Atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik Atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlikka tortish masalalari O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksida tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarlik uchun ma'muriy javobgarlik me'yorlarida belgilangan. Ma'muriy kodeksda jinoyat turiga qarab turli miqdorda jarimalar to'lash va ma'lum huquqdan mahrum qilish jazolari ko'rsatilgan. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (22.09.1994) 4-bo'limi "Ekologiya sohasidagi jinoyatlar" deb yuritiladi. Jinoyat kodeksida Ekologiya sohasidagi turli jinoyatlar uchun jarima to'lash, muayyan huquqdan mahrum qilish, mol-mulkni musodara qilish, axloq tuzatish ishlari, qamoq va ozodlikdan mahrum qilish choralari belgilangan. - EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR
- XIV bob. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar
- 193-modda. Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish
- Sanoat, energetika, transport, kommunal xizmat, agrosanoat, ilm-fan obyektlari yoki boshqa obyektlarni loyihalash, joylashtirish, qurish va ishga tushirib foydalanish normalari va qoidalarining mansabdor shaxs tomonidan buzilishi, yoxud davlat komissiyasining a’zolari tomonidan bu obyektlarni normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarni buzib qabul qilinishi insonning o‘limi, odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, ekologiyaga salbiy ta’sir qiladigan darajada atrof muhitning o‘zgarib ketishiga yoki boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa,
- —bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish
- -yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari
- -yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |