Reja: Asosiy vositalar haqida umumiy ma’lumot
BAHOLASH MEZONLARI HAQIDA TUSHUNCHA
Download 69.64 Kb.
|
Mavzu
BAHOLASH MEZONLARI HAQIDA TUSHUNCHA.
Buxgalteriya hisobining metodi oldingi boblarda ko‘rib chiqilgan balans, hujjatlashtirish va inventarizatsiya, schotlar va ikkiyoqlama yozuv usullaridan tashqari, baholash va kalkulatsiya kabi elementlarni ham o‘z ichiga oladi. Ular buxgalteriya hisobi obyektlarini qiymat o‘lchovida ifodalash usullari bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatining pul o‘lchovidagi ko‘rsatkichlariga ega bo‘lish uchun qo‘llaniladi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi natijasida bu usullarni qo‘llashning ahamiyati yanada oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» qonunining 7-moddasiga muvofiq «Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog`liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir». Ushbu hisob obyektlarini yagona o‘lchov – pul o‘lchoviga keltirish uchun ularni baholash, ya’ni pulda ifodalash zarur. Baholash tufayligina buxgalteriya hisobida har xil o‘lchovlarda ifodalangan hisob obyektlarini umumlashtirishga muvaffaq bo‘linadi. Masalan, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, investitsiyalar, materiallar, chet el valutasi va hokazolar bitta umumlashtiruvchi o‘lchov – pul o‘lchovida ifodalanadi. Baholash yordamida xo‘jalik mablag‘lariga sarflangan va xo‘jalik jarayonlarida iste’mol qilingan, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlarini haqqoniy aks ettirish ta’minlanadi. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarida xo‘jalik yurituvchi subyekt obyektlarini baholashning quyidagi uslublari e’tirof etilgan: 1. haqiqiy sotib olish qiymati; 2.tiklash qiymati, ya’ni tegishli aktivlar turlarining, ularni hozirgi sharoitda takror ishlab chiqarishga mos keladigan qiymati; 3. normal bozor konyunkturasidan kelib chiqib, uning oddiy faoliyati sharoitida sotish mumkin bo‘lgan baho; 4.diskontlangan qiymat. Diskontlangan qiymat muayyan aktivni foydalanishdan yaqin kelajakda olinishi taxmin qilinayotgan iqtisodiy naflar yig‘indisidan iborat. Ayrim hisob obyektlarini bevosita haqiqiy tannarxi bo‘yicha hisobga qo‘yishga to‘sqinlik qilayotgan boshqa bir sabab, ayrim xo‘jalik muomalalarining ommaviy tavsifga ega ekanligi hisoblanadi. Bular asosan moddiy tusdagi, likvidligi yuqori hisoblangan xomashyo, asosiy materiallar, yoqilg‘i va boshqalar. Ma’lumki, ularning joriy hisobi har kuni yuritilib, xo‘jalik muomalalari ko‘p miqdorda sodir bo‘lganida sotib olish uchun qilingan haqiqiy xarajatlar summasini qayd qilish va berish paytida darhol schotlarda aks ettirish imkoni hamma vaqt ham bo‘lavermaydi. Hisob siklining oxiriga kelib dastlabki hisob hujjatlari bilan tasdiqlangan, ishlab chiqarish zaxiralarining harakati to‘g‘risida aniq va to‘liq axborotga ega bo‘linganida, ushbu baholar haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi. Baholashni aniqlashtirish hisob-kitobining negizida qat’iy hisob baholarining mazkur zaxiralar haqiqiy qiymatidan chetga chiqishining o‘rtacha foizini aniqlash yotadi.«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMSning 7-bandiga muvofiq, zaxiralar hisobdan chiqarilish paytida quyidagi 3ta usuldan biri bo‘yicha baholanadi (yangi tahriri, O‘zR MV 52-sonli buyrug‘i bilan 15.06.2006-y. tasdiqlangan, O‘zR AV 1595 raqam bilan 17.07.2006-y. ro‘yxatga olingan) (9.3 - rasm). Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda tovar-moddiy zaxiralarni baholashning quyidagi usullari ham qo‘llaniladi: keyingi partiya kirimga – birinchisi chiqimga (NIFO), bazisli va boshqa. Korxona tomonidan maxsus tartibda foydalaniladigan (qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va h.k.) va bir-birining o‘rnini bosmaydigan (ya’ni ular oddiy tarzda bir-birini o‘rnini bosmaydi) hamda maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va mo‘ljallangan (foydalaniladigan) tovar-moddiy zaxiralar tegishli birligining identi-fikatsiyalangan tannarxi bo‘yicha baholanadi. Ushbu usulda maxsus xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning alohida turlariga olib boriladi. Ushbu usul maxsus loyihalarga mo‘ljal langan buyumlar uchun, ular sotib olingan yoki ishlab chiqarilganidan qat’i nazar, mos keladi. AVECO usuli bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar har birligining qiymati shunga o‘xshash zaxiraning davr boshida o‘rtacha o‘lchangan qiymatidan va davr davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan o‘xshash zaxira birligining qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Tovar-moddiy zaxiralar birligining qiymatini AVECO usuli bo‘yicha aniqlash shunga o‘xshash zaxiralar umumiy tannarxini ularning umumiy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda umumiy tannarx mos ravishda davr boshiga bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi va miqdori va davr davomida olingan zaxiralarni tannarxi bilan miqdoridan tashkil topadi. O‘rtacha miqdor korxona tomonidan tanlangan usulga qarab, vaqti-vaqti bilan yoki zaxiralarning har bir yangi partiyasi olinishiga qarab hisob-kitob qilinadi. FIFO usuli – bu birinchi kirim qilingan baho bo‘yicha chiqim qilish. FIFO usuli bo‘yicha hisobdan chiqarilayotgan tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga birinchi navbatda sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralar qiymati olib boriladi. Tovar-moddiy zaxiralarning davr oxiridagi qiymati so‘nggi sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralarning umumiy qiymatidan iborat. Tovar-moddiy zaxiralarning hisobot davri oxiriga qiymatini aniqlash tovar-moddiy zaxiralarni hisobdan chiqarishda qiymatini aniqlash uchun qabul qilingan usuldan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobdan chiqarishda qiymatini aniqlashning tanlangan usuli korxonaning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Download 69.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling