Reja: Asosiy


маромли усулда ҳисоблаш тартиби


Download 37.83 Kb.
bet4/5
Sana09.03.2023
Hajmi37.83 Kb.
#1254941
1   2   3   4   5
Bog'liq
Korxonalarning asosiy fondlari va ularning tarkibi

маромли усулда ҳисоблаш тартиби


Xulosa
Moliyaviy natijalar - korxona faoliyatining yakuniy natijasini tasniflovchi ko’rsatkich bo’lib, balansning foyda va zarari haqidagi umumiy ma’lumotlarni buxgalteriya hisobida qiymat ko’rinishida ma’lum davrga aks etishidir. Shuningdek, korxonalarda hisobot davri ichida sodir bo’lgan xarajatlar va daromadlarni tan olish, dastlabki hisob ma’lumotlarni aniqlashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobi va hisobotlarida to’g’ri hisobga olishning nazariy –uslubiy asoslarini mukammallashtirish hisob tizimini tashkil qilishda muhim ijobiy natijalarga erishiladi.
Shunday qilib moliyaviy faoliyat xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi:
1) O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkasi doirasida va ulardan yuqori doirada qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo’yicha, shu jumladan to’lov muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar bo’yicha to’lovlar.
Shuni inobatga olish kerakki, xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga binoan olingan kreditlar bo’yicha har qanday foiz to’lovlari korxona tomonidan o’zining xarajatlari tarkibida hisobga oladi.
15 oktabr 2003 yilda O’z R.V.M. tomonidan tasdiqlangan xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga asosan faqat to’lov muddati o’tgan va kechiktirilgan ssudalar bo’yicha foizlar, shuningdek bank va boshqa moliyaviy tashkilotlarning bergan uzoq muddatli kreditlari bo’yicha to’lanadigan foizlar xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomning 1-ilovasiga asosan soliqqa tortiladi.
2) Mulklarni uzoq muddatli ijaraga olish bo’yicha to’lanadigan foiz xarajatlari.
3) Kurslardagi salbiy farqlar va xorijiy valuta operatsiyalari bo’yicha zararlar.
4) Sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, shu’ba korxonalarga va hakozalarga qo’yilgan) mablag’larni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar.
5) O’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar: aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog’ozlar. Bularga blankalarni xarid qilish, qimmatli qog’ozlarni tarqatgani uchun bankka to’lanadigan komissiya summasi va b.
6) Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.
Favqulodda foyda va zararlar - bu korxonaning xo’jalik faoliyatida nihoyatda kam sodir bo’ladigan, uning uchun odat bo’lmagan va korxonada boshqaruv qarorlarini qabul qilish natijasi bilan bog’liq bo’lmagan voqealardan olinadigan daromad va xarajatlardir.
Shunday qilib, tegishli modda bir vaqtning o’zida odatdagidek emaslik, oldindan ko’rabilmaslik va takrorlanmaslik talablariga mos kelishi kerak.
Shuni ham aytish kerakki, tegishli modda favqulodda holatga to’g’ri kelishi va kelmasligiga korxona faoliyat ko’rsatayotgan tashqi muhit ham ta’sir qiladi. Foyda va zararlar summasining hajmi favqulodda voqealarga o’tkazish va o’tkazmaslik uchun sabab bo’lolmaydi.


Download 37.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling