Reja: avtomatik rostlagichlarning tasnifi va rostlash qonunlari. Pi va pid rostlagich


Download 107.2 Kb.
bet1/2
Sana14.09.2023
Hajmi107.2 Kb.
#1677526
  1   2
Bog'liq
Mavzu pid pi rostlagichlar



Mavzu:PI, PID rostlagichlar.
Reja:
1.AVTOMATIK ROSTLAGICHLARNING TASNIFI VA ROSTLASH QONUNLARI.
2. PI va pid rostlagich.


1.Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli sohalarida tehnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda keng ishlatiladigan texnik vositalardan hisoblanadi. Rostlagichlarni tasniflash rostlash qonuni, rostlanuvchi kattalikning turi, rostlagichning ish usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko‘rsatiladigan taъsirning xarakteri, rostlagich ishining xarakteristikasi (rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi.
Rostlanuvchi kattalikning turiga ko‘ra rostlagichlar quyidalarga bo‘linadi: bosim, sarf, temperatura, sath, namlik va hokazolarni rostlagichlar. Ishlash usuliga ko‘ra bevosita va bilvosita taъsir qiluvchi, rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi obъektdan olingan energiyaning o‘zi bilan ishlovchi rostlagichlar bevosita taъsir qiluvchi rostlagich deb ataladi. Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun qo‘shimcha energiya kerak bo‘lsa, bilvosita taъsir qiluvchi rostlagichlar ishlatiladi. Foydalaniladigan energiya turiga ko‘ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va hokazo) rostlagichlarga bo‘linadi.
Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko‘rsatila¬digan taъsirning xarakteri jihatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bo‘ladi. Uzlukli ishlovchi rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmning faqat rostlovchi organi rostlanuvchi kattalikning uzluksiz muayyan qiymatida harakat qiladi. Uzluksiz ishlovchi rostlagichlarda esa ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organi rostlanuvchi kattalikning uzluksiz o‘zgarish holatida uzluksiz harakat qiladi.
Rostlanuvchi kattalikning o‘zgarishi va rostlovchi taъsir o‘rtasidagi bog‘lanish (yoki ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining harakati), yaъni rostlash qonuni nazarda tutilgan ish xarakteristikasiga ko‘ra rostlagichlar pozitsion, integral (astatik), mutanosib (statik), izodrom (mutanosib-integral), mutanosib-differensial (oldindan taъsir etuvchi statik), mutanosib-integral-differensial (oldindan ta’sir etuvchi izodrom) bo‘ladi.
Rostalanuvchi kattalikni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab turish jihatidan rostlagichlar stabillovchi, dasturli va kuzatuvchi rostlagichlarga bo‘linadi. Stabillovchi rostlagichlar rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymatga (ma’lum darajadagi xato bilan) tenglashishini taъminlaydi. Dasturli rostlagichlar maxsus dasturli topshiriq bergich yordamida rostlanuvchi qiymatning vaqt bo‘yicha avvaldan ma’lum bo‘lgan (qonun) bo‘yicha o‘zgarishini taъminlaydi. Bu dastur texnologik reglament talablariga muvofiq, tuzilgan bo‘ladi. Kuzatuvchi rostlagichlarda rostlanuvchi kattalikning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi rostlagich topshiriq bergichiga bilvosita ta’sir qiluvchi boshqa kattalikning o‘zgarshiga mos bo‘ladi. Rostlagichlar asosan ketma-ket solishtirish, kuchaytirish va ijrochi elementlardan iborat. Тaqqoslash (ko`prik, potensiometr), signal kuchaytirish

(elektron signal kuchaytirgich) elementlari inersiyasiz bo`g’in, ijrochi elementlar(elektro-, gidro-, pnevmomotorlar, servomotor) esa integrallovchi bo`g’inlardan iborat bo`lgan rostlagichlarning tarkibiy sxemasini ko`rib chiqamiz (1-rasm).






Download 107.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling