Reja: Asosiy vositalar haqida umumiy ma’lumot
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi
Download 69.64 Kb.
|
Mavzu
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:
a) bir yildan ortiq xizmat qilish muddati; b) bir birlik (to’plam) uchun qiymati O’zbekiston Respublikasi (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo’lgan buyumlar. Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli. Xizmat muddati va qiymatidan qatiy nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi: a) maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumlab va yoppasiga ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun mo’ljallangan, maqsadli yo’naltirilgan asboblar va moslamalar); b) maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar; v) ko’rpa-to’shak anjomlari; g) yozuv-chizuv anjomlari (kalьkulyatorlar, stol ustiga qo’yiladigan asboblar va boshqalar); d) oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon-sochiqlar; e) tiklanishi bo’yicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul inshootlar) moslamalar va qurilmalar; j) kamida bir yillik foydalanish muddatiga ega bo’lgan almashtiriladigan uskunalar; z) ov qurollari (trallar, to’rlar, qarmoqlar, matraplar, merejalar va boshqalar). Asosiy vositalar tarkibida qonun hujjatlariga muvofiq korxona mulkiga o’tkazilgan yer uchastkalari ham hisobga olinadi. Ko’p yillik ko’chatlarga, yerni tubdan yaxshilashga, ijaraga olingan asosiy vositalar ob’ektlariga kapital qo’yilmalar har yili butun ishlar majmuasi yakunlangan sanadan qat’i nazar, hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarga tegishli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi. Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo’lgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati, foydalanilayotgan, konservatsiya qilingan yoki operativ ijara shartnomasi bo’yicha berilgan asosiy vositalar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 0110 "Yer"; 0111 "Yerni obodonlashtirish"; 0112 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish"; 0120 "Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar"; 0130 "Mashina va asbob-uskunalar"; 0140 "Mebel va ofis jihozlari"; 0150 "Kompьyuter jihozlari va hisoblash texnikasi"; 0160 "Transport vositalari"; 0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar"; 0180 "Ko’p yillik o’simliklar"; 0190 "Boshqa asosiy vositalar"; 0199 "Konservatsiya qilingan asosiy vositalar". Analitik hisobning tashkil qilinishi respublika hududi va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va ularning harakati to’g’risidagi axborotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim. Inventarizatsiya natijalari №19-BHMSning ilovalarida keltirilgan shakldagi inventarizatsiya ro‘yxatlari, dalolatnomalar, vedomostlar va boshqa tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Taqqoslash vedomostlari korxona mulki(asosiy vositalar, tovarmoddiy boyliklar, pul mablag‘lari)ni inventarizatsiyadan o‘tkazish natijalarini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Moddiy boyliklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish javobgar shaxslar huzurida; shuningdek, bu boyliklar saqlanayotgan joylarda amalga oshiriladi. Asosiy vositalar bo‘yicha yiliga kamida bir marta inventarizatsiya o‘tkaziladi, biroq u inventarizatsiya ma’lumotlaridan yillik hisobotni tuzishda foydalanishga imkon yaratish uchun 1-oktabrdan keyin o‘tkazilishi lozim. Binolar, inshootlar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini har yili emas, balki 2-3 yilda bir marta inventarizatsiyadan o‘tkazish mumkin. Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilishni korxona buxgalteriyasi xodimlarining majburiy ishtirokida ichki komissiyasi amalga oshiradi. Asosiy vositalarning ayrim obyektlarini inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibiga noto‘g‘ri kiritilganligi aniqlangan hollarda, ular asosiy vositalar qatoriga qaytariladi. Aksincha, asosiy vositalar tarkibida hisobda turgan mulk inventar va xo‘jalik jihozlari qatoriga o‘tib qolgan holatlarda ham tuzatish yozuvlari qayd etiladi. Xususiy asosiy vositalar inventarizatsiyasi bilan bir paytda ijaraga olinganlari ham tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ijaraga olingan obyektlar yuzasidan inventarizatsiya ro‘yxatlari har bir ijaraga beruvchi bo‘yicha alohida tuziladi. Ularda umumiy ma’lumotlardan tashqari, ijaraga beruvchi va ijara muddati ham ko‘rsatiladi. Ro‘yxatning bir nusxasi ijaraga beruvchiga yuboriladi. Inventarizatsiya komissiyasi debitor va kreditor qarzlar yuzaga kelgan muddatlarni, ularning haqiqiyligini va agar da’vo muddati o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, bunga aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlashi lozim. Download 69.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling