Reja: Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning tamoyillari va bosqichlari
Download 267.24 Kb.
|
Auditorlik tekshiruvi ishchi dasturi
«Auditni rejalashtirish» nomli №3 AFMSga muvofiq rejalashtirish auditorlik tekshiruvini o’tkazishning boshlang’ich bosqichi hisoblanib, auditorlar reja tuzilgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari va auditorlik tekshiruvining barcha bosqichlarida umumiy reja hamda dasturda keltirilgan vazifalarni qat’iy tartibda amalga oshirishlari lozim. Standartga muvofiq, auditorlik tekshiruvini rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:
Shuningdek auditor qandaydir boshqa tamoyillar bo’yicha umumiy namunaviy rejalar ham tuzishi mumkin. Agar umumiy audit rejasi sifatida namunaviy reja tanlansa, u holda rejalashtirish chog’ida asosiy e’tiborni audit dasturini tuzishga qaratish zarur. Rejalashtirish auditorlik guruhi rahbari tomonidan audit o’tkazishning umumiy tamoyillari kabi, xususiy tamoyillariga ham muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Agar auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin deb hisoblasa, U auditni o’tkazish uchun shtatni shakllantirishga o’tadi. Qisqa qilib aytganda, auditni dastlabki rejalashtirish bosqichi bu – xo’jalik yurituvchi sub’ekt va auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik shartnomasini tuzgungacha bo’lgan ishlarni o’z ichiga olib, bu bosqichda auditorlik tashkiloti tomonidan tekshiruv buyurtmachisi faoliyati bilan tanishish, buyurtmachiga auditorlik faoliyatini o’tkazish xuquqini beruvchi tegishli litsenziyani va auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etish, korxonaning ichki va tashqi faoliyat xususiyatlari to’g’risida ma’lumot to’plash va tekshiruv buyurtmachisini auditorlik tekshiruvidan o’tkaza olish salohiyatini baholash, auditorlik shartnomasi shartlarini korxona rahbariyati bilan kelishib olish va korxonani tekshirish uchun auditorlik ishchi guruhini shakllantirish hamda yakunda auditorlik shartnomasini rasmiylashtirish jarayonidir. Auditor uchun dastlabki rejalashtirish jarayonida quyidagilar xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risida axborot olish manbalari bo’lib hisoblanadi: - Xo’jalik yurituvchi sub’ekt ustavi; - Xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar; - Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatini va unga o’zgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar; - Xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar; -. Kuzatuv va (yoki) ijroiya organlari aktsiyadorlar yig’ilishlarining yoxud xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa shu singari boshqaruv organlari majlislari bayonnomalari - Buxgalteriya hisobotlari; - Statistika hisobotlari; - Xo’jalik yurituvchi sub’ektning shartnomalari va bitimlari; - Auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari; - Korxonaning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati; 3.1. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari: 3.1.1 “Auditor”ga operativ buxgalteriya hisobi boʻyicha maʼlumotlar, hujjatlar, rejalar va boshqa zaruriy hujjatlarni taqdim etish; 3.1.2. “Auditor”ning xodim(lar)i ishlashlari va hujjatlarini saqlashlari uchun sharoit yaratib berish; 3.1.3. Zarur hollarda oʻzini moddiy javobgar shaxslarining auditorlik tekshiruvida ishtirok etishini taʼminlash; 3.1.4. Koʻrsatilayotgan xizmatlar haqini ushbu shartnoma shartlari asosida toʻlash. “Buyurtmachi”ning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari 3.2. “Auditor”ning majburiyatlari: 3.2.1. “Buyurtmachi”ning ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish; 3.2.2. Xizmatlarni koʻrsatishda qonuniy va obyektiv usullar va vositalarni qoʻllash, oʻz xulosalarini hujjatlar asosida mustahkamlash; 3.2.3. Ishjarayonida aniqlangan yoki unga xabar qilingan, “Buyurtmachi”ning tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik. “Auditor”ning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari 3.3. “Buyurtmachi”ning huquqlari: 3.3.1. “Auditor”ga topshiriqlar berish, topshiriqlar bajarilishini talabl qilish; 3.3.2. Auditorlik xizmati koʻrsatiladigan davrda “Auditor”dan ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilinishini talab qilish; 3.3.3. “Auditor”dan xizmat koʻrsatishning obyektiv usullar va vositalarini qoʻllashni, asosli xulosa taqdim etishni talab qilish; 3.3.4. “Auditor” dan oʻzining tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor qilmaslikni talab qilish. “Auditor”ning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari 3.4. “Auditor”ning huquqlari: 3.4.1 “Buyurtmachi”dan buxgalteriya hisobi boʻyicha maʼlumotlar, hujjatlar, rejalar va boshqa zaruriy hujjatlar taqdim etilishini talab qilish; 3.4.2. “Buyurtmachi”dan auditorlik xizmatini koʻrsatish uchun zarar boʻlgan sharoitlar yaratib berilishini talab qilish; 3.4.3. Zaruratga asosan “Buyurtmachi”ning moddiy javobgar shaxslarini tekshirish jarayonlariga jalb qilish; 3.4.4. Koʻrsatilgan xizmat uchun haq toʻlanishini talab qilish. “Buyurtmachi”ning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari Audit dasturi - bu auditorlik umumiy rejasida belgilangan vazifalarni bajarish bosqichlari, bajarish muddati va vaqti, vazifalarni bajaruvchilarning to’liq tarkibi, tekshiruvda bajariladigan auditorlik amallari hamda auditorlik ish hujjatlari batafsil aks ettirilgan auditorlik ish hujjatidir. Dastur audit umumiy rejasini rivojlantirish hisoblanadi va audit rejasini amalda qo’llash uchun zarur bo’lgan auditorlik amallari mazmunining batafsil ro’yxatini o’z ichiga oladi. Dastur auditor yordamchilari uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib, bir vaqtning o’zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi. Audit dasturi shunday tuzilishi kerakki, undan foydalanuvchi hech qanday xatoliklarga yo’l qo’ymasdan korxona faoliyatini belgilangan muddatda, to’liq va sifatli o’tkazish imkoniyatini ta’minlasin. Auditor audit dasturini hujjat shaklida rasmiylashtirishi, har bir bajariladigan auditorlik amallarini o’zining ish hujjatlarida aniq bayon etish maqsadida ularni ketma-ketlik asosida raqam bilan tartiblashi lozim. Amaldagi 3-son AFMSning 33-bandida dastur o’zaro bog’liq bo’lgan hujjatlar shaklida ya’ni, “auditorlik dasturini nazorat vositalari testlari dasturi ko’rinishida va mohiyatiga ko’ra auditorlik rusum-qoidalari dasturi ko’rinishida tuzish kerak”1ligi belgilab qo’yilgan. Bunda, nazorat vositalari testlari dasturi korxona buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash bo’yicha test yoki savolnomalar majmui shaklida tuziladi. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi ishonchliligini baholash natijalariga asosan, auditorlik tashkiloti tomonidan tekshirishda bajariladigan ishlar hajmi, shuningdek, tekshiruv muddati va qiymati belgilanadi, bunda nazorat vositalari testlarini o’tkazish orqali xo’jalik yurituvchi sub’ekt nazorat vositalarining jiddiy kamchiliklari aniqlanadi. Audit dasturining har bir bo’limi bo’yicha auditorning ish hujjatlarida aks ettirilgan xulosalari auditorlik hisoboti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasini tuzish hamda moliyaviy hisobot to’g’risida auditorning fikrini shakllantirish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda asosiy vositalar auditining dasturini quyidagi 9-jadvalda keltirilgan shakl va mazmunda tuzishni tavsiya etamiz. Fikrimizcha, yuqoridagi shakl va mazmundagi auditning umumiy rejasi va dasturi tuzilganidan so’ng, auditorlik tashkilotining rahbari yoki auditorlik guruhi rahbari mijoz-korxona faoliyatini tekshiruvida qatnashuvchi auditor va ekspertlar ishtirokida tekshiruvni boshlashdan avval kichik yig’ilish tashkil etishi hamda unda tuzilgan umumiy reja va dasturni muhokamadan o’tkazishi maqsadga muvofiqdir. Agarda yig’ilishda tuzilgan reja va dasturga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish shart deb hisoblansa, unga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish, shundan so’ng uni barcha tekshiruvda qatnashuvchi auditor va ekspert-mutaxassislar e’tiboriga kitob shaklda etkazilishini ta’minlash talab etiladi. Download 267.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling