Reja: Asosiy tushunchalar Nur energiyasining oqimi
Download 171.5 Kb.
|
2-mustaqil ish fizika
Yorug‘lik oqimi birligi lyumen (лм) u 1 kd li yorug‘lik manbaining 1 steradian fazoviy burchak ichiga yuboradigan oqimidir. Agar manbaning har qanday yo‘nalishi bo‘yicha yorug‘lik kuchi 1 kd ga teng bo‘lsa, u holda manba 4 лм=12,5 лм ga teng to‘la yorug‘lik oqimi beradi. Yangi yorug‘lik etaloni normal yo‘nalish bo‘yicha 1 sm2 dan 60 лм/ср ga teng oqim beradi.Yoritilganlik birligi lyuks (лк) bo‘lib, u 1 m2 yuzaga tekis taqsimlangan 1 лм oqimga mos keladigan yoritilganlikdir:1 лк =1 лм/1м2 .Shunday qilib 1 лк - markazida barcha tomonga tekis nurlanadigan 1 kd li manba joylashgan va radiusi 1 m bo‘lgan shar sirtida hosil qilinadigan yoritilganlikdir.Yorituvchanlik xuddi yoritilganlik kabi лм/м2 hisobida ifodalanadi. Biroq bu yerda bu kattalik olinayotgan oqimga emas, balki chiqayotgan oqimga tegishli.Ravshanlik В birligi sifatida o‘ziga perpendikulyar yo‘nalishda har bir kvadrat metrdan 1 kd yorug‘lik kuchi beradigan yuzaning ravshanligi olinadi. Shunday qilib, ravshanlik birligi kvadrat metrga kandela bo‘ladi kd/м2.Ilmiy adabiyotlarda quyida sanab o‘tilgan boshqa birliklar ham ishlatiladi:
Nit, ravshanki, kd/m2 ning boshqacha nomi. Stilben har bir kvadrat santimetridan 1 kd yorug‘lik kuchi beradigan yuzaning ravshanligiga mos keladi. Apostilb va lambert kattaliklar fizik jihatdan sirtida ma’lum yoritilganlik hosil qilingan ideal sochgichning ravshanligini bildiradi.Yorug‘lik va energetik birliklar
Fotometrlar. Sirtlarning yoritilganligini tenglashtirish yo‘li bilan ikki manbaning yorug‘lik kuchi taqqoslanadi. Shu maqsadda ishlatiladigan asboblar fotometrlar deb ataladi. Eng sodda fotometrlardan birining chizmasi 3.4–rasmda ko‘rsatilgan. Uchburchakli АВS prizmaning oq rangga bo‘yalgan АS va ВS yoqlariga manbalardan yorug‘lik tushadi. Prizmaning har bir yog‘ini faqat bir manba yoritadi.Download 171.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling