Reja: Asosiy
Ishlab chiqarish vositalari va ularning tavsifi
Download 37.83 Kb.
|
Korxonalarning asosiy fondlari va ularning tarkibi
Ishlab chiqarish vositalari va ularning tavsifi
Asosiy fondlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko‘ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari moddiy ishlab chiqarish sohasida qatnashadi. U o‘zining amal qilish sikli davomida ishlab chiqarish jarayonida bir necha marta ishlatiladi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari bosqichma – bosqich eskirib, o‘z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qismlab o‘tkazib boradi. Ular amortizatsiya ajratmalari hisobiga qoplanadi. Noishlab chiqarish asosiy fondlariga korxona balansida turgan, xodimlarga xizmat qiladigan turar joylar, bog‘cha, sport muassasalari va boshqa madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatuvchi obyektlar kiradi. Ishlab chiqarish fondlaridan farqli o‘laroq ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi va o‘zining qiymatini mahsulotga o‘tkazmaydi. Ularning qiymati iste’molda yo‘q bo‘lib ketad.Ularning o‘rni to‘ldirilmaydi. Ular korxona foydasi hisobiga takror ishlab chiqariladi.
Asosiy fondlar tuzulmasini to‘g‘ri tashkil etish ishlab chiqarishning o‘sishiga, tannarxning pasayishiga va korxona pul mablag‘larining ortishga olib keluvchi shart sifatida qaraladi. Sanoatning turli tarmoqlariga tegishli korxonalarda asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzulmasi bir xil bo‘lmaydi. Masalan yengil va oziq – ovqat sanoatida binolar asosiy o‘rin egalaydi (44-46%), yonilg‘i sanoatida inshootlar (17-19%), elektro energetika sanoati korxonalarida uzatish qurilmalari (30-33%), mashinasozlik korxonalarida mashina va jihozlar asosiy o‘rin egallaydi. Download 37.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling