ish kuchining bundan ortig‘i ish xaqining mavjud darajasida band qilinmaydi.


Ishchi kuchiga bo‘lgan talab va uning taklifiga ish xaqidan tashqari boshqa omillar ham ta’sir qiladi, bular:

  • Texnika taraqqiyoti;

  • Iqtisodiy tanglik yoki turg‘unlik holati;

  • YAngi texnologiyaning joriy etilishi;

  • Ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishi;

  • Mavsumiylik;

SHunday mehnat turlari ham borki, ular maxsus qobiliyat va tayyorgarlikni talab qiladi. Masalan: og‘ir jismoniy ish sog‘lom va baquvvat kishilarni; san’at, adabiyot, fan, konstruktorlik sohalari alohida iste’dodni talab qiladi. SHunday kasblar borki, ular puxta bilim, maxsus tayyorgarlik va katta tajribani talab qiladi. Masalan, Germaniyada mustaqil ishlovchi vrach bo‘lish uchun, oliy ma’lumot olgach, yana 10-12 yil tayyorgarlik ko‘rishi lozim bo‘ladi.
Ishchi kuchining taklifiga ishning jozibadorligi kasbdan obro‘ topish, qo‘shimcha imtiyoz olish, yuqori mansabga erishish imkoni, ishsiz qolish xavfining yo‘qligi, mehnat sharoitining yaxshiligi, shuningdek arzon kredit (qarz) olish imkoni va boshqalar ta’sir qiladi.
Ishchi kuchining taklifiga nufus qonuni, ya’ni aholi sonining o‘sish surati xam ta’sir qiladi. Aholi soni tez o‘sib, ishchi kuchi qilish yoshiga etgan aholi qancha ko‘p bo‘lsa, mehnat taklifi xam shuncha ko‘p bo‘ladi. O‘zbekistonda 1995 yilda mehnat yoshiga etganlar jami aholining 49.3%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2011 yilda bu ko‘rsatkich 61,1%ga etgan. SHunga mos ishchi kuchi taklifi ham ortgan.
Iqtisodiyotdagi har qanday beqarorliklar, jumladan 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi real sektordagi faollikka jumladan, bandlik va ishsizlikka o‘z ta’sirini o‘tkazdi.


Inqirozning turli xil oqibatlari faqatgina uning xarakterini emas, balki inqirozni yumshatishi yoki qattiqlab yuborishi mumkin bo‘lgan inqirozga qarshi boshqaruvning tavsifini ham aniqlaydi.
Ishchi kuchiga bo‘lgan talab miqdori uning yordamida yaratiladigan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabning hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bozorda tovarlarga talab oshsa ishchi kuchiga talab ham ortadi. Agar tovarlarga talab qisqarsa uni yaratadigan ishchi kuchiga ham talab qisqaradi. Mana shu bog‘liqlik sababli iqtisodiy inqirozlar davrida ishchi kuchiga talab keskin qisqarib ishsizlar soni oshib boradi.
Mamlakatimiz Prizidenti I.A.Karimov qayd qilib o‘tganlaridek: ”Aholining ish bilan ta’minlanish muammolarini hal qilishda ham jiddiy sifat o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Biz uchun o‘ta dolzarb bo‘lgan bu masalani echishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat ko‘rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga aloxida axamiyat berilmoqda.”4
Bu respublikamizda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini ta’sirini kamaytirish va uni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora tadbirlarning natijasidir. CHunki rivojlangan mamlakatlarda bu inqiroz ta’sirida ishsizlar soni keskin ortgan. Jumladan, AQSHda 2008 yilda ishsizlik darajasi 5,6%, YAponiyada 4.1%, Buyuk Britaniyada 5,7%, Germaniyada 7,7%ga etgan. Bu o‘z-o‘zidan aniqki ijtimoiy transferlarning ko‘payishi xisobiga davlat xarajatlarning o‘sishiga olib kelgan.
Respublikada keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishdagi ustuvor vazifa – bu mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishring muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infraktuzilmani yanada rivojlantirishdan iboratdir. CHunki infratuzilmani rivojlantirish ko‘p mehnat talab qiladigan keng ko‘lamli soxa xisoblanadi. Bu yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, axolining, ayniqsa yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash, odamlarning daromadi va faravonligini oshirish imkonini beradi


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling