Reja: Asosiy va qo’shimcha o’lchov kattaliklari


Download 79.18 Kb.
bet3/4
Sana09.04.2023
Hajmi79.18 Kb.
#1346421
1   2   3   4
Bog'liq
BEKTOSH1

Soniya – Seziy-133 atomining ikkita o‘ta nozik sathlari orasidagi bir biriga o‘tishiga muvofiq keladigan yorug‘lik nurlanishining 9 192 631 770 davriga teng.
Amper – vakuumda bir-biridan 1 metr masofa uzoqlikda joylashgan cheksiz uzun va o‘ta kichik ko‘ndalang kesimga ega ikki parallel o‘tkazgichdan o‘tganda, o‘tkazgichning har 1 metr uzunligida 2∙10−7 Nyuton o‘zaro ta’sir kuchi hosil qiladigan o‘zgarmas tok kuchiga teng.
Kelvin – termodinamik harorat birligi. U suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 ulushiga teng.
Mol – massasi 0.012 kg bo‘lgan 12C uglerodda qancha atom bo‘lsa, tarkibida shuncha struktur elementlar tutgan sistemaning modda miqdoridir. Uning belgisi – «mol».
Kandela – berilgan yo‘nalishda chastotasi 540*1012 gers bo‘lgan monoxromatik nurlanish tarqatuvchi manbaning yorug‘lik kuchiga teng, bu nurlanishning energetik yorug‘lik kuchi, shu yo‘nalishda 1/683 Vatt taqsim steradianni tashkil qiladi.

Elektr sig'imi etaloni
3.O’lchash noaniqligini baholash
O`lchash noaniqligi bo`yicha atamalar va ta`riflar Atamalar va ta`riflar. O'z Dst 8.010.1, O'z DSt 8.010.2, O‟z DSt 8.010.3, O'zDSt 8.010.4 ga muvofiq o`lchashlar noaniqligi bo`yicha quyidagi atamalar va tushunchalar qo`llaniladi: o`lchashlar noaniqligi: o`lchash natijalari bilan bog`liq bo`lgan va o`lchanayotgan kattalikka yetarli asos bilan qo`shib yozilishi mumkin bo`lgan qiymatlar tarqoqligini (sochilishini) tavsiflovchi parametr. Izohlar 1. Parametr, masalan, standart og`ish (yoki unga karrali son) yoki ishonch intervali (oralig`i) kengligi bo`lishi mumkin. 2. O`lchash noaniqligi odatda ko`plab tashkil etuvchilarni o`z ichiga oladi. Bu tashkil etuvchilarning ba`zilari qator o`lchashlar natijalarining statistik taqsimlanishidan baholanishi mumkin va eksperimental standart og`ishlar bilan tavsiflanishi mumkin. Standart og`ishlar bilan tavsiflanishi mumkin bo`lgan boshqa tashkil etuvchilar ham tajribaga yoki boshqa axborotlarga asoslangan ehtimolliklarning taxmin qilingan taqsimlanishidan baholanadi.
O`lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan xatolik asbobiy xatolik deb ataladi. Masalan: asbob shkalasining noto`g`ri graduirovkalanishi (darajalanishi), qo`zg`aluvchan qismning noto`g`ri mahkamlanishi va hokazolar.
Sub`ektiv xatolik - kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan xatolikdir.
Parametr, masalan, standart og`ish (yoki unga karrali son) yoki ishonch intervali (oralig`i) kengligi bo`lishi mumkin.
2. O`lchash noaniqligi odatda ko`plab tashkil etuvchilarni o`z ichiga oladi. Bu tashkil etuvchilarning ba`zilari qator o`lchashlar natijalarining statistik taqsimlanishidan baholanishi mumkin va eksperimental standart og`ishlar bilan tavsiflanishi mumkin. Standart og`ishlar bilan tavsiflanishi mumkin bo`lgan boshqa tashkil etuvchilar ham tajribaga yoki boshqa axborotlarga asoslangan ehtimolliklarning taxmin qilingan taqsimlanishidan baholanadi.
3. Shubhasiz, o`lchash natijasi o`lchanayotgan kattalik qiymatining eng yaxshi bahosi bo`lib hisoblanadi va tuzatishlar va taqqoslash etalonlari bilan bog`liq bo`lgan, 68 tartibli (sistematik) ta`sirlardan yuzaga keladigan tashkil etuvchilarni o`z ichiga olgan holda noaniqlikning tashkil etuvchilari dispersiyaga hissa qo`shadi.
Standart noaniqlik: standart og`ish sifatida ifoda etilgan o`lchash natijasining noaniqligi
A xil bo`yicha (noaniqlikni) baholash: Qator kuzatuvlarni statistik tahlil qilish yo`li bilan noaniqlikni baholash metodi.
V xil bo`yicha (noaniqlikni) baholash: Qator kuzatuvlarni statistik taxlil qilishdan farq qiluvchi usullar bilan noaniqlikni baholash metodi .
To`liq noaniklik: Chegarasida o`lchanayotgan kattalikka yetarli asos bilan qo`shib yozilishi mumkin bo`lgan qiymatlar taqsimotining katta qismi joylashgan o`lchash natijasi atrofidagi oraliqni aniqlovchi kattalik.
O`lchash uskunasini kalibrlash Barcha hollarda foydalanilayotgan o`lchash uskunasini kalibrlash muvofik etalonga kuzatib borilishi lozim. Metodning o`lchash bosqichi ko`pincha mikdoriy tavsifnomasi SI ga kuzatib boriladigan taqqoslash namunasi yordamida darajalanadi.
Bunday amaliyot metodikaning bu qismi uchun natijalarning SI ga kuzatib borilishini ta`minlaydi. Biroq, o`lchash bosqichidan oldin bo`ladigan operasiyalar uchun kuzatib borishni belgilash ham zarurdir.
Taqqoslash namunalaridan toza moddalar sifatida foydalanish Kuzatib borishni ma`lum mikdordagi toza moddani tarkibiga oluvchi toza modda yoki namuna ko`rinishidagi taqqoslash namunasi yordamida ko`rsatish mumkin.
Buni, masalan, ma`lum qo`shimchalarni bo`sh namunalarga yoki tahlil qilinayotgan namunaga qo`shish bilan qilish mumkin. Biroq, har doim foydalanilgan etalon va tahlil qilinayotgan namuna uchun o`lchash tizimi javobidagi farqni baholash zarur. Afsuski, ko`p hollarda, xususan, ma`lum ko`shimchalarni qo`shishda, javoblardagi bu farqni tuzatish bu tuzatishning noaniqligidek katta bo`lishi mumkin. Bu tarzda, natijaning kuzatib borilishi umuman olganda SI birliklariga o`rnatilishi mumkin bo`lsa ham amaliyotda eng oddiy holatlardan tashqari natija noaniqligi nomaqbul bo`lishi yoki miqdoriy aniqlanmagan bo`lishi mumkin. Agar noaniqlikni miqdoriy aniqlash mumkin bo`lmasa, u holda kuzatib borish o`rnatilmaydi.
Standart namunani qo`llash Kuzatib borishni matrisa jihatdan yaqin bo`lgan standart namuna (SN) da, bu SN ning attestatlangan qiymati (qiymatlari) bilan olingan o`lchash natijalarini solishtirish yo`li bilan ko`rsatiladi. Bu mos keluvchi «matrisa» SN mavjud bo`lganda, taqqoslash namunasini toza modda ko`rinishida qo`llash bilan taqqoslaganda noaniqlikni kamaytirishi mumkin. Agar SN qiymati SI ga kuzatib borilgan bo`lsa, u holda bu o`lchashlar SI birliklariga kuzatib borishni ta`minlaydi. Biroq xatto shu holda ham natija noaniqligi ayniqsa namuna tarkibi va SN tarkibi o`rtasida yetarli muvofiqlik bo`lmagan hollarda nomaqbul katta yoki xatto mikdoriy aniqlab bo`lmaydigan bo`lishi mumkin.


Download 79.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling