Reja: Atom tuzilishi nazariyasiga kirish


Download 134.5 Kb.
bet1/7
Sana17.11.2023
Hajmi134.5 Kb.
#1782413
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Atom tuzilishi. Atom tarkibiy qismi-yadro, protonlar, neytronlar va ularning zaryadlari va massasi.


Atom tuzilishi. Atom tarkibiy qismi-yadro, protonlar, neytronlar va ularning zaryadlari va massasi.

Reja:




1. Atom tuzilishi nazariyasiga kirish
2. To’lqin-zarra dualizmi. Lui-de-Broyl gipotezasi. Kvant mexanikasi haqida tushuncha
3. Eletron spini. Atom sistemasini xarakterlovchi kvant sonlari. Pauli prinsipi
4. Atom yadrosining tarkibi
5. YAdroning bog’lanish va solishtirma bog’lanish energiyasi. YAdro kuchlari
6. Radioaktivlik hodisasi. Radioaktiv yemirilish turlari va zaralari
7. YAdro reaksiyalari
8. YAdroviy nurlanishlar. YAdroviy nurlanishlarni qayd qilish. Tezlatgichlar
9. Elementar zarralar haqida tushuncha. Tabiatda fizik ta’sir turlari. Kosmik nurlar

Fizika - asosiy tabiiy fanlarning biri bo’lib, u jonsiz tabiatning qonunlarini o’rganadi. Tabiatda sodir bo’ladigan hodisa va jarayonlar ma’lum qonunlar asosida ro’y beradi. Bu hodisalar va ularning qonuniyatlari orasidagi bog’lanishni o’rganish har bir fanning asosiy vazifasidir. Fizika sohasiga asosan, jismlarning o’zaro ta’siri va ularning harakat qonunlari hamda elektromagnit va yorug’lik bilan bog’langan hodisalar, atom va uning yadrosini o’rganish kiradi. Ammo fizika fanining aniq chegarasini hozirgi vaqtda ko’rsatish qiyin. Chunki har bir yangi ochilgan va ochilayotgan kashfiyotlar – fizikaning qo’llanish chegaralarini yanada kengaytirmoqda deb aytish mumkin. Fizikaning asosiy qonunlarini bayon etishdan avval ba’zi fizik tushunchalar bilan tanishamiz.
Fizik hodisa: Fizik hodisa yoki fizik jarayon deb berilgan jismlarda vaqt o’tishi bilan ma’lum qonuniyatlar asosida sodir bo’ladigan o’zgarishlarga aytiladi. Bu o’zgarishlar o’lchov vositasida miqdoriy baholanadilar.
Fizik tajriba: Jismlar bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar kuzatish yoki laboratoriyalarda amalga oshiriladigan maxsus tajribalar orqali o’rganiladi. Tajribalarda olingan xulosalar u yoki bu fizik hodisaning, jarayonning qonuniyatlarini ochishga yordam beradi.

Download 134.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling