Yozuvlar
Yozuvlar – bu turli toifadagi maydonlar yig’indisidir. Maydon – bu bironta nom va toifaga ega bo’lgan tuzilmadir (o’zgaruvchi). Yozuv bu statik tuzilma hisoblanadi. Chunki yozuvning maydonlari xotirada ketma-ket yacheykalarga joylashtiriladi. Yozuv uchun xotiradan joy uning maydonlari toifalaridan kelib chiqib ajratiladi, ya’ni xar bir maydonga sarflanadigan joylar yig’indisi olinadi.
tartir nomeri
|
talaba ‘fio’si
|
adres
|
balli
|
int i
(4 bayt)
|
char FIO[30]
(30 bayt)
|
char adres[20]
(20 bayt)
|
float ball
(4 bayt)
|
|
|
|
|
Bu yerda ushbu tuzilmaga 4+30+20+4=58 bayt xotiradan joy ajratiladi. Yozuvlarni dasturda ifodalash:
struct Talaba{
int i;
char fio[30];
char adres[20];
float ball;
}
Yuqorida biz yozuv toifasini e’lon qildik. Bu foydalanuvchi tomonida aniqlanadigan toifa hisoblanadi. Endi shu toifadagi o’zgaruvchini e’lon qilishimiz mumkin.
Talaba t1;
Bu yerda endi t1 nomli talabaning yuqorida keltirilganidek maydonlardan iborat yozuv paydo bo’ldi. Uning maydonlariga murojaat qilish va qiymat berish quyidagicha amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |