Yorug‘lik chiqarayotgan sirtni xarakterlashda ravshanlik qanday rol o‘ynasa, yorug‘lik oqimining intensivligi yorug‘lik maydonini xarakterlashda shunday rol o‘ynaydi. Shuning uchun ko‘pincha yorug‘lik oqimining ravshanligi deb ham ataladi. Xalqaro yoritish komissiyasi odam ko‘zini yorug‘lik energiyasini qabul qiluvchi sifatida olib, yorug‘lik oqimini ko‘rish sezgisi bo‘yicha baholanadigan nur energiyasi oqimi deb ta’rifladi. Yorug‘lik oqimi va boshqa yorug‘lik texnikasi kattaliklarini amalga oshirish uchun shartli yorug‘lik etaloni ishlatiladi. Xalqaro kelishuv bo‘yicha 1948 yil 1 yanvarda yorug‘likning qayta tiklanuvchi yangi etaloni kiritilgan bo‘lib, u toza platinaning qotish temperaturasida (2046,6 K) qo‘llaniladigan absolyut qora jism ko‘rinishida yasalgan. Rossiyada bunday etalon metallurgiya ilmiy tekshirish instituti fotometriya laboratoriyasida yasalgan. Yorug‘lik kuchi birligi kandela (kd). Hozir tilga olingan yorug‘lik etalonining yuzidan normal yo‘nalishda chiqayotgan yorug‘lik kuchining qismiga teng. Oldin yorug‘lik kuchining birligi sham bulib, u 1,005 kd ga teng edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |