Reja: «Avesto»- ma’naviyatimiz sarchashmasi
Download 74.5 Kb.
|
«Avesto» - buyuk tarixiy huquqiy manba
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biz elinliklar, varvarlardan olgan hamma narsasini o‘zimizni-ki qilib olamiz va uni kamolot cho‘qqisiga ko‘taramiz.
- Fozila Sulaymonova
«Avesto» - buyuk tarixiy huquqiy manba Reja: «Avesto»- ma’naviyatimiz sarchashmasi. «Avesto»da eng qadimiy davlatlarning qaror topishi haqidagi ma’lumotlar. «Avesto»da oila va nikoh munosabatlari. «Avesto» bo‘yicha jinoyat va jazolar kvalifikatsiyasi «Sharq o‘g‘lonlari orasidan Farb birinchi bo‘lib Zardushtni o‘g‘il qilib oldi. Uning ta’limoti xristos ta’limotidan IV asr avval Yunonistonni boyitdi. Zardushtni Platon bilgan Budda va Kunfuntsiyalarning ovozi Ovrupaga yetib kelguncha juda ko‘p vaqt kerak bo‘ldi, shuning uchun asrlar davomida Farb qadimiy Sharq donishmandligi bilan faqat Zardusht orqali tanish bo‘lgan. Belgiyalik olim. Jak Dyushen Giyyoman. Biz elinliklar, varvarlardan olgan hamma narsasini o‘zimizni-ki qilib olamiz va uni kamolot cho‘qqisiga ko‘taramiz.PlatonFarbning barcha buyuk allomalari, buyuk shaxslari Sharq ma’na-viyati va madaniyati xazinasidan ziyo oldilar. Farb o‘z gulxanini Sharq quyoshidan yondirib oldi. Fozila SulaymonovaMa’lumki, g‘arb tarixida buyuk islohotchilar va ma’rifatchilar davri eng zo‘r va ajoyib Uyg‘onish davri deb nom olgan Rim va Yunoniston madaniyatini ravnaqiga qiyos qilinib ta’riflanadi. Aslida esa insonparvarlik g‘oyalari isloh qilish harakati O‘rat Osiyo buyuk farzandi Zardushtdan boshlangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki uning ta’limoti insonparvarlik g‘oyalarini birinchi bo‘lib ilohiylashtirgan, dunyoviy hayotni muqaddaslashtirgan, uning asosiy aqidalari keyingi jahon dinlari xristianlik va islomning aqidaviy va ibodat qoidalariga ham zamin bo‘lgan. «Avesto»ning o‘rganishda payg‘ambar Zaratushtra faoliyati va zardushtiylik dinining vujudga kelishi muammosiga e’tibor beriladi. Zaratushtra (yunoncha-Zoroastr, o‘rta fors tilida-Zardusht)ning nomi qadimgi eron Zarushtra so‘zidan kelib chiqqan, «Zar»- bu «oltin», «ushtra»tuya yoki uch xil ma’noda –«Oltintuyali», «Oltin tuya Egasi», «Tuyalar yetaklagan odam» deb tarjima qilinadi. Gap shundaki, «Avesto»ning yaratilishi davlat arbobi va qonunshunos din, ilohiyotchisi sifatida Zaotar va otarbon unvonlari soxibi, o‘z davrida «payg‘ambar» (ezgulik haqida darak beruvchi) sifatida shuxrat qozongan Spitamon nomi bilan bog‘liq bo‘lib, Spitamen Zardusht taxminan miloddan avvalgi 630-553 yoki 618-341 yillarda yashagan davrda Markaziy Osiyoda ko‘chmanchilar inqiroziga uchrab, Turonu Eronda el bo‘lib, o‘troq yashay boshlagan turkiylar, forsiy-lar, derbiklar, osiylar, toxarlar, daxlar, massagetlar, saklar, xorazmliklar, chochliklar, baqtriyaliklar o‘troq hayotga moslashib, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilikka o‘ta boshlagan va qadim-gi shahar viloyatlarga asos bo‘lishgan edi. Patriarxal urug‘ jamoasi munosabatlari o‘rnini markazlashgan davlat tizimi egalashi bilan xarakterlanadi. «Avesto»da inson ijtimoiy mehnati tufayli barcha yomonlik-dan yovuzlikdan qutulishi mumkinligi g‘oyasi yotadi. Dexqonchilikdagi mehnat yaxshilikning yuzaga chiqishida va insonni qayta tarbiyalashda asosiy omil, Axura Mazda qonuniga bo‘ysunish hisoblanadi. “Kim g‘alla eksa oliyjanobdir. Falla ekkan kishi ezgulik urug‘ini sochadi”. Demak, mehnat va tabiiy ehtiyoj tufayli insonlar birga yashashni ilgari suradi. «Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lib, bizgacha yetib kelgan qismlari milodning III-VII asrlarida tahrir qilgan. «Avesto» boblari o‘rta fors alifbosi asosida 48 ta belgili yozuvdan iborat. «Avesto» o‘rta fors tilidan «Apastak» yoki «Asos» deb tarjima qilinadi. Tarixiy manbalar «Avesto»ni Oksus ya’ni Amrudaryo sohilla-rida, Iyron Vij o‘lkasini esa Xorazm o‘lkasidir deb ta’kidlanadi. «Avesto»1000 fasldan iborat bo‘lib, 21 kitobni o‘z ichiga olgan, ilk yozmasi 8300000 so‘zdan iborat bo‘lgan. «Avesto» birinchi bo‘lib, XVIII asrda (1755-1761 yillarda) frantsuz olimi Anketil Dyuperron tomonidan tarjima qilingan. A.Dyuperon Hindistonning Gujarat viloyatida Eron zardushtiylarining avlodlari – parslarning urf-odatlari va diniy maro-simlari bilan tanishib chiqqan. Dyuperonning xizmati shundaki, u parslarning diniy yozuvlarini o‘qiy olgan, eng qadimgi 1288 yilda ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxasini tarjima qilgan. Dastlabki «Avesto» 21 ta kitobdan iborat bo‘lgan. Ayrim qismlari saqlanib qolgan: Yasna - «qurbonlik keltirish», Vispart - «hamma hukmronlar», Yasht - «qadrlash», «ulug‘lash». Videvdat – «devlarga qarshi qonun» bo‘lib, sosoniylar davrida tahlil qilingan. I. Yasna 72 bobdan iborat hamdu sanolar, qurbonlik qilish va boshqa zardushtiylik marosimlarini bajarish paytida yoddan o‘qiladigan duolarni qiroat bilan o‘qish, otashparastlik bayramlari rasm rusumlari o‘z ifodasini topgan. II. Yasht – alohida xudolarni madx etuvchi va yovuz kuchlarga qarshi kurashda ezgu mabudalariga madadkorlik bo‘lgan kuchlarni ulug‘lovchi 22 ta qo‘shin oyatlarlardan iborat. III. Visparad 24 bobdan iborat poklik, to‘g‘rilik yo‘lini tutgan zotlar Oliy Tangri Axura Mazda barcha yaxshi xislat va fazilatlarga bag‘ishlangan. IV. Vandidot 22 bobdan iborat, ularda Axura Mazda yaratgan 16 ta mamlakat va Anxra Manuning ularga yetkazgan zarari haqida so‘z yuritiladi. 20-bobida dunyodagi 1-tabib Srita haqida ma’lumot beriladi. «Vandidot»ning keyingi boblarida qadimgi zardushtiylar chiqargan qonunlar kishilarning induvidual va ijtimoiy huquqlari, shuningdek odamlarning jamiyatdagi bir-biriga nisbatan tutgan o‘rinlari, axloq va odob, jinoyat va jazo badanni va ruhni chiniqtirish, kishi o‘zini har xil nopokliklardan asrashi, tabiblik va tabib haqi, o‘likni yerga ko‘mib yerni xarom qilgan yoki yolg‘on va’da bergan odamni jazolash, o‘liklarni qo‘yadigan daxmalar qurish, ko‘mish marosimi va o‘likdan yomon jinlarni quvish uchun yoniga it olib borish, it boqish va uni ehtiyot qilish, ayollarga munosabatda bo‘lish, soch va tirnoqlarni qachon olish va ularni toza saqlash, odamlarni g‘aflatdan o‘yg‘otuvchi xo‘roz haqida, suvni shifobaxshligi, chaqaloqni parvarishlash va hokazolar. Bu bobda quyosh xudosi Mitra yovuzlik va ezgulik o‘rtasidagi kurashning intixosida hakamlik vazifani bajargan. Quyoshga sig‘inish bilan ular quyosh-tiriklik poklik va yaratuv-chilik manbai ekanligi uchun, sajda qilib poklanishgan. Bu bobda chorvani ko‘paytirish va uni asrab-avaylash uchun xonaki it asrash va uni hayvonlarga ozor bermaslikka o‘rgatish qonun qoidalari mavjud. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» hozirgi O‘zbekiston hududida milloddan oldingi 2-ming yillik o‘rtalarida yashagan qabilalarning diniy va dunyoviy mafkurasi, ilk davlatchilik ijtimoiy-siyosiy tuzumi, huquqi haqida asosiy manba sifatida qimmatli ma’lumotlarni beradi. Buyuk mutafakkirlar, shoir va faylasuf davlat arbobi va qonunshunos, din ilohiyotchisi Zaotor yoki Otorbon unvonlari sohibi, o‘z davrining payg‘ambarining payg‘am-barlari Sipitamon Zardushtiy 630-550 yoki 618-541 y. paytda Marka-ziy Osiyoda ko‘chmanchilikka asoslangan turmush tarzi inqirozga uchray boshlagan Turon zaminida azaldan el bo‘lib yashab kelayotgan turkiy-lar, forslar, saklar, osiyolar, toxarlar, daxllar, massagetlar, bak-triyaliklar, parkanaliklar, xorazmliklar, chochlik va boshqa xalq-larning aksariyati ko‘chmanchilikdan o‘troq hayotga, dehqonlik, chorvachilik va hunarmandchilikka o‘ta boshlagan edi. Bu esa qadimgi Xorazm, So‘g‘d, Marv, Balx Nisoya, Hirot, Parfiya va boshqa o‘lkalarda markazlashgan davlat tizimi asoslarining yaratilishiga sharoit tug‘dirgan edi. «Avesto»ning Vandidot kitobida Oliy Tangri yaratgan 16 ta davlat (o‘lkaga)oid ma’lumotlar o‘chraydi. «Men har bir sarzaminni, garchi ular rahotboxsh bo‘lmasada, xalqlari nazadida xush qilib yaratdim. Agar xar bir sarzaminni, garchi ular raxatbaxsh bo‘lmasada xalqlar nazdida xush qilib yaratmaganimda, butun-butun ellar Iyron-Vijga tomon yuz burgan bo‘lardilar. Men Axura Mazda yaratgan ilk sarzamin va birlamchi yurt bu-Domitiy daryosi sohilidagi Iyron Vij, edi. 2-go‘zal yurt Sug‘d (Tavo) 3-go‘zal yurt, qudratli va pok Marv, 4-zebo va orasi Balx, (Baxl, Baqtriya), 5-Baxl va Marv orasidagi Nisoya 6-Xirot va uning daryochasidir, 7-badsoyali Vaixa Girta, 8-Keng yaylovli Avravadir (Tus viloyati), 9-Go‘rg‘ondagi Xnintadir, 10-dilkash Xaravayata (Xirot), 11-Serhosil Xiyrmand, 12-uch baxodir hukmron bo‘lgan Raydir, 13-qudratli va pok Chapradir, 14-Ajdaxoni mag‘lub etgan Faridun dunyoga kelgan 4 go‘shali Varinadir, 15-Xaftrud, 16-Rangha daryosi atrofidagi xalqlar yashovchi makon. «Avesto»da bayon etilishiga bu qadimgi 16 mamlakatning hududiy-ma’muriy va siyosiy huquqiy boshqaruvchi tizimi quyidagi tashkil etilgan. Davlatni- podshoh «kavi» boshqargan, kavi muhim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy masalalarni o‘zida mujassam-lashtirgan. Tarixchilarni fikriga ko‘ra ,«kavi»ning hukmdorlik huquqi belgilanishida «farr» (Avestoda Xvarno) asos sifatida qabul qilingan, ya’ni oliy dunyoviy hokimiyat sulolaning (vakilidan ikkinchisiga o‘tishida muayyan ilohiy belgi sodir bular, ya’ni muayyan bir jonivor yoki yog‘du shulasi hukmronlikka tanlangan kishilarni ko‘rsatadi. Oilalarning birlashmasi, «nmana», uy, oila jamoasi “dmana”, katta oila jamoasi oqsoqoli “nmanapati”, urug‘ jamoasi boshlig‘i “vis”, katta qishloq oqsoqoli «vispati» qabila boshlig‘i «zantupati», viloyat hokimi “daxyupati” (bir necha viloyat-larning boshlig‘i va harbiy boshliq “daxiyu sastar”). qonun chiqaruvchi organ oqsoqollar kengashi «varzanapati» deb, xalq Majlisi esa «vyaxa» deb atalgan. Oqsoqollar Kengashining uyushmasi kohin Oliy sudya vazifasini bajargan, uni “Zaraushtroema” deb atashgan, uni hukmi qat’iy bo‘lgan, unga hech kimni e’tiroz bildirishga haqi bo‘lmagan. Oqsoqollar kengashi-varzanapati qo‘lida diniy mafkura va hokimiyat birlashgan. Ular jamoa faoliyatidagi ijtimoiy huquqiy va xo‘jalik masalalarini hal etganlar. Katta oila jamoasi oqsoqoli “nmanapati” oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy boshliq hisoblangan. «Vis» muhim ijtimoiy siyosiy va huquqiy vazifalarini bajargan. U katta oila jamoasi oqsoqollari «nmapati»lar ichidan saylanib, urug‘ jamoasi boshligi qozi, diniy kohin, rahnamo hisob-langan. «Daoxiyu sastar»lar bir necha qabilalar yashaydigan ma’muriy hududni, viloyatlar va yirik o‘lkani va harbiy qo‘mondonlik boshqaruvi vazifasini bajargan. Ular tomonidan chiqarilgan har qanday nizomlar va buyruqlar jamoa a’zolari uchun muqaddas qonun vazifasini bajargan. Jamiyat aholisi 4 toifaga bo‘lingan. Kohinlar, jangi askar, chorvador va hunarmandlar. («Yasna», 19 bob) qullar ham bo‘lgan ular –“vaysa”, oila xizmatkorlari «Viranmaja», insoniy huquqlari cheklangan cho‘pon- “payshautar” deb atalgan. Asosiy boylik jamoa boshliqlari, oqsoqollar, sarkardalarni qo‘lida to‘planib, «gayta» boylik yoki xususiy mulk degan ma’noni anglatadi. «Avesto»da jamiyat to‘rtta asosiy qismga bo‘linadi. Uy, oila jamoasi - «nmana», «dmana», urug‘ jamoasi - «vis», «qabila», «zantu», qabilalar ittifoqi - «dahiyu» deb atalgan. Vis 15 ta qarindosh nmanadan tashkil topgan. Visga qizning farzandlari kirmagan. Chun-ki “vis” mutlaqo patriarxal oila bo‘lgan. Jamiyat iqtisodiy asosini urug‘ jamoasi tashkil etib, ijtimoiy huquqiy vazifani bajargan. Zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra Markaziy Osiyoda davlatchilik-ning shakllanishi 3 davrga bo‘linadi. 1-eng qadimgi davr-adolat va insoniy saodat hukmron bo‘lgan (Yasna 32) 2-davr ezgulik ruhlari bilan yovuzlik ruhlari o‘rtasida adolat uchun kurash. 3-davr - aql-idrok va adolat tantana qiladi va bu davrda dehqonlarning badavlat, davlatning mustahkam bo‘lishi uchun yaxshilik ta’limini va sadoqatini amalga oshirib, yaxshi hokimlar hukm yuritaversinlar, adolatli qonunlarni amalga oshirsinlar (Yasna,48). Zardushtiylik ta’limotida rostlik va haqiqat uch ma’naviy-huquqiy g‘oyaga asoslanadi: ezgu fikr, ezgu kalom (so‘z), ezgu amal (ish). «Avesto»da Oila va nikoh munosabatlari quyidagicha tartibga solingan: 15 yoshga to‘lganlar balog‘at yoshida hisoblangan. Bu o‘smirlar zardushtiylikka e’tiqodi ramzi sifatida beliga yung ipakdan to‘qilgan kamar bog‘lab yurishi va «otashparastlar ibodatxonasida o‘tkazila-digan diniy marosimlarda qatnashishi shart bo‘lgan» diniy tarbiya bolaning 7 yoshidan otashparastlik ibodatxonasida boshlanadi 1) diniy va ahloqiy tarbiya. 2) jismoniy tarbiya 3) o‘qish va yozishga o‘rgatishdan iborat bo‘lgan. «Zardushtiy»larda bolalarda axloqiy, aqliy, jismoniy, jin-siy xislarni, rostgo‘ylik, vatanparvarlik, sahiylik fazilatlarini tarbiyalashga jiddiy e’tibor berilgan. O‘g‘il bolalarga kurash tushish, otga suvlik solish, uni egarlash, mol boqish, urchitish, tuya-otlarni parvarishlash, ularni boshqara olish, ularni yirtqich hayvonlardan himoya qilish uchun 50dan ortiq harbiy qurol ishlata olish malakasini egallash majburiy bo‘lgan. Ularga chavandozlik va 32 xil harbiy hunar o‘rgatilgan. Qiz bolalarni tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. qiz bolalarning ip yigirish, liboslar tikish, o‘g‘il bolalar bilan kurash tushish, chavandozlik, qilichbozlik, suvda suzish, kamondan o‘q uzish kabi jismoniy-harbiy malakani egallashi majburiy bo‘lgan. Ana shundan so‘ng qizlar 15, o‘g‘il bolalar 16 yoshida oqsoqol boshchiligida jamoa oldida maxsus imtihondan o‘tkazilgan. qizlarga «kadbonu» ya’ni, «uy bekasi», yigitlar esa, «kad xudo»- «oila boshlig‘i» bo‘lish huquqini qo‘lga kiritadilar. «Avesto»da o‘smirlar 15-16 yoshlarida balog‘atga yetgan va turmush qurish huquqiga ega deb ko‘rsatilgan. Agar erkak zurriyod qoldirish qobiliyatiga ega bo‘lsa-yu, ammo uylanmasa unga tamg‘a bosishar yoki beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur qilishgan. Yer yuzida zurriyotni ko‘payishiga qarshi chiqib, turmush ko‘rmay yurgan qizni qopga solishib, 25 darra kaltaklashgan. Zardushtiylik dinida erkak kishi sog‘lom bo‘lishi uchun o‘z vaqtida to‘yib ovqat yeb yurishi olqishlanadi. Serfarzandlik ham qo‘llab-quvvatlangan. Zardusht Axuramazdadan «serfarzand xonadonga nima berasan» deb so‘ralganda: u “bunday odamlarni o‘z ximoyamga olaman, hayotini farovon, rizqini mo‘l qilaman” deb javob beradi. «Avesto»da qarindoshlarning o‘zaro oila qurishi qonun bilan qat’iy man qilingan. Ko‘p bolali ayollarga tuyalar berilgan. Bolasi-ni nobud qilgan ayollar esa o‘limga mahkum etilgan. Shuningdek oilasini, bolalarini sarson qilgan oila boshlig‘iga, zinoga beril-gan erkak va ayolga nisbatan darra bilan kaltaklash yoki o‘lim jazosi qo‘llanilgan. Bir yo‘la 2-3 ta farzand ko‘rgan ayolga bir juft sog‘in sigir, sariq tuya berilgan, davlat xazinasidan nafaqa to‘langan. Download 74.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling