Reja: Asosiy vositalar audit qilish manbalari va vazifalari


Asosiy vositalar auditining ketma ketligi


Download 68.87 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi68.87 Kb.
#1628465
1   2   3   4
Bog'liq
ASOSIY VOSITALAR 123

Asosiy vositalar auditining ketma ketligi:
A. Umumiy muolajalar. Testlar - nazorat quroli.

  1. Ichki nazorat tizimi bo’yicha test o’tkazish (INT);

  2. Buxgalteriya hisobi tizimi bo’yicha test o’tkazish (BHT);

  3. Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili;

  4. Soliq hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili;

  5. Ishchi schetlar rejasini tahlil qilish;

  6. Buxgalteriya balansi va buxgalteriya hisob registrlaridagi ko’rsatkichlarning bir xilligini tekshirish;

  7. Xujjatli tekshirishda tanlab olish miqdori va tuzilishi aniqlash;

B. Mohiyati bo’yicha tekshirish muolajalar.

  1. Inventarizatsiya;

  2. Shartnomalarni ko’rib chiqish (tekshirish);

  3. AV kirimi, chiqimi va hisobini hujjatlashtirilishini to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish;

  4. AV aktivlarga kiritilish mezoniga mosligini tekshirish;

  5. AV baholash va kirimini hisobda qayd etilishini qonunchiliqga va hisob siyosatiga mosligini teqshirish;

  6. AV hisobi va amortizatsiya hisoblashni to’g’riligini va uni hisob siyosatiga mosligini teqshirish;

  7. AV ta’mirlash xarajatlarini rasmiylashtirish va hisobini to’g’riligini tekshirish;

  8. Asosiy vositalarni qayta baholash va natijalarni hisobda aks ettirilishi;

  9. Tekshirilayotgan davr muomalalarini to’g’riligining tekshirish;

  10. Sotib olingan va chiqib ketgan AV bahosini hisob ma’lumotlari bilan solishtirib tekshirish;

  11. Hisobotlardagi muhim axborotlarni oshkor qilinishini tekshirish;

  12. Xato va kamchiliklarning taxminiy ro’yxati;

  13. Tizimli (sistemali) kamchiliklar to’g’risida ma’lumot;

  14. Tanlab tekshirish natijalarining tahlili;

  15. Me’yoriy hujjatlar bo’yicha aniqlangan kamchiliklar ro’yxati;

  16. Asosiy vositalar auditi bo’yicha xulosa.

Auditor ushbu asosiy masalalarni o’rganib, ularga auditorlik hisobotining tahliliy qismida baho berishi va yo’l qo’yilgan xatolar hamda hisobning belgilangan qoidalaridan chetga chiqish hollarini bartaraf qilish bo’yicha takliflar berishi lozim.
Auditor asosiy vositalar auditini boshlashda xo’jalikka kelishi bilan birinchi navbatda quyidagilarni aniqlashi zarur:

  • korxonaning asosiy vositalar hisobini tashkil qilish bo’yicha tekshirilayotgan hisobot davridagi hisob yuritish siyosati, uning o’tgan hisobot davridagiga nisbatan o’zgarishi bilan tanishish;

  • asosiy vositalarning so’nggi invetarizatsiya(ashyoviy ro’yxat)dan o’tkazilishi va uning natijalarini aniqlash;

  • asosiy vositalarni so’nggi qayta baholash materiallari va ularning hisobda aks ettirilishi bilan tanishish. Bunda auditor O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo’mitasining tegishli me’yoriy hujjatlariga muvofiq korxona balansida turadigan va qayta baholangan asosiy vositalar tiklanish qiymati bo’yicha aks ettirilishini nazarda tutishi lozim.

  • korxonada asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo’yicha doimiy komissiya tashkil etilishi: asosii vositalarni foydalanish joylarida saqlash uchun javobgar shaxslar haqida buyruk (farmoyish) ning mavjudligini tekshirish, shuningdek, ular bilan shaxsan to’la moddiy javobgarlik to’g’risida shartnomalar tuzilganligini aniqlash;

  • tadbirkor sifatida ro’yxatga olingan va ro’yxatga olinmagan yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan asosiy vositalar ijarasi bo’yicha tuzilgan shartnomalarni o’rganish:;

  • buxgalteriyada asosiy vositalar kartotekasi (AV-6 va AV-8 shaklidagi inventar kartochkalar) va komp’yuterda yoki qo’lda baja-riladigan variantdagi aniq inventar ro’yxati (AV-9 shakl) yuritilishiga ishonch hosil qilish lozim;

  • ishdan bo’shab ketgan moddiy javobgar shaxslar haqida ma’lumotlar (buyruqlar, xodimlar ro’yxati)ni o’rganish ;

  • asosiy vositalar hisobini yuritish qoidalari bayon qilingan amaldagi me’yoriy hujjatlar va asosiy vositalar hisobiga doir yagona shakldagi (unifikatsiyalangan) idoralararo dastlabki hujjatlarning shakllari bilan korxona buxgalteriyasi qay darajada ta’minlanganligini aniqlash.

Shu tarzda olingan ma’lumotlar auditorga mazkur korxonada asosiy vositalar hisobining tashkil etilishi haqida umumiy tasavvurga ega bo’lish imkonini va tekshiruvda maxsus e’tibor berish lozim bo’lgan masalalarni aniqlashga yordam beradi.
Auditor asosiy vositalar hisobiga doir muomalalarni tek-shirishni boshlashidan oldin ichki nazoratning ahvolini test usulida aniqlashi maqsadga muvofiqdir. Bu nafaqat ichki nazorat tizimining ishonchliligini baholash, balki auditorlik tekshiruvi o’tkazish dasturiga tuzatish kiritishga ham imkon yaratadi.

Download 68.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling