Reja: Avtomatlashtirish obyektining asosiy xossalari, matematik ifodasi


Download 380.5 Kb.
bet2/3
Sana01.03.2023
Hajmi380.5 Kb.
#1241708
1   2   3
Bog'liq
Avtomatika 2

Chiziqlantirish
Chiziqlantirish ikki xil bo‘ladi:

      1. o‘rtacha qiymatni olish usuli;

      2. kichik og‘ish usuli.

Real sharoitlarda ABSlarni elementlari egri chiziqli har akterga ega. Demak u elementlardagi jarayonlar nochiziqli differensial tenglama bilan ifodalaniladi. Nochiziqli differensial tenglamalarning umumiy echimi bo‘lmaganligi sababli bu elementlarning harakteristikalarini chiziqli differensial tenglamalar bilan almashtiriladi.
Nochiziqli differensial tenglamani chiziqli differensial tenglama bilan almashtirish chiziqlantirish deyiladi.
1. Agar egri chiziqli shunday ko‘rinishda bo‘lsa, o’rtacha qiymatni olish usuli qo‘llaniladi

O’rtacha qiymatni olish usuli (a) va kichik og’ish usuli (b) tavsiflari
2. Kichik og’ish usuli. Bu usulda elementning statik harakteristikasi y=f(x) kirish signalining ma‘lum x0 qiymatida Teylor qatoriga yoyiladi (b-rasm).

Agar ikkinchi va uchinchi tartibli tenglamalar nolga teng bo‘lib tenglama bo‘li qoladi, u holda
CHiziqlantirishning bu usullarini qo‘llash shartlari:

      1. - juda kichik bo‘lishi kerak;

      2. - funksiya uzluksiz funksiya bo‘lishi kerak.

Laplas almashtirishi va uning asosiy xossalari
Quyidagi integral yordamida haqiqiy o‘zgaruvchi «t» ga ega bo‘lgan f(t) funksiyasini kompleks o‘zgaruvchi «p» ga ega bo‘lgan φ(p) funksiyaga almashtirishga Laplas almashtirishi deyiladi.

bu erda L – Laplas to‘g‘ri o‘zgartirishining belgisi; φ(p) – funksiya Laplas o‘zgartirishi bo‘yicha tasviri,

bu erda L-1 – Laplas teskari almashtirishi.

Avtomatning avtomatik ishlashi uchun ishchi va salt yurishalarni boshqarish mexanizmlari bo’lishi va ular ma’lum dastur asosida ketma-ket ishlashini ta’minlanishi zarur.


Sxemadan ko’rinib turibdiki, mexanizmlar majmuini, o’z navbatida, har biri ish siklining ma’lum operatsiyasini bajaradigan bir qancha mexanizmlarga bo’lish mumkin. Ma’lum vazifani bajaradigan mexanizmlarning soni va vazifasi avtomatning texnologik vazifasi hamda ish sxemasi bilan belgilanadi.
Hamma mexanizmlarning ish davri taqsimlash vali va kulachoklar sistemasi orqali mexaniq tarzda boshqarib turiladi.
Birinchi bosqichda avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning oliy formasi – yarimavtomatlar va avtomatlardan to’zi lgan potok liniyalar. Bunda odam mashinani sozlaydi, texnologik jarayon to’g’ri ketayotganligini tekshirib turadi va Yuz bergan kamchiliklarni tuzatadi (asbobni almashtiradi, mashina mexanizmlarini rostlaydi va xokazo).

2.3-rasm. Avtomatning struktura sxemasi.
Shunday qilib, birinchi bosqichda texnologik jarayon avtomatlashtiriladi, avtomatlashtirish esa, odatda, ishning operatsiyalarinigina qamrab oladi.
Texnologik jarayonlarning mexanizasiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi to’liq (bunda qo’l mehnati mashina mehnati bilan to’liq almashtiriladi) yoki qisman (qo’l mehnatining bir qismi mashina mehnati bilan almashtiriladi) bo’lishi mumkin.
Texnologik jarayonni sifat va son jihatidan uchta ko’rsatgich: texnologik jarayonning turi, bosqichi va kategoriyasi bo’yicha baholash mumkin (GOST 14.309—74).
Turiga ko’ra yakka va kompleks mexanizasiyalashtirish (shartli belgisi M va KM) hamda yakka hamda kompleks avtomatlashtirish (A va KA) farq qilinadi.
Masalan, bitta operatsiyada faqat zagotovkani yuklash mexanizasiyalashtirilgan (yakka mexanizasiyalashtirish) yoki detallar ishlashdagi beshta operatsiyadan faqat bittasi avtomatlashtirilgan (yakka avtomatlashtirish) bo’ladi.
Texnologik jarayonlarni mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirishning o’nta bosqichi (texnologiya’ni yakka operatsiyalardan tortib to butun sanoat miqyosida tashkil qilishigacha) belgilangan.
Buni tushunib olish uchun quyidagi misolni ko’rib chiqamiz. Avtomobil ishlab chiqarishda sanoatni ko’pgina soxalari: xom-ashyo, metallurgiya, mashinasozlik va avtomobil tarmoqlari o’zaro borliq holda va bir maromda ishlashlari kerak. Bu birin ketinlik boshqa soxadagi ishlab chiqarish korxonalari uchun ham taaluqli hisoblanadi
Shuni hisobga olish kerakki avtomobil ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlov, asbobsozlik, quyish, mexaniqa, yig’ish sexlari, shuningdek transport, ta’minot hizmatlari mavjud. Sex strukturasi uchastkalar, bo’limlar, guruhlardan iborat.
Endi tarmoqdan tortib guruhdagi dastgohgacha bo’lgan avtomobil tayyorlash bo’yicha jarayonlar mexanizasiyalashtirilgan yoki avtomatlashtirilgan, deb tasavvur qilaylik. Mahsulot tayyorlashda mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirishni qo’llashning barcha bosqichlarini aniqlaymiz.
Birinchi - to’rtinchi bosqichlardagi bajariladigan ishlar bevosita sex iChidagi jarayonlarning mexanizasiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishini belgilaydi. Birinchi bosqichda yakka texnologik operatsiya, ikkinchi bosqichda - tugallangan texnologik jarayonning sistemasi, uchinchi bosqichda - sex uchastkasida yoki bo’limida bajariladigan texnologik jarayonlar sistemasi va, nihoyat, to’rtinchi bosqichda - seh ichida to’liq bajariladigan texnologik jarayonlar sistemasi avtomatlashtiriladi.
Beshinchi bosqichda texnologik jarayonlar sistemasini korxonaning bir turdagi sexlari (masalan, mexaniqa sexlari) guruhi doirasida, oltinchi bosqichda esa - korxona doirasida mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish ko’zda tutiladi.
Oltinchi - to’qqizinchi bosqichlarda texnologik jarayonlarning oliy sistemasini ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari doirasida (ettinchi bosqich), territorial, region sistemasida (sakkizinchi bosqich) va mamlakatning bitta tarmog’i chegarasida (to’qqizinchi bosqich) mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish nazarda tutiladi.

Ishlab chiqarishni hususiyatlari texnologik dastgoh va jihozlarga ma’lum talablar qo’yadi. Agar mahsulot yalpi ishlab chiqarish sharoitida ishlab chiqarilsa, ishchi mashina (avtomatlar) ga yuqori unumdorlik talabi qo’yiladi. Seriyali va donalab ishlab chiqarish sharoitida birinchi o’ringa universallik va moslanuvchanlik talabiqo’yiladi. Bunda universallikka dastgohlarni qanchalik ko’p har xil mahsulotlarni ishlov berishga qaytasozlanish mumkinligi asos bo’ladi. Moslanuvchanlik bir mahsulotni ishlab chiqarishdan boshqasiga qanchalik tez o’tish mumkinligini ko’rsatadi.


Mashinasozlikda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish deganda yuqori intensiv texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ular asosida odamning bevosita ishtirokisiz texnologik va yordamchi jarayonlarni bajaruvchi Yuqori unumli jihozlarni yaratishga haratilgan tadbirlar kompleksi tushuniladi.
Ishlab chiqarish jarayoni avtomatlashtirilishdan avval doim mexanizasiyalashtiriladi. Avtomatlashtirishda joriy etilgan mexanizasiya avtomatik boshqarish ob’ekta bo’lib hizmat qiladi. Avtomatlashtirish mehnat predmetiga ta’sir ko’rsatish usullarigagina emas, balki ana shu usullarni boshqarishga ham ta’luqlidir.
Ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish tarixi va rivojlanish tamoyillarini taxlili shuni ko’rsatadiki, avtomatlashtirishni har xil murakkablikdagi masalalar xal etilgan 3 ta bosqichga bo’lish mumkin:

  1. Ishchi sikllarni avtomatlashtirish, avtomat va yarim avtomatlar qurish;

  2. Mashinalar tizimini avtomatlashtirish, avtomat liniyalar qurish;

  3. Ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish yoki avtomat sexlar va ishlab chiqarish korxonasilar qurish.


Download 380.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling